Josef Masopust (1931-yil 9-fevral – 2015-yil 29-iyun) – chexiyalik professional futbolchi va murabbiy[1]. Josef yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Chexoslovakiya terma jamoasining 1962-yilgi FIFA Jahon chempionati finaliga qadar yetib borishida yordam bergan asosiy oʻyinchilardan biri boʻlgan[2]. Masopust terma jamoa tarkibida 63 marta maydonga tushib, oʻnta gol muallifi boʻlgan.

Josef Masopust
Masopust 1962-yilgi Oltin toʻp sovrini bilan
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-fevral 1931-yil
Tavallud joyi Střimice, Chexoslovakiya
Vafot sanasi 29-iyun 2015-yil(2015-06-29)
(84 yoshda)
Vafot joyi Praga, Chexiya Respublikasi
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1945—1950 ZSJ Uhlomost Most
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1950—1952 ZSJ Technomat Teplice 54 (10)
1952—1968 Dukla Prague 386 (79)
1968—1970 Crossing Molenbeek 43 (9)
Total 483 (98)
Milliy terma jamoa
1954—1966 Chexoslovakiya 63 (10)
Boshqargan klublari
1973—1976 Dukla Prague
1976—1980 Zbrojovka Brno
1980—1984 Hasselt
1984—1987 Chexoslovakiya
1988—1991 Indoneziya U19
1992 Zbrojovka Brno
1993—1996 FK Pelikán Děčín
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(l-r) Zdeněk Nehoda, Masopust va Ivo Viktor 1974-yilda
Bobby Moore (chapda) vs. Masopust. 1963-yilgi Angliya va Jahon terma jamoasi oʻrtasidagi futbol oʻyinida

Josef 1962-yil Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[3]. 2003-yil noyabr oyida UEFA yubileyini nishonlash uchun Masopust Chexiya futbol assotsiatsiyasi tomonidan soʻnggi 50 yildagi eng koʻzga koʻringan oʻyinchisi sifatida mamlakatining Oltin futbolchisi sifatida tanlangan. U 2004-yilning mart oyida Pele tomonidan hayotda yashayotgan eng yaxshi 125 futbolchidan biri sifatida eʼtirof etilgan[4]. U barcha davrlarning eng buyuk yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan.

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Masopust xalqaro maydondagi debyutini 1954-yil oktyabr oyida Vengriya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Josef Chexoslovakiya terma jamoasi tarkibida 1958-yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan. Guruh bosqichidan keyingi bosqichga oʻtish uchun oʻtkazilgan oʻyinda, Chexoslovakiya Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi pley-off oʻyinida magʻlubiyatga uchragan. 1960-yilda 1955—1960-yillardan oʻtkazilgan Markaziy Yevropa xalqaro kubogini gʻolib sifatida yakunlagan. Chexoslovakiya 1960-yilgi UEFA Yevropa futbol chempionatining yangi turniri yarim finalida Sovet Ittifoqi terma jamoasiga magʻlub boʻlgan va uchinchi oʻrin uchun kechgan oʻyinda Fransiyani 2-0 hisobida magʻlub etib bronza medal sohibi boʻlgan.

1962-yilda Masopust Chexoslovakiya terma jamoasinining asosiy yetakchi boʻlgan va 1962-yilgi FIFA Jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan. Final oʻyinida Josef birinchi golni urgan, ammo Braziliya yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan va jahon chempioni boʻlgan[5]. Jahon kubogi finalidagi oʻyini tufayli u 1962-yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Josef shuningdek, 1963-yilda Angliyaga qarshi jahon terma jamoasi tarkibida oʻynagan. Masopust 50 yoshli Matthewsning 1965-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlayotganida, Stanley Matthews bilan xayrlashuv oʻyinida Yevropa xalqaro XI tarkibida oʻynashga taklif qilingan. Chexoslovakiya 1966-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi; Masopust saralash bosqichi davomida faqat bitta oʻyinda, 1965-yilning may oyida Ruminiyaga qarshi 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda maydonga tushgan.

Uning soʻnggi terma jamoadagi ishtiroki 1966-yilning may oyida Sovet Ittifoqiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boʻlgan. Umuman olganda, u milliy terma jamoasi safida 63 marta maydonga tushib, oʻnta gol urgan.

Oʻyin uslubi

tahrir

Faoliyatining dastlabki davrlarida Masopust chap qanot yarim himoyachi sifatida oʻynagan. 1962-yilgi jahon chempionati vaqtida u markaziy yarim himoyachi, tayanch yarim himoyachisi va himoyachi ampulasida oʻynashni boshlagan edi[6].

Masopust vengriyalik József Bozsik bilan oʻxshash uslubdagi futbolchi edi; jamoasining asosiy kuchi va u ham hujumlarni yaratuvchi edi. Josef toʻpni mukammal nazorat qila olgan, himoyada toʻpni qaytarib olishda ham, raqibga qarshi driblingdan foydalanishda eng yaxshilaridan biri boʻlgan. Masopust ham Bozsik kabi jamoadoshlariga toʻpni yaxshi uzatuvchi edi. U raqiblarga qarshi kurashlarda zoʻr emas edi, lekin raqiblarining harakatlarini oldindan koʻrish va ularning uzatmalarini ushlab (qaytarib) qolish orqali oʻzining kamchiliklari oʻrnini toʻldirgan.

Chexoslovakiyaning himoyaviy „xavfsiz“ oʻyin uslubi falsafasiga bogʻliq holda, Masopustning hujumdagi harakatlari cheklangan edi. Josef shunnga qaramay terma jamoa tarkibida 63 oʻyinda oʻnta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Klublar miqyosida Dukla Praga jamoasi safida 386 ta oʻyinda maydonga tushib, 79 ta gol urgan.

