Kadena (yaponcha: 嘉手納町 Kadena-chō?, Okinawan: Kadina) Yaponiyaning Okinava Prefekturasidagi Nakagami tumanida joylashgan shaharcha.

Kadena
Kadina

嘉手納町
Shaharcha
Skyline of Kadena Kadina
Kadena Kadina
Bayroq
26°21′41.6″N 127°45′18.9″E / 26.361556°N 127.755250°E / 26.361556; 127.755250
Mamlakat Yaponiya
Hudud Kyushu
Prefektura Okinava Prefekturasi
Tuman Nakagami
Hukumat
 • Mayor Hiroshi Toyama
Maydon 15.04 km2 (5.81 kv mi)
Aholisi
 (2016-yil, oktabr)
13,671
Kadena Kadina xaritada
Kadena Kadina
Kadena
Kadina
Kadenada 58-sonli Yaponiya milliy marshruti

2016-yil, oktabr holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 13,671 kishini va zichligi 1 km² ga 910 kishini tashkil qiladi. Umumiy maydoni 15.04 kv/km (5.81 sq mi). Shaharning taxminan 85 foizi AQSh hukumati tomonidan nazorat qilinadi, shu jumladan Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlaridagi ikkinchi yirik baza boʻlgan Kadena aviabazasi ham.

Geografiyasi

tahrir

Kadena gʻarbda Sharqiy Xitoy dengiziga qaragan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Kadena Okinava prefekturasining yana uchta munitsipaliteti bilan chegaradosh.

  • Shimolda Yomitan
  • Sharqda Okinava
  • Janubda Chatan

Tarixi

tahrir
 
1945-yilda Kadena doirasi

Kadena hududida, Okinava orolida qobiqli tepaliklar koʻrinishidagi eng qadimgi turar-joy qoldiqlari mavjud[1]. Hozirda Yomitan va Kadena oʻrtasidagi chegara hisoblangan Hija daryosi atrofi ilk aholi punktlari boʻlgan deb hisoblanadi[1]. Mintaqada bir qancha kichik gusuku xarobalari (qasrlar va qal’alar) topilgan[1]. Amavari, mashhur sarkarda, Kadena Chatanning bir qismi boʻlgan vaqtda Kadena hududida tugʻilgan[1]. 1879-yilda Yaponiya Okinava orolini anneksiya qildi va 1908-yilda Chatan qishloqqa aylandi. Tinch okeani urushi vaqtida Yaponiya Kadena hududida uchish yoʻlagi qurgan. 1945-yilda Okinava jangi paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari Hija daryosi qirgʻogʻiga qoʻngan va oʻsha uchish-qoʻnish yoʻlagini egallagan va u Kadena havo kuchlari bazasiga aylangan. 1948-yil 4-dekabrda Amerika harbiy hukumati Kadenani Chatandan ajratib, Kadena qishlogʻini tashkil etgan[1]. Qoʻshma Shtatlar bazadan tashqarida Kadena doirasini qurgan. 1976-yil 1-yanvarda, Okinava Yaponiya nazoratiga qaytganidan toʻrt yil oʻtgach, Kadena shaharcha maqomiga koʻtarilgan[1].

Iqtisodiyoti

tahrir

Asosan Kadena iqtisodiyoti Kadena havo kuchlari bazasi mavjudligiga bogʻliq. Shuningdek, shaharchada oz miqdorda ananas va shakarqamish yetishtiriladi.

Taʼlimi

tahrir

Munitsipal maktablarga quyidagilar kiradi[2]:

  • Kadena oʻrta maktabi (嘉手納中学校)
  • Kadena boshlangʻich maktabi (嘉手納小学校)
  • Yara boshlangʻich maktabi (屋良小学校)

Okinava prefekturasi taʼlim kengashi Okinava Prefekturasi Kadena maktabini [ja] boshqaradi.

DoDEA amerikalik xodimlarning qaramogʻidagilar uchun boʻlgan Kadena AFB maktablarini boshqaradi. Bir nechta maktablar Kadena shahrida boʻlmasa ham.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Kadena Town.
  2. „学校機関“. Kadena. Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.

Manba xatosi: <ref> tag with name "c" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "e" defined in <references> is not used in prior text.

Manba xatosi: <ref> tag with name "pop" defined in <references> is not used in prior text.

Tashqi havolalar

tahrir

Andoza:Okinawa