June Huh

koreyalik, amerikalik matematik

June Huh (talaffuzi: Jun Xu) (koreyscha: 허준이) (1983-yil tugʻilgan) — koreyalik, amerikalik matematik. Princeton universiteti professori[1][2]. 2022-yilda Fields medali bilan taqdirlandi[3]. Huh algebraik geometriya va kombinatorika oʻrtasidagi bogʻliqliklarni aniqlagan[4].

June Huh

Huh 2018-yil Xalqaro matematiklar kongressida
Tavalludi 1983-yil
Stanford (Kaliforniya), AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar
Akademik rahbarlari Mircea Mustață
Mukofotlari Fields medali (2022), MacArthur stipendiyasi (2022)

Huh 1983-yilda Stanfordda tugʻilgan. Ota-onasi Stanfordda oʻqishni tamomlagach, Huh oilasi bilan Janubiy Koreyaga qaytib kelgan. Onasi rus tili va adabiyotidan, otasi esa statistikadan dars bergan. Maktab yillarida Huh matematikaga qiziqmagan aksincha u oʻzini yozish va sheʼriyatga bagʻishlagan. Asosan shaxsiy kechinmalarga bagʻishlangan koʻplab sheʼr va hikoyalar yozgan[5]. 2002-yilda Seul universitetiga oʻqishga kirgan, oʻqish paytida sheʼriyat bilan tirikchilik qila olmasligini tushunib, fizika va astronomiya boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy jurnalist boʻlishga qaror qilgan[6].

Manbalar tahrir

  1. „June Huh's Home Page“. 9-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
  2. „June Huh“ (inglizcha). Institute for Advanced Study. 7-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2019-yil.
  3. Chang, Kenneth. „Fields Medals in Mathematics Won by Four Under Age 40“ (5-iyul 2022-yil). 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  4. Kalai, Gil (2022-yil iyul). „The Work of June Huh“ (PDF). Proceedings of the International Congress of Mathematicians 2022. 1–16-bet. 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi (PDF). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  5. „Джун Ху — математический гений, который поздно созрел, но всех одолел“. forany.xyz. Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  6. Wired Magazine ИноСМИ. „Wired: математический гений из Южной Кореи расцвёл в США“ (ruscha). ИноСМИ (11-iyul). Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.