Jere Uronen (1994-yil, 13-iyulda tugʻilgan) — Finlandiyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Brest va Finlandiya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.[3] Uronen Finlandiyaning Turku shahrida tugʻilgan. U 2012-yilda 17 yoshida Helsingborgs IF bilan shartnoma imzolashdan oldin TPS jamoasida oʻynab, oʻzining katta klubidagi faoliyatini boshlagan.

Jere Uronen
Uronen Helsingborgs IF safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jere Juhani Uronen
Tavallud sanasi 13-iyul 1994-yil (1994-07-13) (30 yosh)[1]
Tavallud joyi Turku, Finlandiya bayrogʻi Finlandiya
Boʻyi 1.77 m[2]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brest
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2011 TPS
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2012 TPS 18 (1)
2011ÅIFK (ijara) 3 (1)
2012-2016 Helsingborgs IF 71 (5)
2016-2021 Genk 125 (2)
2021- Brest 15 (0)
Milliy terma jamoa
2009 Finland U15 4 (0)
2009-2010 Finland U16 16 (1)
2011 Finland U18 15 (0)
2011 Finland U19 4 (0)
2011-2012 Finland U21 5 (0)
2012− Finland 60 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun uchun)

Uronen 2012-yilning may oyida, 17 yoshida Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan va shundan beri 40 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan, jumladan, 2014 va 2018 FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida ham maydonga tushgan. U UEFA Yevro-2020 saralash oʻyinlarida milliy terma jamoaning doimiy aʼzosi boʻlgan va Finlandiyaga futbol boʻyicha Yevropa chempionati turnirining guruh bosqichida birinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan.

Klubdagi faoliyati

tahrir

TPSning yoshlar safida koʻtarilgan Uronen 2011-yilning 12-iyunida 16 yoshida FC Hakaga qarshi oʻyinda jamoadagi debyutini oʻtkazdi. 31-iyul kuni u oʻzining TPS safida birinchi golini oʻz uyida FC Honkaga qarshi oʻyinda (4:2) kiritdi. U debyut mavsumida jami 18 ta oʻyinda maydonga tushdi — bitta gol urgan.

Helsingborg

tahrir

2012-yilning dastlabki kunlarida Uronen Allsvenskandagi Helsingborg bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. U Helsingborg safidagi ilk oʻyinini 1-fevral kuni Zagrebning Dinamo jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi va toʻliq 90 daqiqa oʻynadi.

U 2-aprel kuni Norrköpingga qarshi safarda 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda ligadagi debyutini oʻtkazdi.

2016-yilning yanvarida Uronen Belgiyaning Genk klubi bilan shartnoma imzoladi.[4] U Belgiya birinchi divizionida debyutini 2016-yilning 13-martida Oostendega qarshi oʻyinda oʻtkazdi.[5]

2021-yilning 20-iyulida Uronen Liga 1ning Brest klubiga oʻtishi eʼlon qilindi.[6]

Xalqaro faoliyati

tahrir

Finlandiya yoshlar terma jamoalarida

tahrir

Uronen 2011-yil, 8-avgust kuni Sloveniyaga qarshi saralash oʻyinida Finlandiya U-21 terma jamoasi vakili sifatida faqat 17 yoshida saylangan.

Finlandiya asosiy jamoasida

tahrir

2012-yil, 26-may kuni Uronen Finlandiya terma jamoasida debyut qildi va Turkiya ustidan 3:2 hisobidagi gʻalabada toʻliq daqiqa oʻynadi va shu tariqa u terma jamoa tarixidagi eng yosh uchinchi futbolchiga aylandi. Uronen FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi debyutini 2012-yilning 12-oktabrida Mixu Paatelaynen Gruziyaga qarshi oʻyinda uni boshlangʻich oʻn birlikka tanlaganida oʻtkazdi.[7] U 2018-yil, 9-iyun kuni Tampere stadionida Belarus termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ilk xalqaro golini kiritdi.[8]

Uronen 2021-yil, 29-may kuni Shvetsiyaga qarshi Yevro-2020 turniri oldidan oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan edi.[9] Uronen UEFA Yevro-2020 turnirida uchta xalqaro oʻyinda ham ishtirok etgan. Finlandiya 2021-yil, 21-iyun kuni Belgiyaga 0:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng B guruhida 3-oʻrinni egalladi.[10] Keyinchalik ular turnirdan chetlatildi.

