Kalbajar tumani (ozarb. Kəlbəcər rayonu) — Ozarbayjon Respublikasıdagi maʼmuriy hududlardan biri. Maʼmuriy markazi Kalbajar shahridir.

Kalbajar tumani
ozarbayjoncha: Kalbajar rayonu

Gerb
Gerb
Tuman
Tarkibida Kalbajar – Lachin iqtisodiy rayoni
Maʼmuriy markazi Kalbajar
Asos solingan sanasi 8 avqust 1930
Tuman rahbari Oqil Sodıq o’ğli Mammadov
Aholi 93 100
Maydoni 3 050[1] km²
(27,9 %)
Vaqt mintaqasi UTC+04:00
Kod ISO 3166-2 AZ-AGM
Telefon kodi +994 26
Pochta indeksi AZ 3200
Avtomobil raqami kodi 32
Rasmiy sayti kelbecer-ih.gov.az
Xaritada
Kalbajar tumani xaritada
Kalbajar tumani, Xarita
40°06′24″N 46°02′17″E / 40.10667°N 46.03806°E / 40.10667; 46.03806

Kalbajar shahri 1930 yil 8 avqustda maʼmuriy rayon maqomini olgan. 1993-yilda Armaniston Respublikası Qurolli Kuchlari tomonidan ishgʻol qilingan.[2][3][4][5]

2020 yil 10-noyabrda imzolangan tinchlik shartnomasiga binoan, 25-noyabr kuni Armaniston qurolli kuchlari Kalbajar tumanini boʻshatib, Ozarbayjon qurolli kuchlariga topshirdi.[6]

2020 yil 15 noyabrda Kalbajar tumani okkupatsiyadan ozod qilindi. Bayonotga koʻra, 15 noyabrda topshirishga qaror qilindi, ammo Armaniston tomonining Rossiya vositasida Ozarbayjondan iltimosiga koʻra bu muddat 25 noyabrgacha uzaytirildi. Buning sababi hudud relyefining murakkabligi, maydonining kattaligi va gumanizmdir. [7] [8]

Magʻlubiyatga rozi boʻla olmagan Armaniston aholisi mintaqada Ozarbayjonga qarshi ekologik terroristik harakatlarni amalga oshirdi, hududni tark etgan armanlar uylar hamda oʻrmonlarni yoqib yuborishdi.[9]

Nihoyat, 2020 yil 25 noyabr kuni 10-noyabrda imzolangan uch tomonlama Bayonotga binoan Kalbajar viloyati ishgʻoldan ozod qilindi, Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari mintaqaga kirib, nazoratni oʻz qoʻliga oldi.

Tarixi

tahrir
 
Ozarbayjoning Kalbajar qochqinlari
 
Ozarbayjoning Kalbajar qochqinlari

"Kalbajar" toponimining kelib chiqishi qadim turk tilida (dastlab Kalbajar Kevlicher shaklida ishlatilgan) „daryo ustidagi qalʼa“ maʼnosini anglatadi. Kevli „daryoning usti“, çer/car „qalʼa“ maʼnosini anglatadi. Yashash mintaqasi sifatida Tartar daryosi boʻyida chiziq boʻylab qadimiy sunʼiy gʻorlar mavjud boʻlgan. Shunga koʻra mutaxassislar shaharning toponimini kevil/kavl va qadim turk tillaridaki jar (qoya) komponentlari bilan bogʻlaydilar.

Kalbajardagi barcha qabila toponimlarning kelib chiqishi qadim turk tiliga borib taqaladi. Qadimgi turk qabilalarining bir nechta nomi hali ham bu toponimlarda yashab kelmoqda.

Kalbajar eng qadimgi inson yashagan maskanlaridan biridir. Bu hududda ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishi toʻrtinchi geologik davriga toʻgʻri keladi. Bu davr esa 4 million yildan ortıq bir tarix demakdir. Kalbajardaki gʻorlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ibtidoiy odam uchun zarur boʻlgan mehnat qurollari ham shu yerda yaratilgan.

