Jevrem Brković
Jevrem Brković (serbcha: Јеврем Брковић; 1933-yil 29-dekabr — 2021-yil 24-yanvar) — chernogoriyalik shoir, yozuvchi, jurnalist, muholifatchi va tarixchi. Brković was one of the founders and member of Doclean fan va sanʼat akademiyasi (inglizcha: Doclean Academy of Sciences and Arts (DANU)) asoschilaridan biri va shu akademiya aʼzosi boʻlgan. 2015- yilda DANU akademiyasi tarqatib yuborilgandan keyin Brković Chernogoriya fan va sanʻat akademiyasiga aʼzo boʻlgan[1].
Jevrem Brković | |
---|---|
Tavalludi |
1933-yil 29-dekabr |
Vafoti |
24-yanvar 2021-yil (87 yoshda) Podgoritsa, Chernogoriya |
Fuqaroligi | Chernogoriya |
Tarjimayi holi
tahrirJevrem Brković Yugoslaviyaning Podgoritsa yaqinidagi Seoca qishlogʻida tugʻilgan[2]. Brković Titograd radiosida jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, „Ovdje“ jurnalida muharrir oʻrinbosari sifatida ham ishlagan[2]. Brković yoshligini oʻsha paytda Yugoslaviyaning poytaxti hisoblangan Belgrad shahrida oʻtkazgan. 1975-yilda Chernagoriyada yilning eng nufuzli mukofoti hisoblangan „13 iyul mukofoti“ni qoʻlga kiritgan. 1990-yillarda, Yugoslaviya urushlari davrida Chernogoriya tarafini olgani uchun uning fikrlari siyosiy tuzumga qarshi rkanligi eʼlon qilingan. Brković Milo Đukanović boshchiligidagi hukumatni ham tanqid qilgan (tuzumga qarshi chiqqan). 1994-yilda Đukanoviçning bosimi va siyosiy taʼqiblari tufayli Brković Chernogoriyadan Xorvatiyaga koʻchib oʻtgan. Xorvatiyadaligida Savić Marković Štedimlija va Ivo Pilar kabi tarixchillarning ilmiy tadqiqotlarini oʻrganib chiqqan.
1999-yilda Chernogoriyaga qaytgan. Oʻsha paytdan boshlab Chernogoriyaning Serbiyadan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi tarafdori boʻlgan.
Brković 2021-yil 24-yanvar kuni 87 yoshida vafot etgan[3].
Shaxsiy hayoti
tahrirUning oʻgʻli Balša Brković ham taniqli yozuvchi[4]. Nabirasi Brajan Brković Serbiyada yashaydi. Brajan Erkinlik va adolat partiyasi Novi Sad filialining vitse-prezidenti hisoblanadi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Membership, Montenegrin Academy of Sciences and Arts
- ↑ 2,0 2,1 Dragutin Vujanović. Jugoslovenski književni leksikon (sh) Živan Milisavac: . Novi Sad (SAP Vojvodina, SR Serbia, SFR Yugoslavia): Matica srpska, 1971 — 53-bet.
- ↑ „Preminuo književnik Jevrem Brković“ (sr). vijesti.me. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
- ↑ Intervju sa Jevremom i Balšom Brkovićem u Slobodnoj Dalmaciji, Slobodna Dalmacija, 31 January 2009
- ↑ „SSP osudila šovinistički napad na svog omladinskog aktivistu“ (sr-RS). N1 (2020-yil 26-fevral). Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.