Jeongyeon
Yoo Jeong-yeon (koreyscha: 유정연; 1996-yil 1-noyabrda tugʻilgan), Jeongyeon nomi bilan mashxur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi. U JYP Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning Twice qizlar guruhi aʼzosi.
Jeongyeon | |
---|---|
Tavalludi |
Yoo Kyung-wan 1-noyabr 1996-yil Janubiy Koreya |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Kasbi | Qoʻshiqchi |
Imzosi | |
Yoshligi
tahrirYo Kyung Wan ismi bilan 1996-yil 1-noyabrda Janubiy Koreyaning Kyongi provinsiyasining Suvon shahrida tugʻilgan.[1] Uning ikkita katta opasi bor, ulardan biri aktrisa Gong Seung Yon.[2][3] Uning otasi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim Dae-jung uchun oshpaz boʻlgan.[2] Jeongyeon yoshligida aerobika mashgʻulotlariga qatnashgan va koʻp oʻtmay qoʻshiq va raqsga qiziqib qolgan.
Faoliyati
tahrirDebyut oldidan
tahrirJeongyeon bolaligida JYP Entertainmentga qoʻshilish uchun imtihondan oʻta olmagan, lekin 2010-yil mart oyida ochiq imtihondan oʻtib, agentlikka qoʻshilgan. U Twice bilan debyut qilishdan oldin besh yil davomida mashq qilgan.[4] 2013-yildan 2015-yilning boshigacha Jeongyeon boshqa oʻrganuvchilar va hozirgi Twice guruhdoshlari Nayeon, Sana va Jihyo bilan birga yangi JYP qizlar guruhiga aʼzo boʻlishi kutilgan edi;[5] ammo loyiha bekor qilingan.[6] Keyinchalik 2015-yilda Jeongyeon Twice aʼzolarini aniqlash uchun olib boriladigan Sixteen teledasturida ishtirok etgan.[7] Yakuniy epizodda u guruhning toʻqqiz aʼzosidan biri sifatida tanlangan.[8]
Twice bilan debyut va sogʻliq muammolari
tahrir2015-yil oktyabr oyida Jeongyeon rasman Twice guruhi aʼzosi sifatida birinchi mini-albomi The Story Begins ning chiqarilishi bilan debyut qilgan.[9] „Like Ooh-Ahh“ bosh singli YouTubeʼda 100 million tomoshaga erishgan birinchi K-pop debyut qoʻshigʻi boʻlgan.[10] Jeongyeon va uning opasi 2016-yil iyulidan 2017-yil yanvarigacha Janubiy Koreyaning Inkigayo musiqiy dasturiga boshlovchilik qilishgan,[11] buning uchun ikkalasi ham 2016-yil SBS Entertainment Awards-da Yangi kelganlar mukofotini qoʻlga kiritdganlar.[12] Jeongyeon debyutidan beri u Twicening baʼzi treklarida qoʻshiq muallifi sifatida ham tanilgan. Gallup Koreaning yillik musiqiy soʻrovida Chonyon guruhdoshi Nayeon bilan birga 2016-yildan 2019-yilgacha toʻrt yil davomida Janubiy Koreyadagi eng mashhur 20 ta sevimli qoʻshiqchilar qatoriga kirgan.[13]
2020-yil 17-oktyabrda JYP Entertainment Jeongyeon havotir buzilishlari tufayli tanaffusga chiqishini eʼlon qilgan.[14] U 2021-yil 31-yanvarda 30-Seul musiqa mukofotlari marosimida faoliyatini davom ettirgan.[15] 2021-yil 18-avgustda JYP Entertainment vahima va xavotir buzilishi tufayli Jeongyeonni ikkinchi tanaffusga chiqishini eʼlon qilgan.[16] U 2021-yil oktyabr oyidan boshlab asta-sekin faoliyatini davom ettirmoqda.