Kalbajar hududida 30 ming yildan koʻp tarixni oʻz ichiga olgan qadim yashash maskanlari, 6 ming yil yoshga teng boʻlgan qoya tasvirlari, qadimiy turk alifbosi shakldagi naqshlar topilgan. Bu yerdagi tosh obidalar Shimoliy Ozarbayjonda oʻrta asr turk davri, otashparastligining, xristianlıgining, VII asrdan esa İslomnıng yoyilishi davrlarida yaratilgan.

Kalbajarda „Turk qabristoni“ deb ataladigan bir necha qadim mozorlar bor. Bularnıng eng kattasi Tirkeshavand, Kalbajar, Zar va b. kentlari hududida joylashgan. Qabristonlar turli asrlarga tegishli boʻlib, shakli va hajmi bilan bir-biridan farq qiladi.

İlk inson maskani

tahrir

Hududi 1936 kvadrat kilometr, 60 ming aholisi, 128 kenti boʻlgan Kalbajar rayoni qadimiy tarixi, boy madaniyati, koʻp asrlik tarixiy obidalari bilan nom qozongan. Bu yer armanilar tomonidan ishgʻol qilinganidan soʻng tarixiy obidalarning aksariyati vayron etildi. Bu madaniy obidalar quyidagilar: Vang kenti hududidagi Alban ibodatxonasi, Charakdar kentidagi Alban cherkovi (Hasan Kamol cherkovi), Qanlıkend hududidagi Loʻk qal’ası, Qorachanlı kentidagi Uluxan qal’ası, Tartar daryosining Bulanıq daryosi bilan qoʻshilgan joyida bunyod etilgan Alban cherkovi, Qalaboʻyni kentidagi Qalaboʻyni qal’ası, Jomard kendidagi Jomard qal’ası, Jamıshli kentidagi Keshikchi qal’ası, Kalbajar shahridagi masjid, Bashlıbel kentidgi masjid, Otaqli kentidagi masjid, Soyuqbuloq kentidagi Tartar daryosi ustidagi Toğlıtosh koʻprigi, Kalbajar Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Oshiq Shamshir nomli madaniyat uyi, Sayidli yaylovidagi Seyid Asadulloh ziyoratgohi.

Kalbajarda Zar ochiq hududda olib borilgan arxeologik qazishmalardan shu narsa maʼlum boʻldiki, ibtidoiy odamlar bu yerlarni oʻzlariga makon qilgan. Bu yerlardan qadimgi toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Uning qadimiy tarixi eramızdan avvalgi IV mingyillikning oxiri-III mingyillikning boshlariga toʻgʻri kelib, u bronza davri yoki Kur-Araz madaniyati deb nomlanadi. Ushbu madaniyatning asosiy tarkibiy qismi va tarqalishi Kur-Araz tekislikidir. Bu davrda aholi dehqonchilik bilan shugʻullangan, togʻli hududlarda esa chorvachilik ham rivojlangan. Yangi hayvon turlarini qoʻlga oʻrgatildi, ot mehnatidan foydalanila boshlandi. Bu esa mehnat unumdorligini oshishiga muhim ahamiyat kasb etdi. Kur-araz madaniyatidan soʻnggi bosqichida Ozarbayjonning butun togʻli zonalarida (Xoshbuloq qoʻrgʻoni va Xolazak(Kalbajar), Istisu yaylovlaridagi yashash maskanlari) yashash maskanlari barham topdi. Oʻrta bronza davri Ozarbayjonda qadimgi insoniyatning gullab yashnagan davri sifatida eʼtirof etiladi. Bu davrga oid sopol buyumlarga solingan naqshlar buni tasdiqlaydi. Qobuston (Buyuktosh, YAzlitepa), Galinqalʼa va Kalbajarning boshqa hududlarida (Qochdoshda) qoyatosh rasmlaridagi hayvonlar olami tasviri, bazm va ov sahnalari, Magiya (shomonlik) tasvirlangan. Kalbajar eng qadimgi insonlar yashagan maskanlardan biridir. Bu yerlarning ilk insonlarning yashash maskani ekanligidan darak beruvchi belgi va izlar, qoyatosh tasvirlar, qabristonlar armanilar tomonidan oyoqosti qilindi. Kalbajar antik madaniyatning bebaho durdonasidir. Rayonning „Qorakoʻl“ va „Zalxa koʻllari“ sohillarida, „Ayichinqilli“ va „Parichinqilli“ togʻlaridagi qoyalardagi tasvirlar 1968-yildan oʻrganila boshlangan. 1976-yilda Kalbajar qoya tasvirlari joylashgan hudud yaqinidan Ozarbayjondagi ilk yashash maskani turar joy topildi. Uning diametri taxminan 20 metr boʻlib doiraviy shaklga ega. Murakkab tuzilishga ega boʻlgan bu uyning devorlari (qalinligi 2 metrga qadar) qoya parchalaridan va soy toshlaridan bunyod etilgan. Bu yashash maskanidan oʻsha davrga oid, yaʼni miloddan avvalgi 3 ming yillikka doir ashyolar, tosh va temirdan yasalgan pichoqlar va boshqalar topilgan. Bu yerdagi qoyatoshlarga bitilgan tasvirlar bronza davrida yashagan odamlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti haqida keng tasavvur beradi.

Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan ishgʻol qilinishi

tahrir

Kalbajar 1993 yil 3 aprelda Armaniston qurolli kuchlari tomonidan ishgʻol qilingan.[10]

 
Ozarbayjoning Kalbajar qochqinlari

1993 yil 23 martdan 3 aprelgacha 10 kundan ortiq davom etgan shiddatli janglarda, 701-harbiy qism, Kalbajar koʻngillilari va vertolyotlari 15 marotaba ustun boʻlgan dushman kuchlari bilan qamal ostida jang qildilar, 450 dan ortiq jangchilarni yoʻqotgan holda 60 ming kalbajarlini evakuasiya qilishga muvaffaq boʻldilar. Urushda halok boʻlgan qahramonlarimiz Kalbajar tuprogʻiga dafn etilganlar.

Kalbajar ishgʻolidan soʻng 3205 raqamli BMT Xavfsizlik kengashining 822-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda ishgʻol qiluvchilarning Kalbajar va Ozarbayjonning boshqa bosib olingan hududlaridan chiqib ketishi darhol talab qilingan. Ammo shunday boʻlishiga qaramasdan qaror boʻyicha hech qanday majburiyatlar bajarilmadi.

Kalbajar rayonining aholisi Ozarbayjon Respublikasining 56 rayon va shahrining 707 ta yashash mintaqasida qochqinlikda hayot kechirmoqda. Kalbajar rayoni hududida qolgan 13.000 ta uy-joy, 37.852 gektar oʻrmon talon-toroj qilingan. BMT va ATATning prinsiplariga zid oʻlaroq 1999-yildan Kalyuajar rayoni hududida armanlarning turar-joylarda yashash uchun koʻchib kelishi boshlandi.

1993-yilgi hisob-kitoblarga koʻra Kalbajar iqtisodiy jihatdan 703 milliard 528 million rubl zarar koʻrgan. Ishgʻol natijasida Kalbajardan 53.340 nafar odam chiqarildi, 511 nafar tinch aholi oʻldirildi, 321 nafari esa asirga olindi.

Ozarbayjon Quroli Kuchlari tomonidan ozod etilishi

tahrir

2020 yil 15 noyabr kuni Kalbajar tumani ishgʻoldan ozod qilindi. Bayonotga koʻra, 15 noyabrda topshirishga qaror qilingan, ammo Armaniston tomonining Rossiya vositasida Ozarbayjondan iltimosiga binoan bu muddat 25 noyabrga qadar uzaytirildi. Buning sababi hudud relyefining murakkabligi, maydonning kattaligi va insonparvarlikdir.

