Megan McArthur (talaffuzi: Megan Makartur 1971-yil 30-avgustda tugʻilgan) — amerikalik okeanograf, muhandis va NASA astronavti. U Space Shuttle va Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) kapsula aloqachisi (CAPCOM) bo'lib ishlagan. Megan MakArtur Crew Dragon Endeavourda bitta kosmik kema, STS-125 va bitta SpaceX Crew-2 missiyasini bajardi. MakArtur Shuttle Avionika Laboratoriyasida (SAIL) ishlagan. U hamkasbi astronavt Robert L. Behnkenga turmushga chiqqan[1].

Megan McArthur
Meganmcarthurv2.jpg
Dekabr 2007-yil
Tavalludi 30-avgust 1971-yil (1971-08-30) (51 yosh)
Gonolulu, Gavayi , AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Okeanograf
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
212 kun 15 soat 21 daqiqa
Missiya belgisi
STS-125 patch.svg SpaceX Crew-2 logo.png ISS Expedition 65 Patch.png ISS Expedition 66 Patch.svg

YoshlikTahrirlash

MakArtur Gavayi orollarining Gonolulu shahrida tug'ilgan. U Kaliforniyada o'sib ulg'aygan[2][3]. U dastavval London markaziy o'rta maktabida o'qigan. Keyinchalik Kaliforniyaning Mauntin shahridagi Sent-Frensisk o'rta maktabini tamomlagan. U 1993-yilda Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida aerokosmik muhandislik bo'yicha bakalavr darajasini olgan. 2002-yilda Kaliforniya universiteti qoshidagi Skripps okeanografiya institutida, okeanografiya bo'yicha fan nomzodi ilmiy darajasi berilgan.

Okeanografiya faoliyatiTahrirlash

Skripps Okeanografiya Institutida MakArtur suv osti akustik tarqalishi, ya'ni raqamli signallarni qayta ishlash bo'yicha bir qancha tadqiqotlar olib bordi[2]. Uning tadqiqotlari genetik algoritmni inversiya qilish va geoakustik modellarni aniqlashga qaratilgan. U dengizda ma'lumotlarni yig'ish operatsiyalari paytida bosh olim bo'lib ishlagan. Shuningdek dengiz tubida asboblarni joylashtirish, cho'kindi namunalarini yig'ish operatsiyalarini rejalashtirgan va boshqargan. Scrippsda u suvda asboblarni sinovdan o'tkazish, joylashtirish, texnik xizmat ko'rsatish va qayta tiklash, shuningdek, dengiz o'simliklari, hayvonlari va cho'kindilarni yig'ishda ishtirok etgan.

NASA faoliyatiTahrirlash

MakArtur 2000-yil iyul oyida NASA tomonidan missiya boʻyicha mutaxassis sifatida tanlangan. U 2000-yil avgust oyida oʻqish uchun yo'llandi[2]. MakArtur Ikki yillik o'qitish va baholashni tugatgandan so'ng, Shuttle Avionika Integratsiya Laboratoriyasida (SAIL) shattl tizimlari bo'yicha texnik masalalar bilan shug'ullanadigan bo'limiga ishga kirdi. Keyin MakArtur Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) olti oylik missiyasi davomida Ekspeditsiya 9 ekipaji uchun qo'llab-quvvatlovchi astronavt sifatida xizmat qildi. U, shuningdek, Koinot stansiyasi va Kosmik kemalar missiyasini boshqarish markazlarida kapsula aloqachisi (CAPCOM) sifatida ishlagan. 2006-yilda MakArtur STS-116 uchun CAPCOM edi. U, shuningdek, 2007-yilda STS-117 missiyasi uchun EVA capcomi bo'lgan.

STS-125Tahrirlash

 
MakArtur, STS-125 missiyasi bo'yicha mutaxassis, sakkizinchi parvoz kunida Yer orbitasidagi kosmik kemasining orqa parvoz kemasida, masofaviy manipulyator tizimining (RMS) boshqaruvlarida ishlagan.

2009-yilda Megan MakArtur Hubble kosmik teleskopiga xizmat ko'rsatish bo'yicha STS-125 missiyasining a'zosi etib tayinlandi. MakArtur ko'tarilish va kirish bo'yicha parvoz muhandisi va missiya uchun robototexnika ekipajining yetakchi a'zosi hisoblangan. Bu missiya[2] MakArturning koinotga birinchi sayohati edi.

2019-yilda MakArtur Astronavtlar idorasi boshlig'ining o'rinbosari etib tayinlandi.

Ekspeditsiya 65/66Tahrirlash

Ekipaj-2 2021-yil aprel oyida ishga tushirildi va XKSga tutashdi. Ular 6 oylik missiyasini boshladi. Ekipaj 2021-yil noyabr oyida Meksika ko‘rfaziga qo'ndi.

Shaxsiy hayotTahrirlash

MakArtur hamkasbi astronavt Bob Benkenga turmushga chiqqan va ularning Teodor Benken ismli bir o'g'li bor[4].

HavolalarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. „Astronauts eager for last Hubble visit: Final telescope servicing mission brings veterans and rookies together“. NBC News (4-may 2009-yil).
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Whiting. „Megan McArthur (PH.D.) NASA Astronaut“. NASA (2-mart 2016-yil). Qaraldi: 10-mart 2020-yil.
  3. „Meet Megan McArthur, Crew-2 Pilot“. YouTube. NASA (23-aprel 2021-yil). 8-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
  4. „Astronaut Bob Behnken will be one of two-person crew on Crew Dragon Demo-2 launch“ (en-US). SpaceFlight Insider (6-may 2020-yil). Qaraldi: 20-may 2020-yil.