Jessica Learmonth MBE (talaffuzi: Jessika Lermont; 1988-yil 18-aprelda tugʻilgan) – britaniyalik triatlonchi[2][3]. Learmonth Angliyaning Lids shahrida joylashgan Lids triatlon markazida mashq qilib, Yevropa, Hamdoʻstlik, Olimpiada oʻyinlari va Jahon triatlon seriyalari medallari sovrindori boʻlgan[2]. U 2017-yilda triatlon boʻyicha Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi va 2018-yilda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Learmonth 2018-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida ayollar va aralash estafeta bahslarida qatnashib, ikkala yoʻnalishda ham kumush medallar sovrindori boʻlgan[4][5]. U, shuningdek, 2019-yilgi Jahon triatlon seriyasida ham kumush medalni qoʻlga kiritgan[6].

Jess Learmonth
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Angliya
Tavallud sanasi 18-aprel 1988-yil (1988-04-18) (36 yosh)
Bramham, Angliya[1]
Sport
Qaysi sport Triatlon
Sport mukofotlari
Ayollar triatloni
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya vakili
Olimpiada oʻyinlari
Oltin 2020 Tokyo Aralash estafeta
Jahon triatlon seriyalari - Umumiy
Kumush 2019 Lozanna Elita
Jahon triatlon seriyalari
Kumush 2019 Lozanna Elita
Kumush 2019 Bermuda Elita
Kumush 2018 Gold Coast Elita
Kumush 2018 Abu-Dabi Elita
Kumush 2017 Stokgolm Elita
Bronza 2019 Monreal Elita
Bronza 2019 Lids Elita
Bronza 2019 Abu-Dabi Elita
Bronza 2017 Rotterdam Elita
Yevropa chempionati
Oltin 2017 Kitzbühel Yakkalik
Kumush 2018 Glazgo Yakkalik
Angliya bayrogʻi Angliya vakili
Hamdoʻstlik oʻyinlari
Kumush 2018 Gold Coast Ayollar
Kumush 2018 Gold Coast Aralash estafeta
Triatlon Superligasi
Oltin Rotterdam 2020 SLT Arena oʻyinlari
Kumush 2021 Chempionat seriyalari
Bronza London 2022 Triatlon Arena oʻyinlari

2021-yilda Learmonth 2020-yilgi Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida triatlon boʻyicha aralash estafetada oltin medalga ega boʻldi[7][8]. Shuningdek, u 2021-yilgi Triatlon Superligasi chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan.

Yoshligi

tahrir

Learmonth 1988-yil 18-aprelda Angliyaning Lids shahriga qarashli Bramham qishlogʻida tugʻilgan.

City of Leeds suzish klubi safiga kirish uchun kurashayotganda Learmonth milliy chempionatning erkin uslubda suzish medalini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, Wetherby Golf klubida golf bilan shugʻullangan va triatlonga oʻtishdan oldin Leeds United Ladies Akademiyasi safida futbol oʻynagan[9].

Faoliyati

tahrir

Learmonthning triatlon bilan muntazam shugʻullangan birinchi yili 2012-yilda boʻlgan va u 2015-yilda jahon miqyosidagi sportchilar guruhiga qoʻshilgan. Bir necha yillik triatlon poygalaridan soʻng, Learmonth 2016-yilda ilk Yevrokubok gʻalabasi bilan Elita sahnasiga chiqdi[10]. 2017-yilgi triatlon mavsumida u ETU Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi va ITU Jahon triatlon seriyasidagi ikkita shohsupaga, yaʼni ITU Jahon triatloni Stokgolm[11] musobaqasida kumush medal va ITU Jahon triatloni Grand finali Rotterdam musobaqasida bronza medaliga ega chiqqan[12].

Learmonth 2018-yilgi Gold Coastdagi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Angliya terma jamoasini himoya qildi va birinchi marta yirik koʻp sport oʻyinlarida yakkalik hamda aralash estafeta musobaqalarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u Glazgodagi Yevropa chempionatining kumush medaliga sazovor boʻldi va Jahon triatlon seriyasida 5-oʻrinni egalladi[13].

U 2019-yilda MS Amlin Jahon triatloni Bermuda[14] musobaqasida ikkinchi oʻrin, AJ Bell Jahon triatloni Lids[15] va Groupe Copley Jahon triatloni Monreal musobaqalarida uchinchi oʻrinni egallab, bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi[16]. Biroq, Learmonthning bu yildagi eng katta yutugʻi Lozannada boʻlib oʻtgan ITU Jahon triatloni Grand finalidagi kumush medal boʻldi[17].

