José Luis Rodríguez Zapatero
José Luis Rodríguez Zapatero (talaffuzi: Xose Luis Rodrigez Sapatero; 1960-yilning 4-avgustida tugʻilgan) Ispaniya Bosh Vaziridir. Zapatero Bosh Vazir mansabiga 2004-yilda saylandi; 2008-yil saylovlarida ikkinchi bora shu mansabni egalladi. Liberal qarashli bu siyosatdon qoʻli ostida Ispaniya qoʻshinlari Iroqdan chiqarildi, ETA bilan muzokaralar olib borildi, Xotin-qizlarga Qarshi Zoʻravonlikning oldini olish davlat tashkiloti tuzildi, bir jinsli nikohlarga ruxsat berildi va noqonuniy immigrantlarga amnistiya eʼlon qilindi.[1]
José Luis Rodríguez Zapatero | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||
| |||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||
Tavalludi |
4-avgust 1960-yil (61 yosh) Valladolid, Ispaniya |