Josefine Öqvist
Anna Lenita Josefine Öqvist (1983-yil 23-iyulda tugʻilgan) — shvetsiyalik sobiq futbolchi, Fransiya 1-divizionining Monpelye klubi va Shvetsiya terma jamoasida oʻynagan[2]. U 86-daqiqada 2003-yilgi FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida Kanadaga qarshi o'yinda muhim gol urib, Shvetsiyani finalga olib chiqgan[3]. Uni Jossan laqabi bilan ham chaqirishadi 2003-yilda Shvetsiyada yilning eng yaxshi yangi futbolchisi deb topilgan[4].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anna Lenita Josefine Öqvist[1] | ||
Tavallud sanasi | 23-iyul 1983-yil (39 yosh) | ||
Tavallud joyi | Uppsala, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.69 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Mukofotlari |
|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" | Women's football |-
! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" class="adr" | |- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | FIFA Women's World Cup |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:silver" | Kumush|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2003 United States|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team |- | style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cc9966" | Bronza|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2011 Germany|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Storvreta IK | |||
Professional karyerasi* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1998 | Danmarks IF | ||
1999–2004 | Bälinge IF | ||
2005–2010 | Linköpings FC | ||
2011 | Tyresö FF | 19 | (7) |
2013 | Kristianstads DFF | 10 | (4) |
2013–2014 | Montpellier | 22 | (18) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2002–2013 | Shvetsiya | 80 | (20) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7 iyun uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7 iyun uchun) |
Uning asosiy pozitsiyasi hujumchi bo'lsa-da, u 2008-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlari uchun yarim himoyachi sifatida tanlangan. Turnir davomida u jarohat oldi va uning o'rniga Mariya Aronsson maydonga tushgan[5]. Karolin Yonsson bilan birga O'qvist 2007- yilgi FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan oldingi xochsimon bog'lamini (ACL) jarohatlab olishdi natijada jarrohlik amaliyoti o'tkazish va qayta tiklanish maqsadida jahon chempionatiga borishmadi[6].
Pin-up qizi Öqvist 2004-yil bahorida Slitz jurnalida fotosessiyada e'tiborni tortdi[7]. U, shuningdek, 2011-yilda Germaniyada bo'lib o'tgan FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatida erkak muhlisi bilan futbolkalarni almashtirayotgani tasvirga olingan[8].
Klub karyerasiTahrirlash
2008-yilgi mavsumdan so'ng shved gigantlari Umeå IK Öqvistni o'z tarkiblariga qo'shib olishni xohlardi. Buning o'rniga u Linköping bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. 2009-yil noyabr oyida Öqvist shaxsiy hayotida fojia yuz berdi 29 yoshli singlisi Karolin epilepsiya xurujiga uchradi[9]. 2011-yilda Öqvist Shvetsiyaning eng ko'p muhlislarga ega jamoasi Tyresö FF bilan shartnoma tuzdi. Tyresyo Braziliya va Gollandiya terma jamoalari o'yinchilari bilan birga Shvetsiya terma jamoasining uch nafar a'zosi bilan tarkibini kuchaytirgan edi.
2012-yil yanvar oyida Öqvist homilador ekanligi va butun mavsumni, shu jumladan 2012-yilgi London Olimpiadasini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi[10]. Qizi Stella tug'ilgandan so'ng, Öqvist 2013-yilda maydonga qaytdi, ammo Tyresö o'rniga Kristianstads DFFga qo'shilishga qaror qildi. U Malmö Redhawks jamoasida o'ynayotgan daniyalik professional xokkeychi sherigi Stefan Lassen bilan Malmyo yaqin atrofda yashagan[11].
UEFA Ayollar o'rtasidagi Yevro 2013 musobaqasida mezbon Shvetsiya terma jamoasi uchun maydonga tushganidan so'ng, Öqvist Fransiyaning Monpelye klubi bilan shartnoma imzoladi[12]. U Fransiyada yaxshi o'ynab keta oladi, lekin tez orada shahsiy hayotda ko'ngilsizlik ro'y berdi, Lassen Graz 99ers jamoasi uchun o'ynashga Avstriyaga ko'chib o'tdi. U Öqvist va Stelladan uzoqda yashashni normal holat deb ta'rifladi[13]. 2014-yil may oyida Öqvist futboldan ketganini e'lon qilib, u yaxshi saviyali futbolchi ekanligida futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytgan[14].
Xalqaro karyeraTahrirlash
2002-yil 18-avgustda murabbiy Marika Domanski-Lyfors Shimoliy Koreya ustidan 1 – 0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda Öqvistni asosoiy tarkibda maydonga tushirdi va bu uning Shvetsiya ayollar terma jamoasiga debyuti bo'ldi.
Öqvist 2011-yilgi jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan Shvetsiya terma jamoasi a'zosi bo'lgan va barcha o'yinlarda ishtirok etgan. 2011-yilning 16-iyulida u Fransiyaga qarshi 3-oʻrin uchun bo'lib o'tgan oʻyinda Sonia Bompastor nisbatan qo'ollik ishlatganidan soʻng qizil kartochka olgdi, ammo Shvetsiya bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, 2 – 1 hisobida gʻalaba qozondi[15]..Öqvist yarim finalda yakunida Yaponiyaga qarshi o'yinda gol muallifiga aylangan, ammo Shvetsiya 3-1 hisobida mag'lub bo'ldi[16].
2014-yilning fevralida Öqvist Shvetsiya terma jamoasida 12 yil o'ynaganidan so'ng xalqaro futboldagi faoliyatini yakunladi. U 80ta o'yinda 20ta gol urgan[17].
