José Bosingwa
José Bosingwa da Silva (1982-yil 24-avgust) – portugaliyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | José Bosingwa da Silva[1] | ||
Tavallud sanasi | 24-avgust 1982-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Mbandaka, Kongo | ||
Boʻyi | 1.83 m[3] | ||
Ampluasi | oʻng qanot himoyachisi[2] | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996–1997 | Fornos de Algodres | ||
1997–2000 | Boavista | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000–2003 | Boavista | 41 | (0) |
2000–2001 | → Freamunde (ijara) | 11 | (0) |
2003–2008 | Porto | 107 | (3) |
2008–2012 | Chelsea | 89 | (3) |
2012–2013 | Queens Park Rangers | 23 | (0) |
2013–2015 | Trabzonspor | 51 | (0) |
2016 | Trabzonspor | 12 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2003–2004 | Portugaliya U-21 | 18 | (0) |
2007–2015 | Portugaliya | 27 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hujumkor qanot futbolchisi sifatida uning tezligi raqiblariga yaxshigina muammolar olib kelardi[4]. U oʻz professional karyerasining katta qismini Porto va Chelsea bilan oʻtkazdi va u umumiy 13 ta titulni qoʻlga kiritdi, ular orasida 2004 va 2012-yilda qoʻlga kiritilgan UEFA Chempionlar Ligasi kuboglari ham bor.
Portugaliyalik futbolchi terma jamoa safida ilk bor 2007-yilda maydonga tushgan boʻlib 2008-yilgi Yevropa Chempionatida va 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan jamoalari tarkibida ham boʻlgan. Portugaliya safida himoyachi jami 27 oʻyinni oʻtkazgan.
Klubdagi faoliyati
tahrirKongodagi Mbandaka shahrida tugʻulgan futbolchining otasi portugaliyalik, onasi esa kongolik edi. Bosingwa yoshligida ota-onasi bilan birga Portugaliyaning Guarda okrugida joylashgan Seia shahriga koʻchib oʻtadi. U juftlikning oʻnta farzandidan eng kichigi edi<ref">Simões de Abreu, Alexandra. „Bosingwa: "O mister Couceiro chegou e disse: 'Zé, se queres ganhar muito dinheiro e ir lá para fora, tens de jogar como defesa'. Foi assim"“ (pt). Expresso (2017-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.</ref>.
Bosingwa yoshligida Boavista FC akademiyasini tanladi, oʻzining professional debyutini ijara asosida Segunda Ligadagi S. C. Freamundeda oʻtkazadi[5] va klub ligani soʻnggi oʻrinda yakunladi. Karyerasini dastlab yarim himoyachi sifatida boshladi[6].
Porto
tahrirBoavista bilan ikki mavsum davomida oʻynagan Bosingwa 2003-2004-yilgi mavsumda José Mourinho bashqaruvidagi FC Porto klubi bilan shartnoma imzoladi[7]. U dastlabki mavsumida faqat 13 ta Primeira Liga oʻyinlarida maydonga tushgan. UEFA Chempionlar Ligasidagi debutini 2003-yil 16-sentyabr kuni FK Partizan qarshi 1-1 hisobida kechgan oʻyinda oʻtkazgan[8][9][10][11][12][13][14][15].
Paulo Ferreira va Carlos Secretário ketgandan soʻng Bosingwa jamoaning toʻlaqonli asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Mavsum yakunida avtomobilda tezlikni oshirishi oqibatida uning avtomobilida jiddiy avtohalokat sodir boʻladi[16]. Avtomobilda undan tashqari yana toʻrt kishi boʻlib barchasi tirik qoladi. Faqatgina Sandro Luísning chap oyogʻi jiddiy jarohat oladi; yillar oʻtib Bosingwa Sandro uchun 175.000 yevro kompensatsiya toʻlaydi[17].
Chelsea
tahrir2008-yil 11-may kuni Porto Bosingwa Chelsea klubi bilan 20,6 million yevrolik (£ 16,3 million)[18][19] kelishuvga erishganini eʼlon qildi. U Londonliklar bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi[20]. 2008-yilgi Yevropa chempionatida Portugaliya murabbiyi Luiz Felipe Scolari va terma jamoada birga toʻp surgan Deco ham u bilan bir qatorda klub safiga qoʻshildi. 16-iyul sanasida himoyachining rasmiy tanishtiruv marosimi boʻlib oʻtdi va unga 16-raqam taqdim etildi, ammo keyinchalik Scott Sinclair bilan oʻzaro raqam almashishdi va 17-raqamda toʻp sura boshladi[21].
