Jo Hyeon-woo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jo Hyeon-woo
Tavallud sanasi 25-sentyabr 1991-yil (1991-09-25) (32 yosh)
Tavallud joyi Seoul, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ulsan Hyundai
Raqami 21
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2019 Daegu FC 210 (0)
2020 Ulsan Hyundai 96 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Janubiy Koreya U20 2 (0)
2013—2014 Janubiy Koreya U23 2 (0)
2018 Janubiy KoreyaU23 5 (0)
2015 Janubiy Koreya 22 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 14-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-iyul uchun)

Jo Hyeon-woo (talaffuzi: Cho Hyon U) (1991-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, Ulsan Hyundai va Janubiy Koreya terma jamoasi darvozaboni[1].


Sun Moon universitetini tugatgandan soʻng, Jo 2013 K 1 ligasida Daegu FC tomonidan tarkbdga qoʻshib olingan. U oʻzining birinchi professional mavsumida jamoasi bilan quyi ligaga tushib ketgan. 2015-yilgi mavsumdan boshlab Jo Daeguning birinchi darvozaboniga aylangan va K Liga 2da eng yaxshi darvozabon deb topilgan. Nihoyat Daegu 2016-yilda K 1-Ligaga koʻtarilgan. Jo shuningdek, Teguning 2018-yilda Koreya FA kubogi sohibi bo‘lishiga hissa qo‘shgan.

Daegudagi muvaffaqiyatli karyerasidan so‘ng Jo 2020-yil 20-yanvarda Ulsan Hyundaiga qo‘shilgan[2].

Xalqaro faoliyati tahrir

Ilk faoliyat yillari tahrir

2015-yilning noyabr oyida Jo Janubiy Koreya terma jamoasiga murabbiy Uli Shtilike tomonidan Laos va Myanmaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida oʻyinida ishtirok etish uchun chaqirilgan[3]. U 2017-yilda EAFF E-1 futbol chempionatining milliy vakili sifatida tanlangan va musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sovrinini qo‘lga kiritgan.

2018 FIFA Jahon chempionati tahrir

2018-yilning may oyida Jo Janubiy Koreyaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun dastlabki 28 kishilik tarkibiga kiritilgan[4]. Dastlab uchinchi raqamli posbon sifatida tanlangan, Jo qolgan ikki darvozabondan boʻyi balandroq boʻlgani uchun asosiy tarkibda maydonga tushgan va shu tariqa tarixda ilk bor oʻzining yirik musobaqasida debyut qilgan[5][6]. Shvetsiya va Meksikaga qarshi dastlabki ikki o‘yinlar Janubiy Koreyaning mag‘lubiyati bilan yakunlangan. Jo Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻz darvozasidan toʻp oʻtkazib yubormasdan yettita seyv amalga oshirgan[1]. Janubiy Koreya oʻyinda gʻalaba qozonganiga qaramay (Shvetsiya Meksikani 0:3 hisobida magʻlub etgani uchun) turnirni tark etgan. Janubiy Koreya F guruhida Germaniyani ortda qoldirib, uchinchi o‘rinni egallagan.

2018-yilgi Osiyo oʻyinlari tahrir

Jo 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari uchun Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritilgan. U guruh bosqichida Bahrayn va Qirgʻizistonga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushib, gol oʻtkazib yubormagan. Jo Eronga qarshi 1/8 finalda ham maydonga tushgan, ammo bu oʻyinda jarohat olgan. O‘zbekistonga qarshi chorak finalda uning o‘rnini Song Bum-keun egallagan, biroq Song uchta gol o‘tkazib yuborgan. Jo yana yarim final va finalda maydonga qaytgan. U turnirda atigi ikkita gol oʻtkazib yuborib, Janubiy Koreyaning oltin medaliga hissa qoʻshgan va keyinchalik majburiy harbiy xizmatdan ozod etilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Daegu FC 2013 K Liga 1 14 0 0 0 14 0
2014 K Liga 2 15 0 0 0 15 0
2015 K Liga 2 41 0 2 0 43 0
2016 K Liga 2 39 0 2 0 41 0
2017 K Liga 1 35 0 1 0 36 0
2018 K Liga 1 28 0 4 0 32 0
2019 K Liga 1 38 0 0 0 6 0 44 0
Jami 210 0 9 0 6 0 225 0
Ulsan Hyundai 2020 K Liga 1 27 0 5 0 32 0
2021 K Liga 1 38 0 1 0 8 0 2 0 49 0
2022 K Liga 1 31 0 0 0 6 0 37 0
Jami 96 0 6 0 14 0 2 0 118 0
Karyerada jami 306 0 15 0 20 0 2 0 343 0

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[7]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin MGol
Janubiy Koreya 2017 3 0
2018 8 0
2019 5 0
2021 2 0
2022 4 0
Karyerada jami 22 0

Yutuqlar tahrir

Daegu FC

  • Koreya FA kubogi : 2018

Ulsan Hyundai

Janubiy Koreya U23

  • Osiyo oʻyinlari : 2018

Janubiy Koreya

  • EAFF chempionati : 2017, 2019

Shahsiy yutuqlar

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „'San Zusi' Has Been Replaced By 'San Cho,' South Korea's Godly Keeper“. The18. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  2. „http://www.kookje.co.kr/news2011/asp/newsbody.asp?code=0600&key=20200120.99099007777“ (ko). The Kookje Daily News. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
  3. „Roster for 2nd World Cup Qualifier Announced“. KBS World (2015-yil 2-noyabr). 2019-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  4. „Revealed: Every World Cup 2018 squad – 23-man & preliminary lists & when will they be announced?“. Goal. Qaraldi: 2018-yil 18-may.
  5. Wilson. „Germany crash out of World Cup group stage after defeat to South Korea“ (en). The Guardian (2018-yil 27-iyun). Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  6. „FIFA World Cup 2018: South Korea's Cho Hyun-woo, once considered too short to be a keeper, stands tall against Germany - Firstpost“. Firstpost. Qaraldi: 2018-yil 28-iyun.
  7. „Jo Hyeon-woo at Korea Football Association“ (ko). KFA. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
  8. „https://sports.news.naver.com/kfootball/news/read.nhn?oid=477&aid=0000099627“ (ko). SPOTVNEWS (2017-yil 20-noyabr).
  9. „https://sports.news.naver.com/kfootball/news/read.nhn?oid=076&aid=0003353267“ (ko). Sports Chosun (2018-yil 3-dekabr).
  10. „https://sports.news.naver.com/news.nhn?oid=382&aid=0000780851“ (ko). Sports Donga (2019-yil 2-dekabr).
  11. „https://sports.news.naver.com/news.nhn?oid=468&aid=0000712677“ (ko). Sports Seoul (2020-yil 5-noyabr).
  12. „https://sports.news.naver.com/news.nhn?oid=396&aid=0000599043“ (ko). Sports World (2021-yil 7-dekabr).
  13. „[K리그 어워즈 '킬러' 조나탄-주민규, 챌린지 베스트 11 선정“] (Korean). InterFootball (2015-yil 1-dekabr).
  14. „패트리엇, 별을 쏘다“ (Korean). The Hankyoreh (2016-yil 8-noyabr).
  15. „EAFF E-1 Football Championship 2017 Final Japan“. EAFF.
  16. „AFC Champions League 2021 Technical Report & Statistics“. AFC. Qaraldi: 2022-yil 14-may.