Kötürüm Bâyezid yoki Celaleddin Bayezid (turkcha: Kötürüm Bâyezid) — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining beki boʻlib, u ushbu beklikni 1361-1385-yillar orasida boshqargan[1][2][3].

Kötürüm Bâyezid
turkcha: Kötürüm Bâyezid'
Candaroğulları beki
Saltanat 1361-1385
Oʻtmishdoshi Emir Adil Bey
Davomchisi Süleyman Paşa II
Tugʻilishi XIV asr
Vafoti 1385-yil
Sinop
Farzandlari Iskender Bey
Süleyman Paşa II
İsfendiyar Bey
Uy Candaroğulları
Otasi Emir Adil Bey
Dini Sunni Islom

Beklikning ahvoli tahrir

Boyazidning taxtga o‘tirganining aniq yili maʼlum bo‘lmasa-da, 1361-yilda o‘ziga bag‘ishlab tarjima qilingan masnaviyga asoslanib, taxtga 1361-yil yoki undan oldinroq o‘tirgani taxmin qilinadi.

Beklik bu davrda Usmonlilar imperiyasi bilan doʻstona munosabatda boʻlgan. Ammo bu munosabatlar oʻgʻli Sulaymonning isyoni va Murod Ining Onadoʻli siyosati tufayli yomonlasha boshlagan[4].

Hukmdorlik davri tahrir

Boyazid taxtga o‘tirganining dastlabki yillarida dengiz va quruqlikdan bosqinlar uyushtirib, genuyaliklar va venetsiyaliklarga koʻplab ziyon yetkazdi. Shu sababli venetsiyaliklar bu bosqinlarga qarshi Vizantiya va Genuya bilan ittifoq tuzishga harakat qilishdi[5].

Bu davrda beklik va Usmonlilar oʻrtasidagi munosabatlar doʻstona boʻlishiga qaramasdan, Usmonlilar imperiyasining Yevropadagi fathlari va Onadoʻlidagi bekliklar, xususan, Germiyanoğlu va Hamitoğlu hududlarini bosib olishidan xavotirlangan Boyazid, Usmonlilar bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolishga va davom ettirishga harakat qildi[6]. Shuningdek, kuyovi Amasya amiri Ahmadning yordamini olishga ham umid bogʻladi[7].

Beklikning ikkiga boʻlinishi tahrir

Otasini oʻldirgani sababli oʻch olish uchun 1381-yilda Kadı Burhaneddinga qarshi harbiy safar boshlagan Amasya hokimi Amir Ahmed Boyaziddan yordam soʻradi. Boyazid oʻgʻli İsfendiyar Beyni qoʻshin bilan Amasyaga joʻnatdi. Urushda Amir Ahmed magʻlubiyatga uchradi. Isfendiyar bir muddat otasining yoniga qaytmay, Amasyada qoldi[8] .

Boyazid bu voqealar yuz berayotgan vaqtda oʻgʻli Iskenderni beklik valiahdi deb eʼlon qilgan edi. Boshqa oʻgʻli Suleyman valiahd Iskenderni oʻldirdi. Bundan jahli chiqqan Boyazid oʻgʻli Suleymanning qizi va oʻgʻlini, yaʼni oʻz nabiralarini qatl ettirdi. Suleyman taxtga daʼvogar boʻldi va Usmonlilar imperiyasidan boshpana topdi[7][8].

O‘g‘li Usmonlilar saltanatidan panoh topgan paytda o‘ziga yordam izlagan Boyazid Kadı Burhaneddinga murojaat qildi. Kadı Burhaneddinga yordam soʻrab maktub yozgan Boyazid, kechirim soʻradi va Amir Ahmed hududlariga kirgan Merzifonni askarlariga talon-toroj ettirganini ham pushaymonlik bilan tilga oldi[9].

Keyingi haftada usmonli sultoni Murod I Suleymanni usmonli qoʻshini bilan Kastamonuga joʻnatdi. Kastamonuda boʻlib oʻtgan jangda magʻlubiyatga uchragan Boyazid, Sinopga chekindi. Kastamonu shahri Suleymanning qoʻliga oʻtdi. Ushbu voqealardan xabardor boʻlgan İsfendiyar Bey, Sinopga otasining yoniga ketdi[8].

Kastamonuga kelgan sulton Murod I mintaqani oʻz davlati hududiga qoʻshib olishga harakat qilgan boʻlsa ham, oʻziga qarshi chiqqan xalqqa qarshilik koʻrsata olmasligini anglab, bosib olgan qalʼalarini Boyazidga qoldirib, Kastamonuni tark etganini eʼlon qiladi. HUdudlar oʻgʻlini bartaraf qilgan Boyazid qoʻliga qayta oʻtadi[9][10].

Oxirgi yillari va oʻlimi tahrir

Otasi tomonidan Kastamonudan quvilgan Sulaymon 1384-yilda yana Murod I oldida panoh topdi, sultonning dastagini olib, hududni qaytarib oldi. Ushbu voqealar yuz berayotgan vaqtda Boyazid kasallangan edi va qarshilik koʻrsatmasdan Sinopga chekindi[11]. 1386-yilda oʻgʻli İsfendiyar Beyning yonida vafot etdi. Qabri Sinopdagi İsfendiyarlar maqbarasida joylashgan[12].

Manbalar tahrir

  1. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574
  2. Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806
  3. Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109
  4. Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 69.
  5. Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 70.
  6. Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 71.
  7. 7,0 7,1 Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 126.
  8. 8,0 8,1 8,2 Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 72.
  9. 9,0 9,1 Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 73.
  10. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 127.
  11. Yücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 74.
  12. Yakupoğlu, Cevdet. (2018). a.g.m, syf. 68.

Adabiyotlar tahrir

  • Yücel, Yaşar. Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri, 1988 (Türkçe), Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806. 
  • Uzunçarşılı, İsmail Hakkı. Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri, 2019 (Türkçe), Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574. 
  • Kastamonu Tarihi: : XV'inci asrın sonlarına kadar (Türkçe). Ahmet İhsan Matbaası. 
  • Yakupoğlu, Cevdet. Çobanoğulları ve Candaroğulları Zamanında Kastamonu. Kastamonu Valiliği. ISBN 9789751740977. 
  • Gedik, Ahmet. „Candaroğlu Celâleddin Bayezid Dönemine Ait İki Kitabeye İlişkin Tashihi Gereken Bazı Hususlar“. Necmettin Erbakan Üniversitesi. 209–218-bet. 30 Mayıs 2020da asl nusxadan arxivlandi. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam); Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |ölüurl= (yordam); Unknown parameter |arşivtarihi= ignored (|archive-date= suggested) (yordam); Unknown parameter |sayı= ignored (|issue= suggested) (yordam); Unknown parameter |tarih= ignored (|date= suggested) (yordam); Unknown parameter |çalışma= ignored (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |archivedate= (yordam)
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Emir Adil Bey
Candaroğulları beki
1361-1385
Vorisi:
Süleyman Paşa II