Learmonth, shuningdek, 2019-yil Tokioda oʻtkazilgan ITU Jahon triatloni aralash estafeta seriyasida kumush medalni qoʻlga kiritgan Britaniya aralash estafeta jamoalari tarkibida boʻlgan[18]. 2020-yilda u Rotterdamda ilk marta boʻlib oʻtgan Triatlon Superligasi Arena oʻyinlarida gʻolib chiqdi[19]. Learmonth 2022-yilda Londonda oʻtkazilgan Triatlon boʻyicha Arena oʻyinlarida Cassandre Beaugrand va Beth Potterdan keyin 3-oʻrinni egalladi[20].

2021-yilda Learmonth 2020-yilgi Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida triatlon boʻyicha aralash estafetada oltin medalni qoʻlga kiritgan jamoaning bir qismi edi[21][22]. Shuningdek, u 2021-yilgi triatlon boʻyicha Superliga chempionatida 2-oʻrinni egalladi. 4 ta chempionat seriyasining 3 tasida gʻalaba qozonganiga qaramay[23][24][25], bu Learmonthga Malibudagi seriya finalida Georgia Taylor-Brownning umumiy gʻalabasidan oʻzib keta olish uchun yetarli boʻlmagan va u seriyani 4-oʻrinda yakunlagan[26].

Learmonth triatlon boʻyicha xizmatlari uchun 2022-yilgi Yangi yil taqdirlash marosimida Britaniya imperiyasi ordeni (MBE) aʼzosi etib tayinlangan[27].

Manbalar

tahrir
  1. „Jessica Learmonth ready to continue remarkable rise from personal trainer to triathlete“. Commonwealth Games England (2020-yil 25-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 „Jess Learmonth“. British Triathlon. Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  3. „Jessica Learmonth“. Triathlon.org. Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  4. „Commonwealth Games: England's Jessica Learmonth wins triathlon silver“. BBC Sport. Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  5. „Brownlee brothers help England to silver in Commonwealth triathlon relay as Australia win“. BBC Sport. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  6. „Learmonth and Taylor-Brown take silver and bronze in Lausanne“ (en). www.teamgb.com. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  7. „Tokyo 2020: GB win mixed triathlon relay gold to start 'Super Saturday' – watch, listen & follow text“ (en-GB). BBC Sport (2021-yil 30-iyul). Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  8. „Mixed Relay Results“. Tokyo 2020 Olympics. Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  9. „Jess Learmonth“ (en). www.britishtriathlon.org. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  10. Union. „Athlete Profile: Jessica Learmonth“ (en). Triathlon.org. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  11. Union. „Results: Elite Women | 2017 ITU World Triathlon Stockholm“ (en). Triathlon.org. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  12. Union. „Results: Elite Women | 2017 ITU World Triathlon Grand Final Rotterdam“ (en). Triathlon.org. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  13. „Jess Learmonth“ (en). www.britishtriathlon.org. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  14. „2019 MS Amlin World Triathlon Bermuda | Elite Women“. World Triathlon.
  15. Union. „Results: Elite Women | 2019 AJ Bell World Triathlon Leeds“ (en). Triathlon.org. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  16. Union. „Results: Elite Women | 2019 Groupe Copley World Triathlon Montreal“ (en). Triathlon.org. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  17. Union. „Results: Elite Women | 2019 ITU World Triathlon Grand Final Lausanne“ (en). Triathlon.org. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  18. Union. „Results: Mixed Relay | 2019 ITU World Triathlon Mixed Relay Series Tokyo“. Triathlon.org. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  19. „Pain In The Glory For Triathlon Star Jessica Learmonth At SLT Arena Games“ (en-GB). Super League Triathlon (2020-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  20. „Cassandre Beaugrand Powers To Win At Arena Games Triathlon London powered by Zwift“ (en-GB). Super League Triathlon (2022-yil 23-aprel). Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  21. „Tokyo 2020: GB win mixed triathlon relay gold to start 'Super Saturday' – watch, listen & follow text“ (en-GB). BBC Sport (2021-yil 30-iyul). Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  22. „Mixed Relay Results“. Tokyo 2020 Olympics. Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  23. „Jessica Learmonth Heads All-British Women's Podium At Super League London“ (en-GB). Super League Triathlon (2021-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  24. „Alex Yee and Jess Learmonth win Super League Triathlon Jersey“ (en). 220 Triathlon. Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  25. „Learmonth Makes It Back-To-Back Wins With Super League Triathlon Munich Triumph“ (en-GB). Super League Triathlon (2021-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  26. „Georgia Taylor-Brown Edges Out Jess Learmonth For Super League Triathlon Championship Series Title“ (en-GB). Super League Triathlon (2021-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  27. „New Year Honours 2022: Jason Kenny receives a knighthood and Laura Kenny made a dame“. BBC Sport (2021-yil 31-dekabr).

Havolalar

tahrir