Kōta (yaponcha: 幸田町 Kōta-chō?) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Nukata tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shaharda 16198 ta xonadonda 42200 nafar aholi istiqomat qiladi[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 744 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 56,72 kvadrat kilometr (21,90 mi²) ga teng.

Kōta

幸田町
Shaharcha
Skyline of Kōta
Kōta
Bayroq
Kōta
Gerb
34°51′52.1″N 137°9′56.9″E / 34.864472°N 137.165806°E / 34.864472; 137.165806
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Chūbu viloyati
Prefektura Aichi
Yaponiya tumanlari|tuman Nukata
Maydon 56.72 km2 (21.90 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil 1-oktyabr)
42 200 kishi
Zichligi 740 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0564-62-1111
Kōta xaritada
Kōta
Kōta
Kōta shahar hokimiyati

Etimologiyasi

tahrir

Shaharning bir qismi 1954-yilgacha Koda deb nomlangan. Buni yaqin atrofdagi Tahara shahrida joylashgan, xuddi shu prefekturadagi Koda (Koda-chō) deb ataladigan tuman bilan adashtirmaslik kerak.

Geografiyasi

tahrir

Kōta Aichi prefekturasining janubiy markazida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir
 
Kota shaharchasidagi aloning oʻsish koʻrsatkichlari

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Kōta aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida oʻsib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194012,157—    
195016,994+39.8%
196016,467−3.1%
197020,456+24.2%
198026,163+27.9%
199031,004+18.5%
200033,408+7.8%
201027,933−16.4%

Iqlimi

tahrir

Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish (Köppen iqlim tasnifi Cfa) bilan ajralib turadigan iqlimga ega. Kōtadagi oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1575 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,5 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladi[3].

Tarixi

tahrir

Hozirgi Kōta hududidan yapon paleolit davri qoldiqlari topilgan, bu esa shaharchaning koʻp ming yillik aholi punktlaridan biri ekanligini koʻrsatadi. Jomon davri va Kofun davriga oid qoldiqlar koʻp uchraydi. Bu hudud Ritsuryo tizimi ostidagi gʻarbiy Mikava viloyatining bir qismi boʻlgan va Heyan davrida Ise ziyoratgohi yoki Fujivara urugʻi nazorati ostida shoen tarkibida tashkil etilgan. U Sengoku davrida Ikkō-ikki harakatining markaziga aylantirilgan. Hududning katta qismi Edo davrida Tokugava syogunati hukmronligida Okazaki domenining nazorati ostida boʻlgan va tom plitkalari, sake, oziq-ovqat moylari ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. Shahar Tokaido shossesida joylashganligi tufayli gullab-yashnagan. Meiji davrining dastlabki yillarida zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan hudud Aichi prefekturasi Nukata tumanidagi qishloqlardan biriga aylantirildi. Kōda qishlog'i (yaponcha: 広田村?) 1906-yil 1-mayda uchta kichik qishloqning birlashishi natijasida tashkil topgan. U 1909-yil 28-iyulda Tokaido magistral liniyasida poezd stansiyasining ochilishi bilan oʻz nomining kanji imlosini hozirgi versiyaga oʻzgartirdi. Qishloq 1952-yil 1-aprelda shaharcha maqomiga koʻtarildi. 1954-yil 1-avgustda shahar Hazu tumanidagi sobiq Toyosaka qishlogʻi bilan birlashtirildi va oʻsha paytda u transliteratsiyasini Kōdadan Kōtaga oʻzgartirdi. 1985-yilda yangi shahar hokimiyati qurib bitkazildi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Kōta avtomobil qismlari va elektronika buyumlari ishlab chiqarish markazidir. Toyota va bir qator kompaniyalarning shtab kvartiralari shu yerda joylashgan. Shahardagi eng mashhur fabrikalardan biri Denso hisoblanadi. Shuningdek, Sony, Sakazaki tumanidagi Sony Kohda TEC yirik ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish majmuasiga ham ega. Qishloq xoʻjaligi issiqxonada yetishtirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, asosiy ekin turi qulupnay hisoblanadi.

Taʼlim tizimi

tahrir

Kotada oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.

Transport

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

  Markaziy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Tokaido magistral liniyasi

  • Sangane • Kōda • Aimi

Magistral yoʻllar

tahrir
  • Milliy yoʻnalish 23
  • Milliy yoʻnalish 248

Qardosh shahar munosabatlari

tahrir

Kōtalik taniqli odamlari

tahrir

Galereya

tahrir
Ike jinja
Kota bunkahiroba iriguchi
Kota bunkahiroba kibounotou
Shosen-ji ziyoratgohi
Saiko-ji ziyortgohi

Manbalar

tahrir
  1. Kōta Town official statistics (Wayback Machine saytida 2020-09-19 sanasida arxivlangan) (yaponcha)
  2. Kōta population statistics
  3. Kōta climate data
  4. „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2015-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.

Havolalar

tahrir