Jeremy André de León Rodriguez (2004-yil 18-mart) – puerto-rikolik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynaydi. U oʻzining ajoyib sur’ati, toʻp ustidagi texnikligi va tananing yuqori kuchi bilan mashhur.

Jeremy de León
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jeremy André de León Rodríguez
Tavallud sanasi 18-mart 2004-yil (2004-03-18) (20 yosh)
Tavallud joyi San Juan, Puerto Rico
Boʻyi 1.75 cm (12 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2022 Castellón
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022–2024 Castellón 43 (2)
Milliy terma jamoa
2021– Puerto Rico U20 5 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 26-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 19-avgust uchun)

Klub faoliyati tahrir

Kastellon tahrir

Yoshligida de Leon mahalliy Hispania FA jamoasida oʻynagan. 9 yoshida u Sevilla jamoasi bilan birga mashgʻulot oʻtkazish uchun taklif qilindi[1]. 2014-yil aprel oyida oʻn yoshida u „Malaga“ jamoasi uchun sinov uchun yoshlar turnirida va „Sevilya“ klubi bilan ikkinchi mashgʻulotda ishtirok etish uchun Ispaniyaga taklif qilindi[2]. 2019-yilda Sheffild kubogida GPS Puerto-Riko uchun oʻynab yurganida, u Valensiyada joylashgan Xalqaro taraqqiyot akademiyasi tomonidan qoʻllab quvvatlandi va u oilasi bilan 2020-yil yozida klubga qoʻshilish uchun Ispaniyaga koʻchib oʻtdi[1].

2021/2022-yilgi mavsum qishida u CD Castellon yoshlar jamoasiga qoʻshildi[3]. U19 ligasida oʻn uchta oʻyinda yigirma uchta gol urib jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlganidan soʻng, futbolchi 2022-yilning bahorida La Liganing "Barselona", "Almeriya" va „Sevilya“ klublaridan qiziqish uygʻotdi. Oradan koʻp oʻtmay u "Real Madrid", "Atletiko Madrid" va „Real Betis“ jamoalaridan biriga oʻtishi mumkin edi[4]. Qiziqishlarga qaramay, de Leon „Kastellon“ jamoasi bilan 2022-yilning may oyida oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. Bu ikki yillik shartnomaga koʻra, u klubda 2024-yilgacha qoladi[3]. U klubdagi debyutini oʻsha oyda Villarreal B klubiga qarshi oʻtkazdi[1]. Keyingi oy "Valensiya" futbolchini ijaraga olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqdi[5].

2024-yil 24-yanvarda Kastellon de Leonning La Liga klubi Real Madrid jamoasiga oʻtganini rasman eʼlon qildi[6].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Yoshlar darajasida de Leon Puerto-Riko terma jamoasini 2022-yilgi KONKAKAF U-20 chempionati saralashida himoya qilgan. U Guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Bermuda yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita gol urdi, natijada Puerto-Riko final turniriga yoʻllanma olgan[7][8]. Oʻsha yili u Belizda boʻlib oʻtgan 2022-yilgi UNCAF U-19 turniri uchun Puerto-Riko terma jamoasiga chaqirildi[9]. U Panama bilan 3:3 hisobidagi durang oʻyinda ikkita gol urdi[10][11].

De Leon kattalar terma jamoasiga birinchi chaqiruvini 2022-yil yozida 2022/2023-yilgi KONKAKAF Millatlar Ligasi musuboqasi C guruhi oʻyinlari oʻtkazilgan vaqtida olgan[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Oʻyin 2024-yil 7-yanvarda boʻlib oʻtdi [13]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Dvizion Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Kastellon 2021/2022 Primera Federación 2 0 2 0
2022/2023 Primera Federación 30 2 30 2
2023/2024 Primera Federación 11 0 3 0 14 0
Jami 43 2 3 0 45 2
Umumiy 43 2 3 0 0 0 0 0 45 2

Shaxsiy hayot tahrir

Leon – chililik futbolchi Arturo Vidalning onasi orqali ikkinchi amakivachchasi. Mutaxassislar uni uzoq masofalarga toʻp bilan yugurish va yuqori aniqlik bilan yakunlash qobiliyati tufayli uni „Puerto-Riko Messi“ deb atashgan. 

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Chova. „Jeremy de León encuentra su sitio en Castalia“ (Spanish). El Mundo. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  2. Justino. „Rumbo a España jóvenes valores de Hispania FA“ (Spanish). Futbol Boricua. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  3. 3,0 3,1 „El Castellón renueva por dos años a la perla de su cantera, Jeremy de León“ (Spanish). Castellon Plaza. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  4. „El jugador del Juvenil A del Castellón, Jeremy André, renovará con el Castellón y tendrá ficha profesional“ (Spanish). SER. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  5. Gomis. „El Valencia CF estudia la fórmula para fichar a Jeremy de León“ (Spanish). Esportbase Media. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  6. „Comunicado Oficial | Jeremy De León traspasado al Real Madrid CF“. CD Castellón (2024-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 24-yanvar.
  7. „Puerto Rico, Nicaragua punch ticket to 2022 CMU20“. CONCACAF. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  8. „IDA Player Spotlight: Jeremy De Leon“. International Development Academy (IDA). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  9. Justino. „Lista para su debut en la Copa Centroamericana de Fútbol U20 la Selección“ (Spanish). Futbol Boricua. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  10. „DOBLETE DE JEREMY DE LEÓN EN EMPATE CON PANAMÁ“. Futbol Boricua. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  11. „DOBLETE DE JEREMY DE LEÓN EN EMPATE CON PANAMÁ“ (Spanish). Federación Puertorriqueña de Fútbol. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  12. „Lista la convocatoria para la Liga de Naciones“ (Spanish). Futbol Boricua. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  13. „J. de León: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2024-yil 1-yanvar.

Havolalar tahrir

  • Jeremy de León at BDFutbol
  • Jeremy de León Soccerway saytida
  • Jeremy de León at Global Sports Archive