Kabudan – hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand viloyati hududida joylashgan qadimgi shahar[1]. Gʻarbiy turk xoqonligi davrida savdo-sotiq markazlaridan biri boʻlgan. Taxminan V asrdan VII asrgacha aholi istiqomat qilgan. Shahar ark, rabot va shahriston qismlaridan iborat boʻlgan. Arablar istilosi davomida vayron qilingan. Hudud Soʻgʻd davlatiga kirishdagi ilk shahar vazifasini oʻtagan.

Kabudan
qadimgi shahar
Mamlakat Oʻzbekiston
Asos solingan Gʻarbiy turk xoqonligi davrida
Qachondan beri qadimgi shahar V—VII asrlar
Iqlim turi keskin kontinental

Tuzilishi

tahrir

Shahar arkining balandligi 12 metrni tashkil qilgan. Mudofaa maqsadida devorlar bilan oʻrab olingan. Aholisi xoʻjalik maqsadlarida Bulugʻur arigʻidan foydalangan. Hukmdorlar arkda, zodagaonlar shahristonda, oddiy aholilar esa shahardan tashqarida istiqomat qilishgan. Maydoni 400 gektarni tashkil qilgan[2].

Kashf etilishi

tahrir

Samarqand davlat arxeologiya instituti, Berlin-Brandenburg Fanlar akademiyasi va Yaponiyaning Kiota sanʼat universiteti hamkorligida Jomboy tumanining Mintepa yodgorligida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Izlanishlar davomida yodgorlikda 2 qavatli uylarning xarobalari topilgan[3].

Manbalar

tahrir