Diskografiyasi
tahrirNom | Yil | Ijrochi | Albom | Izohlar |
---|---|---|---|---|
"Love Line" | 2017 | Twice | Twicetagram | Lirist sifatida |
"Sweet Talker" | 2018 | What Is Love? | ||
"LaLaLa" | Yes or Yes | |||
"21:29" | 2019 | Feel Special | ||
"Sweet Summer Day" | 2020 | More & More | ||
"Celebrate" | 2022 | Celebrate |
Filmografiyasi
tahrirTeledasturlar
tahrirYil | Nom | Rol | Izohlar | Manba |
---|---|---|---|---|
2015 | Sixteen | Ishtirokchi | ||
2016 | Muscle Queen Project | [17] | ||
Law of the Jungle in New Caledonia | Oʻzi | [18] | ||
2016-2017 | Inkigayo | Hamkor boshlovchi | Gong Seung-yeon bilan | [19] |
Manbalar
tahrir- ↑ „"벌써 몇 년 친구냐" 트와이스 지효, 정연 생일 축하[SNS★컷“] (ko). newsen.co.kr (2018-yil 1-noyabr). 2020-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 Vacco-Bolaños. „Who Is Twice's Jeongyeon? She's Got So Many Secret Talents“. Elite Daily (2019-yil 23-noyabr). 2019-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
- ↑ „공승연 "동생 트와이스 정연과 '인기가요' MC…마음 단단히 먹어"“ (ko). Nate (2016-yil 20-iyul). 2019-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ Moon. „Everything to Know About K-Pop Group Twice“. Time (2019-yil 20-sentyabr). 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
- ↑ „9 things to know about Twice's Jihyo“. SBS (2019-yil 1-fevral). 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
- ↑ „[단독'선미 피처링' 리나, JYP新걸그룹 데뷔..미모·실력 겸비“] (ko). Naver. 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ Won. „'Sixteen' compete for spot in JYP's next girl group“. The Korea Herald (2015-yil 29-aprel). 2015-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
- ↑ „'식스틴' 시청자 투표 마감, 쯔위 1위-나띠 12위..상위 7명은 누구?“ (ko). Naver (2015-yil 7-iyul). 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ Kim. „Twice unveils debut album 'The Story Begins'“. The Korea Herald (2015-yil 20-oktyabr). 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
- ↑ Moon. „K-Pop Powerhouse Twice Opens Up About How Their New Album Is More Personal Than Ever“. Time (2019-yil 9-oktyabr). 2019-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
- ↑ „'인기가요' 측 "공승연·정연·김민석 22일 마지막 방송..후임 물색중"(공식입장)“ (ko). stoo.asiae.co.kr (2017-yil 16-yanvar). 2020-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ Jung Joon-hwa. „[2016 SBS 연예대상 신동엽. 26년 만의 대상.."하늘에 계신 母의 선물" (종합)“] (ko). OSEN. The Chosun Ilbo (2016-yil 26-dekabr). 2016-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ „2016년 올해를 빛낸 가수와 가요 – 최근 10년간 추이 포함, 아이돌 선호도“ (ko). Gallup Korea (2016-yil 20-dekabr). 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
- ↑ Oh Bo-ram. „트와이스 정연, 활동 잠정 중단…"컴백 준비 중 불안감 겪어"“ (ko). Yonhap News (2020-yil 17-oktyabr). 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
- ↑ Park Se-yeon. „트와이스 정연, 활동중단 딛고 모처럼 무대 나들이[서울가요대상“] (ko). Maeil Economic Daily (2021-yil 31-yanvar). 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
- ↑ Han Hae-seon. „트와이스 정연, 활동 중단.."공황·심리적 불안 장애"[전문“] (ko). MT Star News (2021-yil 18-avgust). 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ Han In-gu. „[단독 KBS 설 파일럿 '머슬퀸' 방송, 정연·찬미·수빈·경리 출연“] (ko). X-sports News (2016-yil 18-yanvar). 2021-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
- ↑ Choi Bo-ran. „[단독 트와이스 정연, '정글의 법칙' 합류…뉴칼레도니아 간다“] (ko). Sports Chosun (2015-yil 18-may). 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
- ↑ Park Jin-young. „트와이스 정연·공승연·김민석, '인기가요' 고정 MC 확정 [공식입장“] (ko). Osen (2016-yil 22-iyun). 2021-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.