Armaniston aholisi magʻlubiyatga rozi boʻla olmagan holda mintaqada Ozarbayjonga qarshi ekologik terroristik harakatlarni amalga oshirdi, bu erdan chiqib ketayotgan armanlar oʻrmonlar bilan bir qatorda uylarini ham yoqib yuborishdi.

Nihoyat, 2020 yil 25 noyabrda imzolangan uch tomonlama Deklaratsiyaga binoan Kalbajar tumani ishgʻoldan ozod qilindi, Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari mintaqaga kirib, nazoratni oʻz qoʻliga oldi.

Geografik joylashuvi

tahrir

Relefi togʻli. Murovtogʻ (Gamishtogʻ 3724 m, Buyuk Hinoltogʻ 3367 m), Sharqiy Goʻycha, Mixtoʻkan,Qorabogʻ tizmasining va Qorabogʻ vulqon platosining (Dalitogʻ 3616 m) bir qismi hisoblanadi. Yura, Tabashir, Paleogen, Neogen, Antropogenin choʻkma, vulkonogen- choʻkma va vulqon jinslar keng yoyilgan.

Iqlimi: Hududining baland togʻli qismida qishi quruq, sovuq va togʻ tundra iqlimi ustunlik qiladi. Yanvar oyida oʻrtacha tempiratura −3 °C -dan −10 °C-ga qadar, iyulda 5 °C-dan 20 °C -ni tashkil qiladi. Yillik yogʻin miqdori 700-900 mm.

Daryo va koʻllari: Tartar oʻlkamizning eng katta daryolaridan biri boʻlib, uning yuqori oqim qismi (Levdaryo, Tutqundaryo), Bozordayo, Xachindaryo rayon hududidan boshlanadi. Katta va Kichik Olakoʻllar, Zalxakoʻl va Sarsang suv ombori rayon hududida joylashgan.

Tuproq turlari: chimli, qahvarang va qoʻngʻir, togʻ-oʻrmon tuproq turlari keng tarqalgan.

Oʻsimlik olami: Rayonning markazi va sharqiy qismlarida kichikbargli oʻrmonlar (eman, yongʻoq), oʻrmon-choʻl oʻrmonlari, baland va qisman oʻrta togʻlik hududlarida esa muhitga mos oʻsimliklar keng tarqalgan.

Hayvonot olami: Rayon hududida togʻ echkisi, qoʻngʻir ayiq, choʻl toʻngʻizi, dala, togʻ sharoitida yashovchi qush va hayvonlar keng uchraydi.

Foydali qazilmalari: oltin, simob, qum, shagʻal, ohak toshi, mineral suv va boshqalar

Maʼmuriy-hududiy birligi

tahrir

AzStatning 2013- yilgi bergan maʼlumotlariga qaraganda, rayon hududida 147 ta aholi punktlari, jumladan, 1 shahar, 1 shaharcha, 145 ta qishloq joylashgan.[11] Ular orasida 46 ta maʼmuriy hududlar, jumladan, 1 ta shahar, 1 ta shaharcha va 44 ta qishloq joylari mavjud. Kalbajar respublikadagi beshta mintaqadan biridir (Quba, Sheki, Ismoyilli, Tovuz va Kalbajar).[11]

AzStat tomonidan 2009 yil 13-22 aprel sanasida aholini roʻyxatga olish ishlarining yakunlariga koʻra, doimiy roʻyxatga olinganlar soni 80.769 nafardir.

Aholisi

tahrir

Asosiy maqolalar: Ozarbayjon aholisining roʻyxatga olinishi (1999) va Ozarbayjon aholisining roʻyxatga olinishi (2009)

  • Aholisi (2020): 77003 nafar.
  • Aholi zichligi (nafar / 1 km²) 39,66 nafar
  • Shahar aholisi: 11 ming 766 nafar.
  • Qishloq aholisi: 65 ming 237 nafar.
  • Erkaklar soni: 38 ming 396 nafar
  • Ayollar soni: 38 ming 607 nafar
  • Maydoni 3054 kv kilometr
  • Qorabogʻ muhorabasi nogironlari soni −75 nafar
  • Shahid oilalari soni − 488 oila
  • Majburiy koʻchkinlar soni — 66985 nafar

Aholisi 1 yanvar 2020 sanasidagi maʼlumatga asosan 77.003 ming nafar, shu jumladan Boku shahrida13,6%, Ganja shahrida 21,7%, Yevlax rayonida 5%, Absheron rayonida 5,4%, Barda rayonida 9,1%, Goranboʻy rayonida 12%, Goʻygoʻl rayonida 7,7%, Tartar rayonida 5,4%, boshqa 46 shahar va rayonda 20% ni tashkil qilgan holda vaqtincha joylashgan.

