Jordn Perry Morris (talaffuzi: Jordan Perri Morris; 1994-yil 26-oktabrda AQShning Vashington shtatida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, MLSning „Seattle Sounders“ futbol klubi va AQSH terma jamoasi hujumchisi.

Jordan Morris
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jordan Perry Morris
Tavallud sanasi 26-oktyabr 1994-yil (1994-10-26) (29 yosh)
Tavallud joyi Washington, AQSh
Boʻyi 1.83
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Seattle Sounders FC
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2012 Eastside FC
2012—2013 Seattle Sounders FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Seattle Sounders FC U23 4 (1)
2016— Seattle Sounders FC 136 (42)
2021 → Swansea City (ijara) 4 (0)
Milliy terma jamoa
2013 AQSh U20 3 (1)
2014—2016 AQSh U23 13 (6)
2014— AQSh 50 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 9-oktyabr uchun)

Biografiyasi

tahrir

11 yoshdan 17 yoshgacha Jordan Morris „Eastside“ yoshlar jamoasi safida shugʻullangan[1]. Oʻrta maktabga oʻqishga kirganidan soʻng, u „Seattle Sounders“ futbol klubi akademiyasiga qoʻshilgan[2].

2013-yilda Jordan Morris Stanford universitetiga oʻqishga kirgan va universitetning futbol jamoasida oʻynay boshlagan[3]. Universitet jamoasi bilan bor-yo‘g‘i uch yil ichida 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan. Jumladan, 2015-yilgi kollejlar oʻrtasidagi chempionatning finalida Clemson universiteti futbol jamoasiga qarshi o‘yinda ikkita gol urib, Stanfordga yakunda chempion bo‘lishiga yordam bergan[4][5]. Oʻsha mavsum oxirida Jordan Morris AQShning kollej futbolidagi eng yaxshi oʻyinchilarga beriladigan Hermann kubogi bilan taqdirlangan[6].

2016-yil yanvar oyi boshida Jordan Morris professional futbolchi sifatida faoliyatini davom ettirish uchun universitetni tark etishini eʼlon qilgan[7]. Oʻsha oyda Jordan Morris Germaniyaning „Werder Bremen“ jamoasida sinovdan oʻtgan va hatto „Werder Bremen“ futbol klubi tarkibida Bokuning „Inter“ jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan[8][9].

Xalqaro faoliyati

tahrir

2013-yil may oyida Jordan Morris AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Tulon turnirida ishtirok etgan va u yerda uchta oʻyinda ishtirok etgan.

Jordan Morris 2014-yilning avgust oyida birinchi marta AQSh milliy terma jamoasiga Chexiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan. Biroq 3-sentabrda boʻlib oʻtgan o‘yinda u zaxirada qolgan[10]. U 2014-yilning 18-noyabr kuni Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan[11]. U 2015-yilning 15-aprelida o‘rtoqlik o‘yinida Meksika terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoadagi ilk golini kiritgan[12]. U AQSh terma jamoasida turnirdagi oltita oʻyinning barchasida maydonga tushgan yagona futbolchiga aylangan[13]. Morris 2019-yilgi CONCACAF oltin kubogi uchun AQSh terma jamoasiga kiritilgan.

Statistikasi

tahrir
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Seattle Sounders F. C.  AQSh 2016 40 14 2 0 2 0 44 14
2017 25 3 25 3
2018 0 0 1 0 1 0
2019 30 13 30 13
2020 27 11 2 1 29 12
Swansea City A. F. C  Uels 2020—2021 4 0 1 0 5 0
Jami 4 0 1 0 0 0 5 0
Seattle Sounders F. C.  AQSh 2021 3 0 3 0
2022 29 7 0 0 8 3 37 10
Jami 154 48 2 0 13 4 169 50
Umumiy faoliyatida 158 48 3 0 13 4 174 50

Manbalar

tahrir
  1. „Eastside FC's Jordan Morris Wins MAC Hermann Trophy“ (en). Eastside FC (2016-yil 9-yanvar). 2016-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  2. Dave Clark. „Morris leaves H.S. as midfielder, joins academy as forward“ (en). Seattle Sounders FC (2012-yil 21-sentyabr). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  3. Joe Fann. „Interview: Jordan Morris – Sounders FC Academy“ (en). Seattle Sounders FC (2013-yil 7-fevral). 2016-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  4. „Last Ones Standing“ (en). GoStanford.com | Stanford Athletics (2015-yil 13-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  5. „Jordan Morris — 2013 Men's Soccer Roster“ (en). GoStanford.com | Stanford Athletics. 2016-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  6. „Stanford’s Jordan Morris, Penn State’s Raquel Rodriguez win the 2015 MAC Hermann Trophy“ (en). NCAA (2016-yil 8-yanvar). 2016-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  7. Elliott Almond. „Stanford soccer star Jordan Morris turning pro“ (en). San Jose Mercury News (2016-yil 5-yanvar). 2016-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  8. Matt Reed. „Jordan Morris will extend trial at Werder Bremen“ (en). Soccer By Ives (2016-yil 14-yanvar). 2016-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  9. Dan Itel. „American Exports: Christian Pulisic scores goal, Jordan Morris records assist in friendlies with German clubs“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 15-yanvar). 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  10. „U.S. MNT Earns First Victory Against Czech Republic to Open New World Cup Cycle“ (en). U.S. Soccer (2014-yil 3-sentyabr). 2014-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
  11. „U.S. MNT Falls 4-1 to Republic of Ireland to Close out 2014 Campaign“ (en). U.S. Soccer (2014-yil 18-noyabr). 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  12. „GOAL: Jordan Morris Opens His MNT Account on Big Stage“ (en). U.S. Soccer (2015-yil 15-aprel). 2016-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  13. „Jordan Morris Plays Hero to Hand U.S.MNT 2017 Gold Cup Crown“ (en). U.S. Soccer (2017-yil 28-iyul). 2017-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.