Jiliqoʻy (tuman)
Jiliqoʻy tumani- Atirov viloyatining sharqiy qismida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Hududi 29,4 ming km². Aholisi 70 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 2,4 kishidan toʻgʻri keladi (2008). Avvallari Yembi tumani, 1993-yildan buyon Jiliqoʻy tumani deb nomlanmoqda.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Atirov viloyati |
Maʼmuriy markazi | Qulsari shahri |
Asos solingan sanasi | 1928-yil |
Akim | Nugʻmanov Raxmetolla Tanatovich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2010) | 72 503[1] (1-oʻrin) |
Zichligi | 2,4 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Maydoni | 29 400 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71237 |
Pochta indeksi | 060100-060111[2] |
Avtomobil raqami kodi | E, 06 |
Xaritada | |
47°1′0″N 54°8′0″E / 47.01667°N 54.13333°E |
Geografiyasi
tahrirShimoli-sharqida Maqat tumani bilan, gʻarbida Atirov shahri bilan, sharqida Aqtoʻbe viloyatining Baygʻanin tumani bilan, janubida Mangʻistov viloyatining Beynev tumani bilan chegaradosh. Tumanning maʼmuriy markazi — Qulsari shahri. Janubiy qismida tumanning eng baland yeri — Jeltau (221 m) togʻi joylashgan. Tuman yerining dengiz sathidan balandligi sharqdan gʻarbga tomon 221 m-dan −26 m-gacha aralashadi.
Hududiy boʻlinishi
tahrirTumanda bitta shahar (Qulsari shahri), bitta poselke (Yangi Qoratoʻn), beshta qishloq (Qosshagʻil, Jem, Qora-arna, Oqkigiztogʻay, Maykoʻmgen) mavjud. Tumanning maʼmuriy markazi sanlamish Qulsari poselkesiga 2001-yili 22-sentyabrda shahar maqomi berildi. Qulsari shahri viloyat markazi sanalmish Atirov sharidan 230 km masofada joylashgan.
Jiliqoʻy tumanining qisqacha tarixi
tahrirJiliqoʻy tumani 1928-yili 6-mayda Qozoq Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining farmoni bilan tashkil topgan. Hududi 29,3 ming km²-ni tashkil qiladi. 2009-yilgi sanoq boʻyicha tuman aholisi 72938 kishi boʻlsa, uning 51720 nafari shaharda, 21218 nafari qishloqlarda istiqomat qilishadi.
Iqlimi
tahrirTumanning iqlimi kontinentli, qish oylari iliq keladi, yoz oylari issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −8,8 °C, iyulniki 25,8 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 140 – 150 mm. Bu hududda shamol esib turadi.
Ijtimoiy soha
tahrirHozirgi kunda tumanda 20 ta maktab, 5 ta bolabogʻcha, № 9 kasbiy litsey, Qulsari gumanitar-texnika kollejdi, 2 ta bolalar va yoshoʻspirinlar maktabi, 1 hunar, 2 soz maktabi, 1 yosh texniklar stansiyasi, 3 kasalxona, 2 shifoxona, 1 tuman jamiyat muzeyi, markaziy kutubxona va 16 ta filiali, „Mereke“ kinoteatri, 2 neftchiilar klubi mavjud [3].
Manbalar
tahrir- ↑ ҚР елді мекендерінің тұрғындар саны
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ "Qozoq Ensiklopediyasi"
Havolalar
tahrirJiliqoʻy tumani (Wayback Machine saytida 2013-06-25 sanasida arxivlangan)