Juma namozi
JUMA NAMOZI
Ey, imon keltirganlar, qachonki, juma kunidagi namozga (azon) chaqirilsa, darhol Allohning zikri sari harakatga tushingizlar va savdo-sotiqni tark qilingizlar! Agar biladigan bo'lsangizlar, mana shu (ish) o'zlaringiz uchun yaxshidir.
Qur’on, Jumʼa surasi, 9-oyat
Juma namozi (arabcha: صَلَاة ٱلْجُمُعَة, Ṣalāt al-Jumuʿah) - haftaning har juma kuni peshin namozi vaqtida masjidda ko‘pchilik o‘qiydigan namozdir[1].
Malayziyadagi universitetida Juma namozi
TartibiTahrirlash
Juma namozi ikki rakat farz boʻlib, undan oldin va keyin toʻrt rakat sunnat oʻqiladi. Ilk va oxirgi sunnatlar peshin namozining sunnatlari kabi oʻqiladi. Imomga iqtido qilib oʻqiladigan ikki rakat farz esa, bomdod namozining farzi kabi oʻqiladi. Juma namozida ikki rakat farz oʻqilmasdan oldin imom minbarda xutba qiladi. Juma namozi hur, ozod, muqim, salomatligi joyida, oyoqlari sogʻ kishiga farzdir.
ShartlariTahrirlash
- peshin namozi oʻqiladigan vaqtda oʻqish;
- namozdan oldin xutba oʻqish;
- juma oʻqiladigan joy hammaga ochiq boʻlishi;
- imomdan tashqari kamida uch kishidan iborat jamoat boʻlishi;
- imom juma namozini oʻqishi uchun rasman ruxsatli boʻlishi;
- juma oʻqiladigan joy shahar yoxud shahar hukmida boʻlishi kerak.