Jujanlar
(Jujudan yoʻnaltirildi)
Jujanlar, joujan, juan-juan, juju, juyjuy — Gʻarbiy Manjuriya, Mongoliya va Turkiston dashtlarida ilk oʻrta asrlarda yashagan koʻchmanchi qabilalar ittifoqi. J.ning yuksalishi Shelunxon (402—410) nomi bilan bogʻliq, u oʻz atrofiga tarqoq qabilalarni birlashtirib kuchli harbiy ittifoq tuzgan. Turkiylar, xitoyliklar, uygʻurlar bilan boʻlgan urushlar, shuningdek, toʻxtovsiz ichki nizolar J.ni zaiflashtirgan. 6-asr oʻrtalarida jujan qabilalari ittifoqi tarqab ketgan. J.ning bir qismi turkiylar va b. xalqlar tarkibiga singib ketgan, qolgan qismi (taxminan 30 ming chodir) uzoq Gʻarbga koʻchib ketib Dunay daryosining oʻrta oqimi sohillarida 9-asrgacha mavjud boʻlgan.[1]
Yana qarang Jujan xonligi
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |