Johann Wolfgang von Goethe

(Johann Wolfgang Goethedan yoʻnaltirildi)

Iogann Volfgang fon Gyote (Johann Wolfgang von Goethe; 28-avgust 1749, Frankfurt, Germaniya22-mart 1832, Veymar, Germaniya) — nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70—80-yillari Germaniyada mavjud boʻlgan "Boʻron va hujum" adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda G. "Ges fon Berlichingen" (1773), "Prometey" (1773) kabi dramalar va lirik sheʼrlar yaratdi. Uning ,, Gets fon Berlixingen ''G. adabiy faoliyatining ilk davriga mansub "Yosh Verterning iztiroblari" , ,,Muhammad(1774) romani oʻsha davr nemis adabiyotida katta voqea boʻldi. Asarda ilgʻor nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fojiasi oʻz aksini topgan. 1786-1788 yillarda G. Italiyaga safar qiladi. Shu davrda u "Ifigeniya Tavridda" (1779-1781), "Egmont" (1788), "Torkvato Tasso" (1780-1789) kabi dramalar yozadi. "Sheʼriyat va haqiqat" avtobiografik kitobi (1811-1833), "Vilxelm Maysterning oʻqish yillari" (1793-1796), "Vilxelm Maysterning darbadarlik yillari" (1821-1829) romanlarida inson bilan jamiyat oʻrtasidagi munosabat masalasi aks etgan.

Iogann Volfgang fon Gyote
Tavalludi 28-avgust 1749[1]
Vafoti 22-mart 1832
Ijod qilgan tillari Nemis tili
Fuqaroligi Olmoniya bayrogʻi Germaniya

Gʻarbiy Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur oʻrganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Saʼdiy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulugʻbek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote "Magʻribu mashriq devoni"ni (1814-1819) Sharq sheʼriyatidan ilhomlanib yozgan. Devon „Mugʻanniynoma“,"Hofiznoma", "Ishqnoma", "Tafriqnoma", "Ranjnoma", "Hikmatnoma", "Zulayxonoma", "Temurnoma", "Soqiynoma", "Matalnoma", "Forsiynoma", "Xuldnoma" kabi 12 boʻlimdan iborat. Devonda "bulbul", "hur", "fatvo", "mugʻanniy", "mufti", "tilsim", "mirzo", "darvesh" kabi soʻzlarni asliyatda qoʻllaydi. Gyotening "Faust" fojiasi (1768-1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi boʻldi.

Gyote falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya , geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan.

Gyote sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish 20-asrning yigirmanchi yillaridan boshlangan (Choʻlpon, Oybek, Shayx-zoda va boshqalar). Keyinchalik Gyotening "Faust" (Erkin Vohidov tarjimasi, 1972-1975), "Magʻribu mashriq devoni" (S. Salim Buxoriy tarjimasi, 1985-1990), "Yosh Verterning iztiroblari" (Ya. Egamova tarjimasi, 1975) kabi asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Gyotening ijodi haqida oʻzbek adabiyotshunos va tanqidchilari (V. Zohidov, I. Gʻafurov, O. Olloberganov, Ya. Egamova, Poshali Usmon ugli va boshqalar) adabiy-tanqidiy maqolalar yozishgan. Germaniyaning maʼrifiy-madaniy tadqiqotlar olib boruvchi nufuzli markazi Gyote nomi bilan ataladi. Gyote institutining filiallari jahonning 78 mamlakatida, shu jumladan Toshkentda ham faoliyat koʻrsatmoqda (1998-yildan).

Manbalar

tahrir
  • Faust, 1— 2-kitob, T., 1972—1975; Yosh Verterning iztiroblari (roman), T., 1975; "Magʻribu mashriq devoni", T., 1998.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir




  1. (unspecified title)