Kaft flegmonasi
Kaft felegmonasi - qo'l kafti (panjasi) yog' qatlamlarining keng yiringlash jarayoni. Kaft flegmonasi joylashuviga qarab ma'lum belgilarni namoyon qiladi.
Mahalliy belgilaridan: yallig'lanish sohasida shishni va giperemiyaning paydo bo'lishi, panjaning faoliyatini buzilishini, mahalliy harakatning ko'tarihshini, paypaslab ko'rganda kuchli og'riq sezilishini ko'rsatsa bo'ladi. Ko'rsatilgan belgilarning kuchliligi har xil va ular yallig'lanish jarayonining tarqalganidan, qo'zg'atuvchining virulentligidan, bemorning himoyaviy kuchidan, immunologik o'zgarishlardan farqlanadi. Shuning uchun panja flegmonasining klinik manzarasi yengil, cheklangan yallig'lanish bilan keng tarqalgan nekrotik protsess natijasida sepsisga olib keluvchi kuchli intoksikatsiya bilan kechadi.
Tasnifi
tahrir1. I barmoq tepaligi flegmonasi.
2. V barmoq tepaligi flegmonasi.
3. Komissural flegmona.
4. Kaftning o'rta kengligi flegmonasi.
5. Chorraha yoki «U» simon flegmona.
6. Ten osti flegmonasi.
7. Aponevroz osti flegmonasi.
Klinik manzarasi
tahrirI barmoq tepaligi flegmonasi tenar va kaftning orqa tomoni medial qismining shishishi bilan kechadi. Kaft teri bo'rtmalari kerikib, kuchli og'riq beradi. V barmoq tepaligi flegmonasi yengil o'tadi, barmoqni qimirlatganda og'riq seziladi. Komissural flegmona-kaftning distal qismida paydo bo'ladi, terining quruqlashib, yorilishidan infeksiya tushadi. Shuning uchun u «qadoq» flegmonasi ham deyiladi. Kuchli og'riq sezilib, barmoqlar yozilgan holatda bo'ladi, payga o'tish xavfi bor. Kaftning o'rta kengligi flegmonasida yiring kaft aponevrozi bilan
barmoqlarni bukuvchi payning nozik pardasi orasida yig'ilib, pay osti flegmonasiga sababchi bo'ladi. Kuchli og'riq bo'lib, intoksikatsiya ro'yobga keladi, ba'zida yiring butun panjasiga tarqalishi mumkin. Chorraha yoki «U» simon flegmona og'ir kechadi. I va V barmoqlar yirmgii tendovaginitning nihoyasidir. Kuchli og'riq va intoksikatsiya ro'yobga keladi. Paron Pirogov sohasi orqali jarayon bilakka o'tadi. Teri osti flegmonasi kaftning orqa sathida vujudga kelib, shish, giperemiya paydo bo'ladi. Bu belgilar tarqalgan holda farqlanadi.
Kaftning orqa sathida ro'yobga keluvchi aponevroz osti flegmona infeksiya chuqur tushganda ayniqsa sanchilgan jarohatlarda ro'yobga keladi. Boshqa flegmona turlaridan farqli o'laroq jarayon cheklangan bo'ladi.
Davolash
tahrirMahalliy va umumiy davolash usullari farqlanadi. Mahalliy davolashda og'riqsizlantirilib, klapan yoki Kanavel jarrohlik usullari qo'ilaniladi, umumiy davolashda esa dezintoksikatsiya qilinadi. Himoyaviy kuchni ko'tarish muolajalari, keng spektrli antibiotiklar qo'llash ham mumkin[2].