Javohir Sohibov (1995-yil 1-mart) Oʻzbekiston Superligasining Surxon klubida yarim himoyachi sifatida toʻp suradigan oʻzbek futbolchisi. Shuningdek Oʻzbekiston yoshlar va milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Javohir Sohibov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Javohir Abdusalom oʻgʻli Sohibov
Tavallud sanasi 1-mart 1995-yil (1995-03-01) (29 yosh)
Tavallud joyi Uzbekistan
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Surxon
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2018 Paxtakor Toshkent 51 (5)
2018   Metallurg Bekobod 4 (0)
2018   Soʻgʻdiyona 0 (0)
2019 Soʻgʻdiyona 0 (0)
2019 Lokomotiv 0 (0)
2020—2021 Turon 25 (3)
2021—2022 Surxon 32 (0)
2023— FK Alay 8 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Oʻzbekiston U-20 10 (2)
2015—2017 Oʻzbekiston U-23 5 (1)
2015—2018 Oʻzbekiston 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

2013-yilda Paxtakor safida Liga oʻyinlarida bor yoʻgʻi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan. Paxtakor safida Ligadagi debyutini 2013-yil 30-iyun kuni Toshkent derbisida Bunyodkorga qarshi o‘tkazdi, 81-daqiqada maydonga tushgandi. Paxtakor safida 2015-yilgi Osiyo Chempionlar ligasining 5 ta uchrashuvida maydonga tushgan. 2015-yilgi mavsumda u Ligada 14 ta oʻyin oʻtkazdi (2015-yil 25-avgust holatiga koʻra).[1] 2015-2016-yilgi mavsumda 16 ta sariq kartochka olgan.[2] 2017-yil oyogʻidan qattiq jarohat oldi.[3] 2018-yilgi mavsum oldidan Bekobodning „'Metallurg“ klubiga ijarag berildi. Sohibov „Metallurg“ safida 8 martta maydonga tushgan.[4] Yozgi transfer oynasi vaqtida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga ijaraga berildi. Jizzaxliklar safida 2019-yilnig yozgi transfer mavsumigacha toʻp surdi. 2019-yil yoz faslida Toshkentning boshqa bir jamoasi „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[5] Temiryoʻlchilar safida yarim mavsum davomida toʻp surdi. 2020-yil mavsum oldidan Oʻzbekiston Pro ligasi vakili Yaypanning „Turon“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 1,5 mavsum davomida Yaypanliklar safida harakat qildi. Turon safida 8 martta (5 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushgan va 1 ta gol urgan[6][7]. 2021-yil 6-mayda Paxtakorga qarshi oʻyinda durang keltiruvchi golni kiritgan[8]. 2021-yilgi mavsum yozgi transfer oynasi vaqtida Termizning „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Surxondagi faoliyati davomida 34 ta oʻyinda (16 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushdi va 1gol urdi.[2] Termizliklar safida ham 1,5 mavsum davomida harakat qildi. 20223-yilgi mavsum oldidan Qizgʻiziston chempionati vakili Oshning „Alay“ jamoasi bilan shartnoma imzolab legieoner futbochiga aylandi.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

U 2014-yilgi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-19 terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri bo‘lgan. 2015-yili Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida ishtirok etdi. Terma jamoa bilan 1/4 finalga qadar yetib borgan. U 2015-yilning sentyabr oyidan Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etila boshlagan. 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi sardori bo‘lgan va O‘zbekiston U-20 musobaqaning chorak finaliga chiqqan. Sohibov 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida terma jamoaning barcha 5ta oʻyinida oʻynagan.

2015-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Sohibovni JCh—2018 saralashida Yamanga qarshi o‘yinga chaqirdi. Sohibov Yamanga qarshi oʻyinda debyut qildi. Asosiy tarkibda oʻynadi va birinchi boʻlimdan keyin almashtirildi. 2016-yil 30-mart holatiga ko‘ra, u milliy terma jamoa safida 7 ta o‘yin o‘tkazgan[9][10].

Yutuqlari tahrir

  • Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2014, 2015
  • O‘zbekiston Superkubogi ikkinchi o‘rin: 2015-yil[11]

Manbalar tahrir

  1. „Pakhtakor vs. Bunyodkor 0 - 2“. soccerway (2022-yil 8-sentyabr).
  2. 2,0 2,1 „Javohir Soxibov“. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  3. „Javohir Sohibov o'tgan davrdagi hayoti, futbolimizdagi ojiz jihatlar, faoliyatidagi eng katta xatosi haqida“. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  4. „“Metallurg” Javohir Sohibov va Murod Ismoilov bilan shartnoma imzoladi“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  5. „"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirdi GALEREYA“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  6. „Superliga. "Turon" - AGMK uchrashuvining asosiy tarkiblari ma'lum“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  7. „Superliga. “Paxtakor” safarda “Turon”ni yenga olmadi, OKMK da esa gʻalaba“. link ishlamaydi. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  8. „Superliga. «Turon» «Paxtakor»dan ochko tortib oldi“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  9. „AFC U-23 Osiyo chempionati 2016“. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  10. „Javohir Sohibov: "Qo'lga kiritilgan natijadan xursandmiz"“. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  11. „Futbol boʻyicha 2015-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi“. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.

Havolalar tahrir