Vafoti

tahrir
 
Juliska stadioni tashqi maydonidagi Masopust haykali

Masopust 2015-yil 29-iyun kuni Pragadagi uyida, 84 yoshida vafot etgan. Garchi oʻlim sababi aytilmagan boʻlsa-da, Chexiya televideniyesida uning uzoq davom etgan, jiddiy, maʼlum qilinmagan kasallik bilan kurashgani aytilgan[7].

Vafotidan avval Dukla jamoasining Juliska stadioni tashqi maydonida Masopust haykali qurilgan va 2011-yil iyun oyida ochilgan.

Faoliyat statistikasi

tahrir

Xalqaro

tahrir
Terma jamoa va yillar boʻyicha oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar[8]
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Chexoslovakiya 1954 1 0
1955 0 0
1956 10 2
1957 6 0
1958 10 2
1959 2 0
1960 6 2
1961 7 1
1962 11 3
1963 4 0
1964 4 0
1965 1 0
1966 1 0
Jami 63 10
Hisob va natijalar birinchi boʻlib Chexoslovakiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni har bir Masopust golidan keyin natijani koʻrsatadi[8].
Josef Masopust tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Joy va stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1956-yil 10-may Charmilles stadioni, Jeneva, Shveysariya    Shveysariya 6–1 6–1 1955—1960 Markaziy Yevropa xalqaro kubogi
2 1956-yil 8-avgust Estádio do Pacaembu, São Paulo, Braziliya   Braziliya 1–3 1–4 Oʻrtoqlik
3 1958-yil 30-avgust Strahov stadioni, Praga, Chexoslovakiya   Sovet Ittifoqi 1–0 1–2 Oʻrtoqlik
4 1958-yil 13-dekabr Luigi Ferraris stadioni, Genuya, Italiya   Italiya 1–0 1–1 1955—1960 Markaziy Yevropa xalqaro kubogi
5 1960-yil 1-may Strahov stadioni, Praga, Chexoslovakiya   Avstriya 1–0 4–0 Oʻrtoqlik
6 1960-yil 22-may Liya Manoliu stadioni, Buxarest, Ruminiya   Ruminiya 1–0 2–0 1960-yilgi Yevropa chempionati
7 1961-yil 29-oktyabr Strahov Stadium, Praga, Chexoslovakiya   Irlandiya 6–1 7–1 1962-yilgi FIFA Jahon kubogi saralashi
8 1962-yil 17-iyun Estadio Nacional, Santyago, Chili   Braziliya 1–0 1–3 1962-yilgi FIFA Jahon kubogi finali
9 1962-yil 16-sentyabr Praterstadion, Vena, Avstriya   Avstriya 2–0 6–0 Oʻrtoqlik
10 4–0

Yutuqlar

tahrir

Dukla Praga[9]

  • Chexoslovakiya Birinchi ligasi: 1953, 1956, 1957–58, 1960–61, 1961–62, 1962–63, 1963–64, 1965–66
  • Chexoslovakiya kubogi: 1960–61, 1964–65, 1965–66
  • Xalqaro futbol ligasi: 1961-yil
  • Amerika Challenge Kubogi: 1962, 1963, 1964

Chexoslovakiya

  • Markaziy Yevropa xalqaro kubogi: 1955-60
  • UEFA Evropa chempionati bronza medali: 1960-yil
  • FIFA Jahon kubogi gʻolibi: 1962-yil

Individual

  • Oltin toʻp: 1962-yil
  • UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 1960-yil[10]
  • FIFA Jahon chempionatining kumush toʻpi: 1962-yil
  • FIFA Jahon chempionati yulduzlari jamoasi: 1962-yil
  • Jahon futbol dunyosi XI: 1962, 1964[11]
  • ADN Sharqiy Yevropadagi mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 1962[12]
  • Yilning Chexoslovakiya futbolchisi: 1966-yil
  • UEFA Chex Oltin futbolchisi: 2003-yil
  • FIFA 100
  • UEFA prezidenti mukofoti: 2014-yil[13]

Manbalar

tahrir
  1. Yozef Masopust – cheshskiy „Futbolist veka“
  2. „Czech pride in marvellous Masopust“. UEFA (2015-yil 29-iyun). Qaraldi: 2015-yil 29-iyun.
  3. 1962 – JOSEF MASOPUST – LA PRIME AU COLLECTIF (Wayback Machine saytida 2008-12-18 sanasida arxivlangan)
  4. „Fußballakademie in Most: Multikulturelle Zusammensetzung soll Lerneffekt optimieren“. 2009-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-oktyabr.
  5. Johnstone, Chris „Football star Josef Masopust and his army team“. Radio Prague (2011-yil 1-fevral). Qaraldi: 2013-yil 20-dekabr.
  6. „Josef Masopust, footballer – obituary“ (2015-yil 29-iyun). Qaraldi: 2015-yil 30-iyun.
  7. „Czech football great Josef Masopust dies at 84“. Yahoo News. Yahoo (2015-yil 29-iyun). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyun.
  8. 8,0 8,1 Slavík, Jiří „Josef Masopust – International Appearances“. RSSSF (2003-yil 10-iyul). Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  9. „Czech Knight who wowed in '62“. FIFA. 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
  10. „1960 team of the tournament“. UEFA (2011-yil 1-fevral). Qaraldi: 2020-yil 14-may.
  11. „Eric Batty's World XI | The Sixties“. Beyond the Last Man (2013-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
  12. „Eastern European Footballer of the season“. Ukrainian Football. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-iyul.
  13. „UEFA President's Award“. UEFA. Qaraldi: 2019-yil 28-avgust.

Havolalar

tahrir