2019-cu ilin oxiridan boshlab ishgʻol ostidagi Kalbajar rayoni hududida ishgʻolchi davlat - Armaniston tomonidan qayriqonuniy yashash maskani qurilishga boshladi.[12]

Etnik tarkibi

tahrir
 
Kalbajar tumanining togʻlari

AzStat tomonidan 2009 yil 13-22 aprel sanasida aholini roʻyxatga olish ishlarining yakunlariga koʻra, doimiy roʻyxatga olinganlar soni 80.769 nafardir.

Kalbajar tumanining milliy tarkibi
Etnik guruhlar 1999 r.o.[13] 2009 r.o.[14][15] 2020 r.o.
Jami aholi 66 211 80 769 77 003
Ozarbayjonlar 55127 70 895 76 916
Armanlar 9 794 9 794
Kurdlar 1 248 38 41
Ruslar 14 33 34
Ukrainlar 9 - 1
Lezginlar 9 - 1
Yahudiylar 4 - -
Tatarlar 3 - 3
Boshqa 3 9 7

Taniqli shaxslari

tahrir
  • Shahlar Asgarov — professor, ijtimoiy-siyosiy xodim .
  • Shahlar Shukurov — Ozarbayjon Milliy Qahramoni.
  • Sardor Safarov — Ozarbayjon Milliy Qahramoni.
  • Yunus Najafov — Ozarbayjon Milliy Qahramoni.

İqtisodiy xarakteristikası

tahrir
 
Kolatag qishlogʻi

Qishloq hududlarida dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi.

Kalbajar rayoni hududida joylashgan Issiqsuv mineral suvlari oʻzining gaz va kimyoiy tarkibi, yuqori harorati, katta tabiiy resurslarga boyligi bilan nom qozongan. Uning suvlari insonning koʻpgina xastaliklari uchun davodir. Issiqsuv bulogʻI ustida 80-yillarda katta kurort va mineral suv zavodi bunyod etilgan. Bu zavod sutkasiga 800 ming suvni qadoqlagan.

Rayonning ushbu qismida Umumittifoq ahamiyatiga molik 1 va 2 raqamli Issiqsuv sanatoriylari faoliyat koʻrsatgan. Bu yerda har yili 50 ming kishi davolangan va hordiq olgan.

Kalbajar tumanida sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan zahirasi 112,5 tonnani tashkil etgan va foydalanilayotgan Soyudlu (Zod) hamda zahiralari 13 tonnadan ziyod Ogʻuzdag va Tutxun oltin konlari, 850 tonnadan iborat umumiy sanoat zahiralari 3 ta - Agyatog, Levchay, Chorbulag va zahirasi 200 tonnadan ziyod Qamishli va Aggaya simob konlari, zahiralari 10941 ming kubometr boʻlgan va qayroqtosh ishlab chiqarishga yaroqli Kilseli tuf jinsi koni, zahiralari 1312 ming kubometr boʻlgan va gʻisht ishlab chiqarishga yaroqli Keshdek gil koni, zahiralari 4473 ming kubometr boʻlgan va engil beton qoʻshimchasi sifatida ishlatiladigan Kecheldag perlit koni, 2,2 million kubometr zahiraga ega 2 ta fasadga mos tosh koni, 2540 ming kub metr zahiraga ega Chapli qum-shagʻal aralashmasi koni; chiroyli bezak uchun yaroqli 4 ta marmar oniksi (zahirasi 1756 tonna), nefroid (zahirasi 801 tonna) koni; 2337 tonna zahiraga ega boʻlgan 1 ta obsidian (tuya koʻzi) koni, 1067 ming kub metr zahiraga ega 1 ta listvenit koni qolgan.