Bosingwa 2008-yil 17-avgust kuni Aristokratlar tarkibida Premyer ligada Portsmouthga qarshi debyutini oʻtkazdi[22][23]. Chelsea tarkibidagi birinchi golini esa 27-sentyabr kuni Stoke Cityga qarshi oʻyinda kiritadi[24][25].
Bosingwa UEFA tomonidan uchta oʻyinga chetlatiladi. Buning sababi es Portugaliya televideniyasida Barcelonaga qarshi oʻyinni boshqargan hakam haqida aytgan soʻzlari boʻldi, ammo keyinchalik u oʻz soʻzlarni uchun uzr soʻraydi[26]. Keyinchalik taqiq qayta koʻrib chiqilib ikki oʻyinga qisqartiriladi[27].
2012-yil 24-aprel kuni Bosingwa Chempionlar ligasining yarim finalida Barselonaga qarshi oʻyinda ham juda katta rol oʻynaydi. Oʻyin yakuniga 12 daqiqa qolganida maydonga tushgan boʻlishiga qaramasdan u Chelseaning golida ishtirok etadi va Camp Nouda jamoasining gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshadi[28].
Bosingwa Chempionlar ligasi finalida FC Bayern Munichga qarshi toʻliq 120 daqiqa davomida oʻynadi, ushbu oʻyinda Chelsea 4-3 hisobida penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi va bu natijaga erishgan dastlabkiLondon klubiga aylandi[29]. Mavsum muvaffaqiyatli yakunlangan boʻlishiga qaramasdan Bosingwa Drogba va Salomon Kalou bilan birgalikda shartnomasi tugagandan soʻng klubni tark etishini eʼlon qildi[30].
Queens Park Rangers
tahrir2012-yil 17-avgustda Bosingwa Queens Park Rangers bilan uch yillik shartnoma imzoladi[31]. U 28-sanada yangi klubi uchun birinchi golini kiritdi[32].
Trabzonspor
tahrir2013-yilning 29-iyulida Bosingwa Turkiya Superligasi klubi Trabzonspor bilan uch yillik shartnoma imzoladi[33], birinchi ikki mavsumda 2,1 million, uchinchi mavsumida esa 1,6 million yevro ish haqi belgilandi[34]. U 2015-yil noyabr oyining boshlarida ish haqi vaqtida toʻlanmagani hisobiga klubni tark etadi, lekin keyingi transferlar oynasida yana klubga qaytdi va 0,5 million yevro maosh va har bir oʻyin uchun 1000 yevro miqdorida toʻlanishi belgilandi[35][36].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirKlub darajasida koʻrsatgan yaxshi oʻyinlari tufayli Bosingwa 2007-yil may oyida Portugaliya milliy terma jamoasiga birinchi marta jalb qilinadi. Debyutini Belgiyaga qarshi 2008-yilgi UEFA Yevropa Chempionatining saralash oʻyinida oʻtkazadi[37][38].
Bosingwa shuningdek 2004-yil Afina shahrida oʻtkazilgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Portugaliya sharafini himoya qilgan. Undan tashqari 2004-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa Chempionatida ham ishtirok etgan[39].
Orada uch yildan ortiq vaqt davomida terma jamoaga jalb qilinmagan himoyachi 2014-yilning 7-noyabr yangi murabbiyi Fernando Santos tomonidan 2016-yilgi Yevropa Chempionati saralashi doirasida Armanistonga qarshi va Argentina oʻrtoqlik uchrashuvlarida tarkibga jalb qilingan[40].
Statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Freamunde (ijara) | 2000–01 | Segunda Liga | 11 | 0 | 11 | 0 |
Boavista | 2001–02 | Primeira Liga | 15 | 0 | 22 | 0 |
2002–03 | Primeira Liga | 26 | 0 | 38 | 0 | |
Umumiy | 41 | 0 | 60 | 0 | ||
Porto | 2003–04 | Primeira Liga | 13 | 1 | 24 | 1 |
2004–05 | Primeira Liga | 25 | 1 | 32 | 1 | |
2005–06 | Primeira Liga | 21 | 0 | 31 | 0 | |
2006–07 | Primeira Liga | 25 | 0 | 32 | 0 | |
2007–08 | Primeira Liga | 23 | 1 | 33 | 1 | |
Umumiy | 107 | 3 | 152 | 3 | ||
Chelsea | 2008–09 | Premyer Liga | 34 | 2 | 48 | 2 |
2009–10 | Premyer Liga | 8 | 0 | 9 | 0 | |
2010–11 | Premyer Liga | 20 | 0 | 26 | 0 | |
2011–12 | Premyer Liga | 27 | 1 | 43 | 1 | |
Umumiy | 89 | 3 | 125 | 3 | ||
Queens Park Rangers | 2012–13 | Premyer Liga | 23 | 0 | 24 | 1 |
Trabzonspor | 2013–14 | Turkiya Superligasi | 27 | 0 | 36 | 0 |
2014–15 | Turkiya Superligasi | 24 | 0 | 34 | 0 | |
2015–16 | Turkiya Superligasi | 12 | 0 | 12 | 0 | |
Umumiy | 63 | 0 | 82 | 0 | ||
Umumiy | 334 | 6 | 454 | 7 |
Terma jamoa
tahrirMilliy jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Portugaliya | 2007 | 6 | 0 |
2008 | 10 | 0 | |
2009 | 7 | 0 | |
2010 | 1 | 0 | |
2014 | 2 | 0 | |
2015 | 1 | 0 | |
Umumiy | 27 | 0 |
Sovrinlar
tahrirPorto
- Primeira Liga: 2003-04, 2005-06, 2006-07, 2007-08[44][45]
- Taça de Portugaliya: 2005-06 [46]
- Supertaça Cândido de Oliveira: 2004,[47] 2006[48]
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2003-04[49]
- Qitʼalararo kubok: 2004[50]
Chelsea
- Angliya kubogi: 2008-09[51], 2011-12[52]
- FA Community Shield: 2009-yil [53]
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2011-2012[54]
Manbalar
tahrir- ↑ „List of players under written contract whose registrations have been cancelled by mutual consent between 01/07/2013 and 31/07/2013“. The Football Association. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Andoza:Hugman
- ↑ „Jose Bosingwa“. German Football Association. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „José Bosingwa“. ESPN Soccernet. 2012-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-fevral.
- ↑ „Bosingwa impõe-se em Freamunde“ (pt). Record (2001-yil 11-aprel). Qaraldi: 2013-yil 21-oktyabr.
- ↑ Simões de Abreu, Alexandra. „Bosingwa: "O mister Couceiro chegou e disse: 'Zé, se queres ganhar muito dinheiro e ir lá para fora, tens de jogar como defesa'. Foi assim"“ (pt). Expresso (2017-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.Simões de Abreu, Alexandra (16 December 2017).
- ↑ „Porto swoop for Bosingwa“. UEFA (2003-yil 18-iyun). Qaraldi: 2008-yil 13-may.
- ↑ „Partizan-FC Porto, 1–1 (Delibasic 54; Costinha 21)“ (pt). Record (2003-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
- ↑ „FC Porto-Real Madrid, 1–3 (Costinha 7; Helguera 27, Solari 37, Zidane 67)“ (pt). Record (2003-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Marselha-FC Porto, 2–3 (Drogba 24, Marlet 83; Maniche 31, Derlei 35, Alenitchev 81)“ (pt). Record (2003-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „FC Porto-Marselha, 1–0 (Alenitchev 21)“ (pt). Record (2003-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „FC Porto-Partizan, 2–1 (Benni McCarthy 24 e 50; Delibasic 90)“ (pt). Record (2003-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Real Madrid-FC Porto, 1–1 (Solari 9; Derlei 34 g.p.)“ (pt). Record (2003-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „FC Porto-Lyon, 2–0 (Deco 43, Ricardo Carvalho 72)“ (pt). Record (2004-yil 23-mart). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ Glendenning, Barry. „Deportivo La Coruna 0 – 1 Porto (Agg score: 0–1)“. The Guardian (2004-yil 4-may). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Bosingwa e mais quatro futebolistas envolvem-se em aparatoso acidente“ (pt). Record (2005-yil 16-may). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
- ↑ Bento, Manuel Jorge. „Bosingwa paga 175 mil euros por acidente em 2005“ (pt). Correio da Manhã (2017-yil 31-iyul). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Comunicado da F.C. Porto – Futebol, SAD“ (pt). FC Porto (2008-yil 11-may). 2008-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-may.
- ↑ „Chelsea agree Bosingwa deal“. Chelsea F.C. (2008-yil 12-may). 2008-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-may.
- ↑ „Bosingwa to join Chelsea“. Chelsea F.C. (2008-yil 13-may). 2008-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-may.
