Jaromír Zmrhal (talaffuzi: Yaromir Zmrhal; 1993-yil 2-avgustda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Slovan Bratislava klubi va Chexiya terma jamoasi yarim himoyachisi. Markaziy yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida oʻynay oladi.

Jaromír Zmrhal
Jaromír Zmrhal
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jaromír Zmrhal
Tavallud sanasi 2-avgust 1993-yil (1993-08-02) (30 yosh)
Tavallud joyi Žatec, Chexiya
Boʻyi 1.89 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Slovan Bratislava
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2012 Slavia Prague
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2019 Slavia Prague 187 (26)
2019—2021 Brescia 28 (2)
2021Mladá Boleslav (ijara) 18 (4)
2021— Slovan Bratislava 30 (9)
Milliy terma jamoa
2013 Chexiya U20 1 (0)
2012—2015 Chexiya U21 20 (1)
2016— Chexiya 20 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Slavia Prague tahrir

Jaromír Zmrhal 2012-yilda SK Slavia Prague jamoasining asosiy tarkibiga kirgan va ligadagi debyutini 4-avgust kuni Gambrinus ligasida Banik Ostravaga qarshi safarda oʻtkazdi, uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Birinchi ligadagi golini uch hafta oʻtgach, Zbrojovka Brnoga qarshi oʻz uyida kiritgan va klub bilan 5:0 hisobida ishonchli gʻalaba qozongan. Keyingi uch mavsumda liganing 90 oʻyinidan 83 tasida maydonga tushib, beshta gol urdi. 2015—2016-yilgi mavsumda 2015-yilning 27-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Slaviya — Sparta derbisida uzoq masofadan kuchli zarba bilan g‘alaba to‘pini kiritdi[1].

2018-yil 9-mayda „Slavia Prague“ bilan 2017—2018-yilgi Chexiya kubogi finalida „Yablonec“ ga qarshi oʻyinda ishtirok etdi va kubok sohibi boʻldi[2].

Brescia tahrir

2019-yil 6-avgustda Zmrhal Italiyaning Brescia klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[3]. Transfer narxi 3,75 million yevroga baholangan[3].

Mladá Boleslavga ijara tahrir

2021-yilning 1-fevralida Zmrhal Chexiyaning Mladá Boleslav klubiga yarim mavsumlik ijara asosida o‘tdi[4].

Xalqaro faoliyati tahrir

Zmrhal 2016-yil oktyabr oyida Germaniya va Ozarbayjonga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchun Chexiya terma jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi[5]. Milliy terma jamoadagi debyutini 2016-yilning 11-oktyabrida Ozarbayjonga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. Debyut golini ikkinchi oʻyinida kiritdi, terma jamoa Jahon chempionati saralash bosqichida Norvegiyaga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

12-avgust, 2022-yil
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Slavia Prague 2012—2013 Chexiya birinchi ligasi 28 1 0 0 28 1
2013—2014 29 0 4 0 33 0
2014—2015 26 4 1 0 27 4
2015—2016 27 4 2 2 29 6
2016—2017 30 7 4 0 5 0 39 7
2017—2018 21 5 3 0 8 0 32 5
2018—2019 23 4 1 0 14 2 38 6
2019—2020 3 1 1 0 4 1
Jami 187 26 15 2 27 2 1 0 230 30
Brescia 2019—2020 Serie A 21 2 1 0 22 2
2020—2021 Serie B 7 0 7 0
Jami 28 2 1 0 29 2
Mladá Boleslav (ijara) 2020—2021 Chexiya birinchi ligasi 18 4 2 1 20 5
Slovan Bratislava 2021—2022 Slovakiya Superligasi 28 8 5 1 14 2 47 11
2022—2023 2 1 0 0 4 0 6 1
Jami 30 9 5 1 18 2 0 0 53 12
Jami faoliyati 263 41 33 4 45 4 1 0 332 49

Xalqaro gollari tahrir

T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2016-yil 11-noyabr Eden Arena, Praga, Chexiya 2   Norvegiya 2—0 2—1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari tahrir

Slavia Prague

Slovan Bratislava

Manbalar tahrir

  1. „"The goal against Sparta was the most precious in my life", says Zmrhal, hero of Slavia“ (Czech). iDNES.cz (2015-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
  2. „Jablonec 1-1 Slavia Prague - November 27, 2017 / HET Liga 2017/2018“.
  3. 3,0 3,1 „Official: Brescia buy Zmrhal | Football Italia“. www.football-italia.net (2019-yil 6-avgust). Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  4. Fedele. „UFFICIALE - Brescia, Zmrhal ceduto al Mlada Boleslav“ (it-IT). Pianeta Serie B (2021-yil 1-fevral). Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  5. „Czech team summons 3 more footballers for match vs Azerbaijan“. report.az (2016-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.