„Jon haqida“ (yunoncha Περὶ Ψυχῆς; lotincha De anima) — Aristotelning jon toʻgʻrisidagi risolasi. Oʻz ustozi Platondan farqli ravishda, Aristotel Jonning holati tananing holatiga bogʻliq boʻlishi toʻgʻrisida fikrlarni ilgari suradi. Keng maʼnoda — Jon bu barcha mavjudotlarning tirikligi tamoyilidir. Bunga oʻsimliklar ham, hayvonlar ham kiradi. Asar uch kitobdan iborat.

Jon haqida
Asl nomi Περί ψυχής
Muallif(lar) Aristotel
Til qadimgi yunoncha
Janr(lar)i Traktat

Mazmuni

tahrir

Birinchi kitob

tahrir

Birinchi kitobda Aristotel, odatiga koʻra, oʻzidan oldin oʻtgan mutafakkirlarning (Anaksagor, Demokrit, pifagorchilar, Platon, Fales va Empedokl) jon toʻgʻrisidagi qarashlarini sarhisob qiladi. Jonni harakatni yuzaga keltiruvchi tamoyil ekanligini tan olgan holda, Aristotel harakatning oʻzini ham koʻrib chiqadi va uni toʻrt koʻrinishda, yaʼni koʻchish, aylanish, toʻrtilish va itarilish koʻrinishlarida boʻladi, deb aytadi.

Ikkinchi kitob

tahrir

Ikkinchi kitobda Aristotel, jon toʻgʻrisidagi qarashlarni muhokama qila turib, metafizik mushohadalar sohasiga oʻtib ketadi. Unda faylasuf mohiyat, materiya, shakl va entelexiya kabi hodisalarni muhokama qiladi. Misol uchun, mohiyat (yunoncha οὐσία) soʻzi yunonchada „mavjudlik“ soʻzi bilan bogʻliq, mavjudlik esa materiya (yunoncha ὕλη) bilan, yoki shakl (yunoncha μορφὴ) bilan ifodalanadi. Shundan kelib chiqib, u jonni tananing shakli yoki entelexiyasi (yunoncha σώματος ἐντελέχεια) deb taʼriflaydi. Uning fikricha, jonda uch xususiyat boʻlib, ular oʻsish, sezish va fiklashdir. Oʻsimliklar, hayvonlar va insonlar joni shu xususiyatlariga koʻra farqlanadi.

Uchinchi kitob

tahrir

Uchinchi kitobda Aristotel besh sezgilar (yunoncha αἴσθησις): (tana orqali) sezish, hid bilish, eshitish, tam bilish va koʻrishning mavjudligini tasdiqlaydi. Keyin esa u sezgi organlarini tafakkur bilan solishtiradi. Uning fikricha, tafakkur tasavvur va mushohadada oʻz aksini topadi.

 
Aristotel oʻsimliklarlar, hayvonlar va insonlar joni tuzilishi toʻgʻrisidagi fikrlarini asarning II va III kitoblarda keltiradi.

Iqtiboslar

tahrir

Narsalarning taʼrifda oʻz aksini topgan mohiyati ularning shaklidir. (Birinchi kitob)

Jonli narsalar jonsiz narsalardan avvalo ikki belgilarga koʻra farqlanadi. Bular: harakat va sezgi qobiliyatidir. (Birinchi kitob)[1][2][3][4]

Manbalar

tahrir
  1. Aristotel. Sochineniya v chetiryox tomax. T.1. Red. V. F. Asmus. M., „Misl“, 1976.
  2. Aristotel — Jon haqida (rus tilida).
  3. Aristotelis — De anima (asl tilda)
  4. Περί ψυχής