Faoliyat statistikasi

tahrir
2021-yil, 25-aprel holatiga ko'ra [11][12]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
ÅIFK 2011 Kakkonen 3 0 0 0 3 0
TPS 2011 Veikkausliiga 18 1 0 0 1 0 3 0 22 1
Helsingborg 2012 Allsvenskan 17 2 1 0 10 0 0 0 28 2
2013 4 0 3 0 7 0
2014 24 0 5 1 29 1
2015 26 3 0 0 26 3
Jami 71 5 9 1 10 0 86 6
Genk 2015-16 Belgian First Division A 12 1 0 0 12 1
2016-17 20 0 2 0 13 1 8 1 43 2
2017-18 23 0 2 0 1 1 26 1
2018-19 31 1 1 0 11 0 43 1
2019-20 17 0 0 0 3 0 1 0 21 0
2020-21 22 0 1 0 23 0
2021-22 0 0 0 0 0 0 1 1 1 1
Jami 125 2 6 0 27 1 11 3 169 6
Brest 2021-22 Ligue 1 4 0 0 0 4 0
Karyera jami 221 8 15 1 37 0 14 3 287 13

Xalqaro

tahrir
2021-yil, 7-sentabr holatiga ko'ra[13]
Milliy terma jamoa Yil Raqobatbardosh Doʻstona Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Finlandiya 2012 1 0 3 0 4 0
2013 0 0 1 0 1 0
2014 2 0 2 0 4 0
2015 6 0 1 0 7 0
2016 1 0 4 0 5 0
2017 3 0 2 0 5 0
2018 5 0 3 1 8 1
2019 6 0 0 0 6 0
2020 6 0 1 0 7 0
2021 5 0 2 0 7 0
Jami 35 0 19 1 54 1
match played on 21 June 2021[14]
Scores and results list Finland’s goal tally first, score column indicates score after each Uronen goal.
Jere Uronen tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2018-yil, 9-iyun Tampere stadioni, Tampere, Finlandiya   Belarus 1-0 2-0 Doʻstona

Yutuqlar

tahrir

Helsingborgs IF

  • Svenska Superkubogi: 2012-yil

Genk

  • Belgiya birinchi divizioni A: 2018-19
  • Belgiya kubogi: 2020-21[15]
  • Belgiya Superkubogi: 2019-yil

Individual

  • Veikkausliiga sentabr All Star jamoasi: 2011[16]

Manbalar

tahrir
  1. „J. Uronen“. soccerway.com. SOCCERWAY. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.
  2. „J. Uronen“. soccerway.com. SOCCERWAY. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.
  3. „Jere Uronen“ (Finnish). Suomen Palloliitto. 2016-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
  4. „Fins international Jere Uronen tekent bij KRC Genk“ (Dutch). KRC Genk. 2017-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
  5. „Uronen debytoi Belgian liigassa“ (Finnish). Turun Sanomat (2016-yil 14-mart). 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
  6. „EM-kisoissa ihastuttanut Suomen maajoukkuepelaaja siirtyy Ranskan pääsarjaan miljoonasummalla“ (Finnish). Iltalehti (2021-yil 20-iyul). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  7. „Näin Suomi-Georgia -ottelu eteni“ (Finnish). Ilta-Sanomat (2012-yil 12-oktyabr). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  8. „Uronen ja Yaghoubi laukoivat Valko-Venäjän nurin“ (Finnish). Kaleva (2018-yil 9-iyun). Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.
  9. „Näillä pelaajilla Huuhkajat lähtevät kohti EM-kisoja – kaksi nimeä kiinnostivat yli muiden“ (fi). Helsingin Sanomat (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 24-may.
  10. „Belgium win to push Finland into third“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  11. „Jere Uronen“. National Football Teams. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  12. „Jere Uronen“. Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
  13. „Jere Uronen“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  14. „Finland vs. Belarus (2:0)“.
  15. „Onuachu with an assist as Genk clinch Belgian Cup title after Standard Liege win“. Goal (2021-yil 26-aprel). Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
  16. „Palkinnot“ (Finnish). Veikkausliiga. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.