Yevropa chempionati turnirlarida urilgan gollarTahrirlash
Gol | O'yin | Sana | Joy | Raqib | Start | Daqiqa | Natija | Hisob | Turnir |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2005-yilgi Yevropa Chempionati | |||||||||
1
|
2005-yil 5-iyun | Blackpool | Daniya | 85-daqiqada maydonga tushgan | Andoza:Sortfbs | Guruh bosqichi | |||
2
|
2005-yil
8-iyun |
Blackpool | Finlandiya | 56-daqiqada maydonga tushgan | Andoza:Sortfbs | Guruh bosqichi | |||
3
|
2005-yil 11-iyun | Blackburn | Angliya | 90+3-maydonga tushdi | Andoza:Sortfbs | Guruh bosqichi | |||
4
|
2005-yil 16-iyun | Warrington | Norvegiya | 90+3-maydonga tushgan | Andoza:Sortfbs | Yarim final | |||
2013-yilgi Yevropa Chempionati | |||||||||
5
|
2013-yil 10-iyul | Gothenburg | Daniya | 79-daqiqada almashgan | Andoza:Sortfbs | Guruh bosqichi | |||
6
|
2013-yil 13-iyul | Gothenburg | Finlandiya | 67-daqiqda almashgan | Andoza:Sortfbs | Guruh bosqichi | |||
1 | 7
|
2013-yil 16-iyul | Halmstad | Italiya | To'liq | 57 | 3-0 | Andoza:Sortfbs | Guruh bosqichi |
2 | 8
|
2013-yil 21-iyul | Halmstad | Islandiya | 46-daqiqda almashgan | 14 | 2-0 | Andoza:Sortfbs | Chorak final |
9
|
2013-yil 24-iyul | Gothenburg | Germaniya | 74-daqiqada almashgan | Andoza:Sortfbs | Yarim final |
YutuqlarTahrirlash
Linköpings FCTahrirlash
- Damallsvenskan : G'olib 2009
- Svenska Kupen : G'olib 2006, 2008, 2009
- Svenska Superkubogi : G'olib 2009, 2010
MamlakatTahrirlash
ShvetsiyaTahrirlash
- 2003-yil FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati : ikkinchi o'rin
- 2011 FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati : Uchinchi o'rin
- 2004-yil Afinadagi Yozgi Olimpiya o'yinlari : To'rtinchi o'rin
- 2008-yil Pekindagi Yozgi Olimpiya o'yinlari : Chorak final
- UEFA Ayollar o'rtasidagi Yevro-2005 : Yarim final
- UEFA Ayollar o'rtasidagi Yevro-2013 : Yarim final
Shahsiy yutuqlarTahrirlash
- UEFA ayollar chempionatining yulduzlar jamoasi : 2013-yil
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Josefine Öqvist“. Sports-Reference.com. 17-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-avgust 2013-yil.
- ↑ „Josefine Öqvist player profile“, soccerway.com (dekabr 2012).
- ↑ „Budding Swedish star walks on the wild side“, FIFA (8-oktabr 2003-yil). Qaraldi: 22-may 2013-yil.
- ↑ „Övriga utmärkelser“ (sv). Swedish Football Association. Qaraldi: 24-may 2014-yil.
- ↑ Sillén, Jakob. „Slut i förtid för Josefine Öqvist“(shved.), Svenska Dagbladet (12-avgust 2008-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2013-yil.
- ↑ „Öqvist injury shocks Sweden“, UEFA (9-iyul 2007-yil). Qaraldi: 23-may 2013-yil.
- ↑ Laul, Robert. „Öqvist viker ut sig i Slitz“(shved.), Aftonbladet (23-mart 2004-yil). Qaraldi: 22-may 2013-yil.
- ↑ „Female Sweden pin-up Josefine Oqvist swaps shirts with Germany fan: Video“, Metro (15-iyul 2011-yil). Qaraldi: 7-iyun 2014-yil.
- ↑ Rylander, Johan. „Jossan: "Jag gråter varje dag"“(shved.), Göteborgs-Posten (30-mart 2010-yil). Qaraldi: 18-avgust 2013-yil.
- ↑ Larsson, Johan. „Öqvist gravid – missar London-OS i sommar“(shved.), Expressen (13-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 22-may 2013-yil.
- ↑ Wall, Johan. „Därför valde Öqvist bort mästarlaget“(shved.), Expressen (7-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 23-may 2013-yil.
- ↑ Lindbäck, Elisabeth. „Bomben: Josefine Öqvist lämnar KDFF“(shved.), Expressen (4-avgust 2013-yil). Qaraldi: 17-avgust 2013-yil.
- ↑ Dahlkvist, Jens. „Dilemmat för Lassen och Josefin Öqvist“(shved.), Expressen (24-aprel 2014-yil). Qaraldi: 7-iyun 2014-yil.
- ↑ Falk, Fredrik. „Öqvist lägger av“(shved.), Aftonbladet (24-may 2014-yil). Qaraldi: 7-iyun 2014-yil.
- ↑ „Sweden beats France for third place“, ESPN.com (16-iyul 2011-yil).
- ↑ „Japan sink Sweden, reach first final“, FIFA (13-iyul 2011-yil). Qaraldi: 23-may 2013-yil.
- ↑ „Josefine Öqvist slutar i landslaget“ (sv). Swedish Football Association (12-fevral 2014-yil). Qaraldi: 7-iyun 2014-yil.