Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi
Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi, Janubiy Osetiya SR — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1990–1991-yillarda mavjud boʻlgan. 1983-yil Janubiy Osetiya AO aholisi 98 000 kishi boʻlgan.[1] Oblast hududida osetinlar, gruzinlar, ruslar yashagan. Markazi Sxinvali shahri boʻlgan.
Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi | ||||||||||
| ||||||||||
Gruziya SSRning 1957–1991-yillardagi xaritasi. Janubiy Osetiya avtonom oblasti oʻrtada sariq rang bilan belgilangan.
| ||||||||||
Poytaxti | Sxinvali | |||||||||
Til(lar)i | Osetin · Rus · Gruzin | |||||||||
Etnoxoronimi | Janubiy osetiyalik Osetin Sovet | |||||||||
Hukumati | Sovet sotsialistik respublika | |||||||||
Tarixi | XX asr | |||||||||
• | Gruziya SSR tarkibida Janubiy Osetiya avtonom oblasti (Janubiy Osetiya AO) tuzilgan | 20-aprel 1922-yil | ||||||||
• | Janubiy Osetiya AO Janubiy Osetiya AR nomi bilan Gruziyada SSRdan Sovet Ittifoqi tarkibidagi respublika oʻlaroq suverenitet eʼlon qilgan | 20-sentabr 1990-yil | ||||||||
• | Gruziya SSR Janubiy Osetiya AO avtonomiyasini tugatish qarorini chiqargan | 11-dekabr 1990-yil | ||||||||
• | Birinchi Janubiy Osetiya urushining boshlanishi | 5-yanvar 1991-yil | ||||||||
• | Janubiy Osetiya SR Janubiy Osetiya Respublikasi nomi bilan Gruziyadan mustaqillik eʼlon qilgan | 21-dekabr 1991-yil | ||||||||
• | Gruziya va Janubiy Osetiya oʻrtasida Sochi tinchlik kelishuvi imzolangan | 24-iyun 1992-yil | ||||||||
• | Gruziya-Rossiya urushi | 7–12-avgust 2008-yil | ||||||||
Maydoni | ||||||||||
• | 1983 | 39000 km² | ||||||||
Aholisi | ||||||||||
• | 1983 (tax.) | 98 000 | ||||||||
Zichlik | 2.5128205128205 km² | |||||||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | |||||||||
|
1922-yilning 20-aprelida Gruziya SSR tarkibida Janubiy Osetiya avtonom oblasti (Janubiy Osetiya AO) (gruzincha: სამხრეთ ოსეთის ავტონომიური ოლქი; osetin: Ху́ссар Ирыстоны автономон бæстæ ; ruscha: Юго-Осетинская автономная область) tuzilgan. Oblast 1990-yilgacha mavjud boʻlgan.
Oʻsha yili 20-sentabrda Janubiy Osetiya AO Gruziya SSRdan ajralib chiqib, Janubiy Osetiya Sovet Respublikasi nomi bilan Sovet Ittifoqi tarkibidagi suveren respublikaga aylanganini eʼlon qilgan. Buni Gruziya SSR tan olmagan va 1990-yilning 11-dekabr kuni Janubiy Osetiya AO avtonomiyasini butunlay tugatish haqida qaror chiqargan. Natijada 1991-yilning 5-yanvarida Birinchi Janubiy Osetiya urushi boshlanib ketgan. 1991-yilning 21-dekabrida Janubiy Osetiya SR Janubiy Osetiya Respublikasi nomi bilan Gruziyadan mustaqillik eʼlon qilgan.
Hozirgi kunda 1922–1990-yillarda Janubiy Osetiya AO hamda 1990–1991-yillarda Janubiy Osetiya SR oʻlaroq maʼlum boʻlgan hudud oʻrnini Janubiy Osetiya Respublikasi egallagan. Gruziya konstitutsiyasida Janubiy Osetiya Gruziya tarkibiga kirishi aytilgan. 2008-yilning avgustida sodir boʻlgan Gruziya-Rossiya urushi ortidan ayrim davlatlar, xususan, Rossiya Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi. Respublika mustaqilligini tan olgan respublikalar soni oltitaga yetgan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ "Janubiy Osetiya avtonom oblasti" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 276. 5-89890-002-0.