Joanna Gleason

kanadalik aktrisa va xonanda

Joanna Gleason (qizlik familyasi: Hall; 1950-yil 2-iyunda tugʻilgan) — kanadalik aktrisa va qo'shiqchi. U Tony mukofotiga sazovor boʻlgan musiqali teatr aktrisasi, shuningdek, bir qator taniqli kino va televidenie rollarini ijro etgan aktrisadir. Joanna Stephen Sondheimning Into the Woods musiqiy filmida Bakerning xotini rolini ijro etgani bilan tanilgan. Aktrisa, shuningdek, Mike Nicholsning Heartburn (1985), Woody Allenning Hannah and Her Sisters (1986) hamda Crimes and Misdemeanors (1989) va Paul Thomas Andersonning Boogie Nights (1997)filmarida ham oʻzini namoyish etgan. U Friends, The West Wing, The Good Wife hamda The Affair kabi televizion seriallarda ham turli rollarni ijro etgan.

Joanna Gleason
Tavalludi
Joanne Hall

2-iyun 1950-yil (1950-06-02) (73 yosh)
Fuqaroligi Kanada
Kasbi Aktrisa, xonanda
Faoliyat yillari 1977-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
  • Paul G. Gleason
    (turm. 1975; ajr. 1982)
  • Michael Bennahum
    (turm. 1984; ajr. 1990)
  • Chris Sarandon (turm. 1994)
Bolalari 1 nafar
Otasi Monty Hall
Onasi Marilyn Hall

Yoshligi tahrir

Joanne Hall Kanadaning Vinnipeg shahrida televizion produser va qiziqarli shoular boshlovchisi Monty Hall va uning rafiqasi Marilyn Hall (qizlik familyasi: Plottel; er-xotin 2017-yilda vafot etgan)[1] oilasida tugʻilgan uch nafar farzandning biridir. U tugʻilganda otasi Kanada bugʻdoy kengashida faoliyat olib borgan va familyasini Halparindan Hollga oʻzgartirgan. Keyinchalik, otasining televideniyedagi faoliyati boshlanadi va Let's Make a Deal boshlovchisi sifatida shuhrat qozonadi[2].

Faoliyati tahrir

Gleason aktrisalik faoliyatini televideniyeda boshlagan boʻlsa-da, u sahna va musiqali teatr faoliyati bilan mashhurdir. U Broadwaydagi debyutini 1977-yilda I Love My Wife filmida[3] amalga oshirgan. Buning uchun u Teatr olami mukofotiga ham sazovor boʻlgan[4]. Broadwaydagi qoʻshimcha shartnomalari qatoriga Tom Stoppardning The Real Thing, Peter Nicholsning A Day in the Death of Joe Egg,[5] Nick & Nora,[6] Into the Woods, Dirty Rotten Scoundrels[7] hamda The Cartells[8] kabi musiqiy asarlari kiradi. Bu kabi filmlari uchun aktrisa bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan, Into the Woodsdagi Bakerning turmush oʻrtogʻi roli uchun Tony mukofoti bilan taqdirlangan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Glison uch marta turmushga chiqqan. U, dastlab, aktyorlik murabbiyi Paul G. Gleasonga (aktyor Paul X. Gleason emas, balki Paul Gleason nomi ostida tanilganiga) turmushga chiqdi. Aktrisa familiyasini professional ravishda saqlab qoldi, garchi ular 1982-yil 28-iyunda Nevada shtatida ajrashgan boʻlishsada. Keyinchalik, Michael Bennahum bilan oila qurdi[2]. Gleasonning birinchi turmushidan Aaron David Gleason ismli bitta farzandi bor. Gleasonning ukalari televizion ssenarist/rejissor Sharon Hall Kessler va Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan rejissor Richard Halldir[9].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1986 Hannah and Her Sisters Carol
1986 Heartburn Diana
1989 Crimes and Misdemeanors Wendy Stern
1991 F/X2 Liz Kennedy
1995 Mr. Holland's Opus Adult Gertrude
1996 Edie & Pen Maudie
1997 American Perfekt Shirley
1997 Boogie Nights Dirk’ning onasi
1997 Road Ends Armacost
1999 Let the Devil Wear Black Dr. Rona Hackley
2001 The Wedding Planner xonim Donolly
2006 Wedding Daze Lois
2007 The Girl in the Park Sarah
2008 Sex and the City Therapist
2008 My Sassy Girl Kitty/Sally xola
2008 The Women Barbara
2009 The Rebound Roberta Finklestein
2013 Last Vegas Miriam Harris
2014 The Skeleton Twins Judy

Mukofotlar va nominatsiyalari tahrir

Yil Mukofot Turkum Sarlavha natija
1985 Tony Award Best Featured Actress in a Play A Day in the Death of Joe Egg Nominatsiya
1988 Best Actress in a Musical Into the Woods Gʻolib
2005 Best Featured Actress in a Musical Dirty Rotten Scoundrels Nominatsiya
1985 Drama Desk Award Outstanding Featured Actress in a Play Joe Egg Nominatsiya
1986 Itʼs Only a Play Gʻolib
Social Security Gʻolib
1988 Outstanding Featured Actress in a Musical Into the Woods Gʻolib
2005 Outstanding Featured Actress in a Musical Dirty Rotten Scoundrels Nominatsiya
1988 Outer Critics Circle Awards Outstanding Actress in a Musical Into the Woods Gʻolib
2005 Outstanding Featured Actress in a Musical Dirty Rotten Scoundrels Nominatsiya
2012 Outstanding Featured Actress in a Play Sons of the Prophet Nominatsiya
1977 Theatre World Award I Love My Wife Gʻolib

Manbalar tahrir

  1. „Joanna Gleason profile“. filmreference.com. Qaraldi: 16-mart 2015-yil.
  2. 2,0 2,1 Kleiman, Dena. „Joanna Gleason keeps a secret as acting tool“. The New York Times (4-may 1986-yil).
  3. Berkvist, Robert. „New Face: Joanna Gleason“. The New York Times (27-may 1977-yil).
  4. Klein, Alvin. „THEATER; Joanna Gleason: At age 35, a character actress emerges“. The New York Times (23-fevral 1986-yil).
  5. Rich, Frank. „Stage: Dale and Channing in Nichols's 'Joe Egg'“. The New York Times (7-yanvar 1985-yil).
  6. Rich, Frank. „Review/Theater: Bostwick and Gleason in 'Nick and Nora'“. The New York Times (9-dekabr 1991-yil).
  7. Jones, Kenneth. „Complete Casting Announced for 'Dirty Rotten Scoundrels' Musical“. Playbill (16-iyul 2004-yil).
  8. Genzlinger, Neil. „Fit for a Soap, Made for the Stage, the Tribulations of an Oil Family“. The New York Times (19-oktabr 2006-yil).
  9. Simonson, Robert. „Joanna Gleason: Choosing Parts Wisely“. Playbill (28-sentabr 2011-yil).

Havolalar tahrir