Jiguli Moldaqaliquli Dayrabayev (1954-yil 29-sentyabr, Lugovoy tumani, Jambil viloyati) — Qozogʻiston siyosatchisi, Qozogʻiston Oliy Kengashining XII chaqiriqining deputati (1990—1995), Qozogʻiston fermerlar uyushmasining raisi. 2022-yilgi mamlakat prezidentligiga nomzod.[1]

Jiguli Moldaqaliquli Dayrabayev
qozoqcha: Жигули Молдақалықұлы Дайрабаев
 Qozog‘iston Oliy Kengashining XII chaqiriq deputati
 
Mansab davri
1990 – 1995
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1954-yil 29-oktabr
Lugovskoy tumani, Jambul viloyati, Qozoq SSR
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Siyosiy partiyasi KPSS (1991-yilgacha), Amanat partiyasi, Auil
Bolalari Didar va Marat
Taʼlim Turar Risqulov nomidagi Qozoq qishloq xoʻjaligi instituti (1981); Qishloq xo'jaligi kompleksi oliy maktabi (1989)
Kasbi olim-agronom
Mukofotlari "Qozog'iston Respublikasi mustaqilligiga 10 yil" medali
Qoʻshin turi Sovet Armiyasi
Xizmat yillari 1972-1974

Biografiyasi

tahrir

Jiguli Dayrabayev 1954-yilning 29-oktabrida tugʻilgan. Choʻpon yordamchisi va haydovchi boʻlgan Jiguli faoliyatin 1974—1977-yillari Lugovoy tumani „Put k kommunizmu“ (ruschada „Kommunizmga yoʻl“) jamoasi komsomol qoʻmitasining kotibi sifatida boshladi. Keyinchalik u Lugovoy tumanining „Put k kommunizmu“ jamoasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi lavozimida 1977—1980-yil oraligʻida ishlagan. Raisligini toʻxtatgan yili Jiguli Dayrabayev Kamensk qishloq ijroiya qoʻmitasining raisi etib tayinlanadi. Shundan soʻng ikki yil boʻyi (1985—1987) Lugovoy tumani „Algʻabas“ qoʻy xoʻjaligi partiya qoʻmitasi kotibi boʻldi.[2]

1987—1995-yillari Jiguli Dayrabayev Lugovoy tumanining Jambil nomidagi uyushmasi boshqarmasining raisi boʻlib, 2 yil davomida „Qoragʻati“ filialining direktori lavozimida tayinlandi.[2]

Oliy Kengashga aʼzolik

tahrir

Jiguli Dayrabayev 1990-yili Qozogʻiston Oliy Kengashi XII chaqirigʻining deputati boʻlib saylangan. Uning keyingi 5 yil davom etgan Kengashdagi aʼzoligining yillarida Qozogʻiston mustaqillik haqidadeklaratsiyasining kuchga kirishi, mustaqil Qozogʻistonning birinchi konstitutsiyasining va davlat ramzlari tasdiqlanishi va 300 ga yaqin qonunlar qabul qilinishi kabi tarixiy oʻzgarish boʻldi.[2]

Oliy Kengashga aʼzoligidan keyin

tahrir

Jiguli Dayrabayev T.Risqulov tuman statistika boʻlimi boshligʻi (1997—2001), Chu tumani „Berlikskiy“ don qabul qilish korxonasining direktori, Merken tumani „Qazeksim-Merki“ korxonasining direktori (2001—2009), „MOLBAL“ MChJ bosh direktori (2009—2015), „Qozogʻiston fermerlar ittifoqi“ QB Jambil viloyati boʻlimining raisi (2015—2019), „Qozogʻiston fermerlar ittifoqi“ RQB assotsiatsiyasining prezidenti (2019—2022) lavozimlarida ishlagan.[2]

Hozirda Jiguli Dayrabayev Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Milliy taʼsisning deputati (2022-yil 14-iyundan boshlab), Qozogʻiston fermerlar assotsiatsiyasining boshqaruv raisi (2022-yilning iyunidan boshlab) va „Atameken“ NCP raisligining sanoat kompleksi qoʻmitasi raisi (2022-yilning iyunidan boshlab) boʻlib keladi.[2]

Tanqid

tahrir

Bolalarining firibgarlikda ayblari

tahrir

2022-yili 3-oktyabr kuni turli xabarlar Jiguli Dayrabayevning ikki oʻgʻli Didar Moldaqaliq bilan Marat Dayrabayev Jambil viloyati hokimligi qishloq xoʻjaligi boshqarmasining sobiq boshligʻi Yerlan Qulkeev bilan birgalikda oʻzgalarning ishonib topshirilgan mulkini talon-toroj qilishdi va firibgarlik haqida ayblovlari eʼlon qilindi.[3] Keyinroq ular haqida ish ochilgani maʼlum boʻldi.[4]

Shaxsiy hayoti

tahrir

Jiguli Moldaqaliquli oʻzining ismi haqida savolga javob berganda otasi oʻgʻlining buyuk odam boʻlishini tilab, uni Jiguli togʻlarining ism bilan nomin qoʻydi.[5]

Jiguli Dayrabayev uylangan, ikki oʻgʻil va yetti nevarasi bor.[6]

Mukofotlar

tahrir

Medallar

tahrir
  • Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi uchun medali ;
  • „Qozogʻiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi“ medali ;
  • „Qozogʻiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ medali ;
  • Qozogʻiston Respublikasi mehnat faxriysi;
  • Hurmatli faxriy;
  • Viloyat oldidagi xizmatlari uchun;
  • Qozogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi aʼlochisi.

Hurmatli unvonlar

tahrir
  • Jambil viloyati Turar Risqulov tumanida xizmat koʻrsatgan fuqaro;
  • Jambil viloyatida xizmat koʻrsatgan fuqaro.

Boshqalar

tahrir
  • Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining tashakkurnomasi.

Manbalar

tahrir
  1. Jiguli Dayrabaev stal pervim kandidatom v prezidenti (orissha) Jiguli Dayrabaev prezidenttіkke bіrіnshі үmіtker atandi. tengrinews.kz. 30.09.2022.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Jiguli Moldakalikovich Dayrabaev (personalnaya spravka) (orissha) online.zakon.kz.
  3. Prezidenttіkke үmіtker Jiguli Dayrabaev ұldari turali sұraqqa jauap berdі tengrinews.kz. 5.10.2022
  4. Sinovya kandidata v prezidenti Jiguli Dayrabaeva obvinyayutsya v xiщeniyax i moshennichestve (orissha) Prezident saylauiniң үmіtkerі Jiguli Dayrabaevtiң ұldari alayaqtiqpen ayiptaldi arbat.media. 9.10.2022
  5. Jiguli Dayrabaev rasskazal, otkuda u nego neobichnoe imya[sayt ishlamaydi] (orissha) ru.sputnik.kz. Jiguli Dayrabaev өzіnің әdetten tis esіmі turali aytti
  6. Biografiya Assotsiatsiya fermerov Kazaxstana (orissha) Өmіrbayan — Qazaqstan fermerler qauimdastigʻi.