Kalbajarning dunyoga mashhur mineral suv konlari (Yuxari Istisu, Ashagi Istisu, Keshdek, Garasu, Tutxun, Mozchay, Goturlusu) katta terapevtik va balneologik taʼsirga ega (jami operatsion zahiralari kuniga 3093 m3) manbalari ham ishgʻol ostidagi hududda qolgandi. Murovdagʻ, Shahdagʻ, Goʻycha, Mıxtoʻkən, Qorabogʻ tizmasi va Qoraboğ yassi togʻligining bir qismi doirasida joylashgan Kalbajarning eng baland choʻqqilari - Gamish togʻi (3724 m) va Dalidagʻ (3616 m). Hududda yura, boʻr, paleogen, neogen va antropogen choʻkindi, vulkanik-choʻkindi va vulqon jinslari tarqalgan.

Dehqonchilikda asosan chorvachilik va dehqonchilik rivojlangan.

Moddiy-madaniy merosi

tahrir

Kalbajarda alban davriga oid koʻp tarixiy obidalar bor. Bulardan eng mashhuri Xudo ibodatxonasi majmuasidir. Bu obida Kalbajar rayonining sharqida — rayonning 29 kilometrida joylashgan. „Xudodang“ deb nomlangan obida kompleksi VI-VII asrlarda alban knyazi tomonidan bunyod etilgan boʻlib, XV asrda alban knyazligining bosh ibodatxonasi vazifasini bajargan. Keyinchlalik bir necha bor taʼmir etilib, qoʻshimcha qismlar qurilgan va nihoyat alban hukmdori Hasan Jalol tomonidan yangitdan barpo etilgan. Hasan Jalolning rafiqasi Mina Xotin shu yerda dafn etilgan. Onasi Orxu Xotin va davrining taniqli ziyolisi Mxitar Qoshlar ham shu yerda qoʻyilgan boʻlib, ularning xotirasiga tosh yodgorliklar oʻrnatilgan. Usti gumbaz shaklida boʻlgan majmua yogʻochdan qurilgan. Binoning devorlarida rangli boʻyoqlar bilan ishlangan turli shakl va bitiklar bor. Obidaning qurilishida ishlatilgan toshlar Tartar daryosining sohilidan keltirilgan. Kalbajar rayonining Vang qishlogʻi hududida ham boshqa bir alban ibodatxonasi bor.

Kalbajardagi boshqa qadim Alban obidalari quyidagilardir: „Lochinqoya“, „Lev“, „Ulugʻxon“, „Qal’aboʻyni“, „Jomard“. Kalbajarning Oqdaban qishlogʻI nomi qadim alban qabilasining nomidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi „Alban“ nomining Agʻuan, Aluan, Agʻvan, Andan kabi atalishida ulardan birining nomi Agʻban boʻlishi mumkinligi istisno etilmaydi.

Kalbajar rayonining Vang qishlogʻI hududida alban ibodatxonasi, Charakdar qishlogʻida alban cherkovi, (Hasan Jamol cherkovi), Qanlıkend hududida Loʻk qalʼası, Qarachanlı qishlogʻida Ulugʻxon qalʼası, Tartar daryosining Bulonıq daryosi bilan tutashgan joyda bunyod etilgan alban cherkovi, QalʼaboʻynI qishlogʻidagi Qalʼaboʻyni qalʼası, Jomard qishlogʻidahi Joʻmard qalʼası, Jamıshlı qishlogidagi Keshikchi qalʼası, Kalbajar shahridagi masjid, Bashlıbel qishlogʻidagi masjid, Otaqlı qishlogʻidagi masjid, Soyuqbuloq qishlogʻida Tartar daryosi ustidagi Togʻlıtosh koʻprigi, Kalbajar Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Oshıq Shamshir nomidahi madaniyat uyi, Sayidli yaylovidagi Seyid Asadulloh ziyoratgohi ishgʻol etilgan zonada qolgan boʻlib Armaniston Respublikası Qurolli Kuchlari tomonidan vayron qilingan.

