Julie d’Aubigny (1673-1707), Mademoiselle Maupin yoki La Maupin nomi bilan tanilgan. 17-asrdagi opera xonandasi. Uning hayoti haqida juda kam narsa maʼlum, uning shov-shuvli karyerasi va shov-shuvli turmush tarzi oʻz davrida gʻiybat va hikoyalar mavzusi boʻlgan. Keyinchalik ushbu xonanda koʻplab badiiy va yarim fantastik hikoyalar uchun ilhom manbai boʻlgan. Teofil Gautier oʻzining "„Mademoiselle de Maupin“ (1835) romanining bosh qahramoni Madlen de Maupinni La Maupinga asoslanib yaratgan.

Julie d'Aubigny

Mademoiselle Maupin operada.1700-yil(taxminan) Noma'lum nashr
Tavalludi 1673
Vafoti 1707
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi Operachi
Millati Fransuz
Turmush oʻrtogʻi Sieur de Maupin

Yoshligi

tahrir

Julie d’Aubigny 1673-yilda[1] tugʻilgan. Otasi unga saroy kitoblarini oʻqishiga sharoit yaratib bergan. Shuningdek unga qilichbozlikni ham oʻrgatgan, u 12 yoshidan boshlab kuchli erkaklar bilan bemaʼlol qilichbozlik qila olar edi[2][3]. 1687-yilda u Sieur de Maupinga erga tekkan va u Madam de Maupin (yoki fransuz odatiga koʻra oddiygina „La Maupin“) ismini olgan. Toʻydan koʻp oʻtmay, uning eri Fransiyaning janubida maʼmuriy lavozimga ko'tarilgan, ammo graf Julieni Parijda ushlab turgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. Parfaict, F & C. Dictionnaire Des Theatres De Paris, Volume 3. Paris: Lambert, 1757. 
  2. Rogers, Cameron. Gallant Ladies. New York: Harcourt, Brace, 1928. 
  3. 3,0 3,1 „Julie d'Aubigny: La Maupin and Early French Opera“. Los Angeles Public Library (2022-yil 28-iyun). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.