Jean-Eudes Maurice (talaffuzi: Jan Ed Moris) (1986-yil 21-iyunda tugʻilgan) — Belgiyaning UR Namur jamoasida oʻynaydigan professional futbolchi. U oʻzining tezkorligi va aniqligi bilan mashhur. Fransiyada tugʻilgan, Gaiti terma jamoasini xalqaro miqyosda himoya qiladi va 2013-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida jamoa aʼzosi boʻlgan.

Jean-Eudes Maurice
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 21-iyun 1986-yil (1986-06-21) (37 yosh)
Tavallud joyi Alfortville, Fransiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
UR Namur
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2005 US Alfortville
2005—2007 UJA Alfortville
2007—2008 Paris Saint-Germain
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2014 Paris Saint-Germain 34 (1)
2011—2012Lens (Ijara) 19 (1)
2012—2013Le Mans (Ijara) 8 (0)
2014 Chennaiyin 8 (1)
2015 Nea Salamis 5 (1)
2015 Ermis Aradippou 0 (0)
2016 Sài Gòn 7 (2)
2017 Taraz 25 (4)
2018 Aktobe 14 (1)
2020- UR Namur
Milliy terma jamoa
2011—2016 Gaiti 28 (12)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-noyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Maurice oʻz faoliyatini mahalliy US Alfortville klubida oʻynashdan boshlagan. Klubda yetti yil oʻtkazgandan soʻng, u UJA Alfortville jamoasiga qoʻshilgan. U klubda oʻynab yurganida parijliklar eʼtiboriga tushib qolgan va 2007-yilda jamoaga kelib qoʻshilgan. Maurice 33ta oʻyinda maydonga tushgan va 3ta gol urgan. Maurice mavsum davomida „Bastia“ga qarshi Fransiya kubogi oʻyinida asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan, ammo u zahiradan oʻrindigʻidan maydonga tushirilmagan. 2008-yil 19-iyunda u oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan va kattalar jamoasiga bir yilga qoʻshilgan[1]. Unga kattalar jamoasida 21-raqamli libos berilgan.

2008/2009-yilgi mavsumda Maurice birota liga oʻyinida maydonga tushmagan, lekin UEFA kubogida Ukrainaning „Dinamo Kiyev“ klubiga qarshi 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda 75-daqiqada zahiradan maydonga tushib klub tarkibidagi rasmiy debyutini oʻtkazgan. Bu uning mavsumdagi yagona oʻyini boʻlgan. 2009-yilning 11-mayida u Parij klubi bilan yangi 3 yillik shartnoma imzolagan va klub tarkibida 2012-yilgacha qolishi maʼlum boʻlgan[2].

Chennaiyin FC tahrir

2014-yil oktyabr oyida Maurice Hindiston Superligasi klubi Chennaiyin FC bilan qisqa muddatli shartnoma imzolagan[3]. U klub uchun birinchi golini FC Goa ga qarshi oʻyinda kiritgan[4].

Nea Salamis tahrir

Mauricening Chennaiyin bilan shartnoma mavsumi tugagach, u Kipr birinchi divizionida Nea Salamis jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U Kipr klubi bilan olti oylik shartnoma imzolagan[5]. Maurice „Anortosis“ga qarshi oʻyinda jamoa tarkibida debyut qilgan[6].

Taraz tahrir

2017-yilning mart oyida Maurice Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Taraz“ bilan bir yillik shartnoma imzolagan[7].

Aktobe tahrir

Maurice 2018-yilning mart oyida Qozogʻistonning „Aktobe“ klubiga oʻtgan.

UR Namur tahrir

Sinov va bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlaridan soʻng, Maurice 2020-yil yanvar oyi oxirida Belgiyaning toʻrtinchi divizion vakili UR Namur bilan shartnoma imzolagan[8]. U jamoa bilan bir yillik shartnoma tuzgan. Uning klubdagi ilk rasmiy uchrashuvi 2020-yilning mart oyida boʻlgan[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Paris Saint-Germain 2008—2009[10] Liga 1 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2009—2010[10] Liga 1 23 1 3 1 2 1 0 0 28 3
2010—2011[10] Liga 1 10 0 2 0 1 0 8 0 0 0 21 0
2011—2012[10] Liga 1 1 0 0 0 0 0 2 0 0 0 3 0
Jami 34 1 5 1 3 1 11 0 0 0 53 3
Lens (Ijara) 2011—2012[10] Liga 2 19 1 0 0 1 0 20 1
Le Mans (Ijara) 2012—2013[10] Liga 2 8 0 1 0 0 0 9 0
Chennaiyin 2014[11] Hindiston Super Ligasi 8 1 8 1
Nea Salamis 2014—2015[11] Kipr Birinchi Divizioni 5 1 0 0 5 1
Sài Gòn 2016[11] V.Liga 1 7 2 7 2
Taraz 2017[11] Qozogʻiston Premyer Ligasi 25 4 1 0 26 4
Aktobe 2018[11] Qozogʻiston Premyer Ligasi 14 1 1 0 15 1
Karyerada jami 120 11 7 1 4 1 11 0 0 0 143 13

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[12]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Gaiti 2011-yil 6 5
2012-yil 2 2
2013-yil 7 2
2014-yil 1 0
2015-yil 7 2
2016-yil 5 0
Jami 28 12

Yutuqlari tahrir

Parij Sen-Jermen

  • Fransiya kubogi : 2009—2010[13]

Manbalar tahrir

  1. „Maurice signe pro“. 2012-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2009-yil.
  2. Jean-Eudes Maurice prolonge
  3. „Chennaiyin FC sign Eric Djemba-Djemba and Jean-Eudes Maurice to replace Tillman and Eduardo“. www.sportskeeda.com. sportskeeda (19-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2014-yil.
  4. „FC Goa book semi-final berth after comprehensive 3-1 win over Chennaiyin FC“. Indian Express (6-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2015-yil.
  5. „Jean Eudes Maurice signe en Chypre“. HPN Haiti. 2015-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2015-yil.
  6. „Nea Salamis vs Anorthosis“. Soccerway. Qaraldi: 16-fevral 2015-yil.
  7. „Экс-нападающий ПСЖ подписал контракт с Таразом“ (ruscha). sports.kz. Sports KZ (3-mart 2017-yil). Qaraldi: 3-mart 2017-yil.
  8. Transfert: Jean-Eudes Maurice chez les Merles, lavenir.net, 31 January 2020
  9. Jean-Eudes Maurice: „Content et soulagé d’avoir pu enfin jouer pour Namur“, dhnet.be, 9 March 2020
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 „PSG profile“. PSG. Qaraldi: 16-yanvar 2015-yil.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 „Soccerway profile“. Soccerway. Qaraldi: 16-yanvar 2015-yil.
  12. „NFT profile“. National-Football-Teams profile. Qaraldi: 16-yanvar 2015-yil.
  13. „Résultat et résumé Monaco - Paris-SG, Coupe de France, Finale, Samedi 01 Mai 2010“. lequipe.fr. Qaraldi: 26-fevral 2021-yil.