- ↑ „Na Era Felipão, argentino Di Santo será o camisa 9 do Chelsea“ (pt). Globo Esporte (2008-yil 8-avgust). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ McNulty. „Chelsea 4–0 Portsmouth“. BBC Sport (2008-yil 17-avgust). Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
- ↑ McNulty. „Chelsea 4–0 Bordeaux“. BBC Sport (2008-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
- ↑ Phillips. „Stoke 0–2 Chelsea“. BBC Sport (2008-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 1-sentyabr.
- ↑ Bevan. „West Brom 0–3 Chelsea“. BBC Sport (2008-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Drogba given lengthy European ban“. BBC Sport (2009-yil 18-iyun). Qaraldi: 2009-yil 18-iyun.
- ↑ „Drogba, Bosingwa appeals verdicts“. UEFA (2009-yil 16-iyul). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
- ↑ Sheen, Tom. „Didier Drogba reveals Jose Bosingwa was the mastermind behind Chelsea's Champions League win“. The Independent (2015-yil 19-noyabr). 2022-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ Hayward, Paul. „Bayern Munich v Chelsea: champions will not care how they won the Champions League“. The Daily Telegraph (2012-yil 20-may). Qaraldi: 2012-yil 20-may.
- ↑ Hytner, David. „Chelsea tell José Bosingwa and Salomon Kalou they can leave“. The Guardian (2012-yil 24-may). Qaraldi: 2012-yil 25-may.
- ↑ „Jose joins“. Queens Park Rangers F.C. (2012-yil 17-avgust). Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
- ↑ „QPR 3–0 Walsall“. BBC Sport (2012-yil 28-avgust). Qaraldi: 2012-yil 28-avgust.
- ↑ „QPR right-back Bosingwa completes Trabzonspor move – Financial details“. Turkish Football (2013-yil 29-iyul). 2013-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
- ↑ „Jose Bosingwa İle Anlaşma Sağlanmıştır“ (tr). Public Disclosure Platform (2013-yil 29-iyul). Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
- ↑ „Oficial: Bosingwa rescinde com Trabzonspor e torna-se jogador livre“ (pt). Maisfutebol (2015-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 30-yanvar.
- ↑ „Jose Bosingwa da Silva ile Anlaşma Bildirimi“ (tr). Public Disclosure Platform (2016-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
- ↑ „Portugal call on uncapped trio“. UEFA (2007-yil 22-may). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
- ↑ „Bélgica-Portugal, 1–2 (Fellaini 55; Nani 43 Postiga 64)“ (pt). Record (2007-yil 2-iyun). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
- ↑ Gleeson. „DR Congo chase Porto winger“. BBC Sport (2004-yil 14-aprel). Qaraldi: 2009-yil 30-sentyabr.
- ↑ Castro. „Fernando Santos: "Esqueçam a Argentina, o que importa é a Arménia"“ (pt). SAPO (2014-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „José Bosingwa“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2014-yil 9-may.
- ↑ „José Bosingwa“. Footballdatabase. Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
- ↑ „Bosingwa“. European Football. Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
- ↑ Pereira, David. „FC Porto tricampeão pela segunda vez a cinco jornadas do fim“ (pt). Diário de Notícias (2018-yil 1-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ Maia. „Bosingwa lembra o fim da carreira e revela o treinador que mais o marcou“ (pt). Maisfutebol (2018-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „FC Porto-V. Setúbal, 1–0 (Adriano, 39)“ (pt). Record (2006-yil 14-may). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „FC Porto-Benfica, 1–0 (Ricardo Quaresma 56)“ (pt). Record (2004-yil 20-avgust). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „FC Porto-V. Setúbal, 3–0 (Adriano 54, Anderson 74, Vieirinha 90)“ (pt). Record (2006-yil 19-avgust). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Final: Monaco 0–3 Porto: Overview“. UEFA (2004-yil 26-may). 2019-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ „FC Porto vence a Taça Intercontinental“ (pt). Público (2004-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ Bevan. „Chelsea 2–1 Everton“. BBC Sport (2009-yil 30-may). Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ McNulty. „Chelsea 2–1 Liverpool“. BBC Sport (2012-yil 5-may). 2016-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ McNulty. „Chelsea 2–2 Man Utd“. BBC Sport (2009-yil 9-avgust). Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
- ↑ McNulty. „Bayern Munich 1–1 Chelsea“. BBC Sport (2012-yil 19-may). 2016-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.