Kalbajardagi qoyatosh tasvirlar Qobustandagı tosh bitiklar va naqshli shakllar bilan oʻxshashdir. „Sulton Haydar“, „Qurbagʻalı daryo“, „Turshsuv“, „Aychınqıllı“, „Galinqoyası“, „Buyukdavagoʻzu“, „Sarchali“ va boshqa yerlardagi qoyatosh tasvirlar faqat Kalbajarning emas, umuman Ozarbayjon tuprogʻdagi qadimiy inson maskanlaridandir. Kustar shakldagi, bazalt toshga oʻyib chizilgan rasmlar, ov sahnalari, ot oʻyinlari, samoviy jismlarning, hayvonlar va boshqalarning suratlari aks ettirilgan tosh ustunlar Kalbajar tarixining, madaniyatining qadimiyligini aks ettiradi. Bulardan birida shunday tasvirga duch kelamiz: Bir inson oyogʻining birini bir doiraning, ikkinchi oyogʻini boshqa bir doiraning ustiga qoʻyib yuqoriga boqib turibdi. Shunday taxmin qilish mumkinki, inson bir planetadan boshqa bir planetaga uchish orzusida boʻlgan. İnson oyogʻi qoʻyilgan doiraning biri Yerni, boshqa biri esa Oyni ifodalashi taxmin qilinadi.

Tasvirlar

tahrir

Filateliyada

tahrir

Xorijiy oʻtishlar

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • „Tema Azerbaydjana v sredstvax massovoy informatsii Uzbekistana“ Oʻzbek va rus tillarida.
  • Oleg Kuznesov. Qorabogʻ konflikti: „afsonalari“ toʻgʻrisida haqiqat. 2015. Oʻzbek tilida.
  • Sh.Salamov „Turkestan i Yujniy Kavkaz XIX — XX vv. Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2015), Rus tilida.
  • „Ozarbayjoning madaniy merosi: Kulturnoe nasledie Azerbaydjana“ (2016), Oʻzbek va rus tillarida.
  • Tarix fanlari doktori, professor Ali Hasanovning „Geosiyosat“ kitobi (2016) — tarjimon Babaxan Sharifov. Oʻzbek tilida.
  • Sh.Salamov „Karabax — voyna idey“ (2016), Rus tilida.
  • Shuxrat Salamov. „Gʻoyalar jangi“. XIX-XX a.. Turkiston va Janubiy Kavkaz. T., — 2017. Oʻzbek tilida.
  • Abduvali Saybnazarov. Chelovechnost, unichtojennaya v Xodjalinskom genotside. -T., 2017. Oʻzbek va rus tillarida.
  • Ali Hasanov, Ozarbayjonliklarga qarshi etnik tozalash va milliy qirgʻin siyosati. Xoʻjayli milliy qirgʻini / — Toshkent: „Istiqlol nuri“, 2017. Oʻzbek tilida.
  • Dokumentalniy film. „Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2016)

Manbalar

tahrir

[11]

  1. [1]
  2. Rezolyutsiya Soveta Bezopasnosti OON 853
  3. Rezolyutsiya Soveta Bezopasnosti OON 884
  4. Rezolyutsii Soveta Bezopasnosti OON 1993 goda
  5. General'naya Assambleya OON Rezolyutsiya ot 14 marta 2008 goda № A/RES/62/243 Polozheniye na okkupirovannykh territoriyakh Azerbaydzhana
  6. Президент Алиев: в урегулировании нагорно-карабахского конфликта поставлена точка
  7. https://apa.az/az/siyasi_xeberler/Ermnistan-Azrbaycan-Prezidentinin-srtlrini-qbul-etdi-v-tslim-oldu-colorredTCILI-SRHcolor-614481
  8. https://oxu.az/war/440855
  9. https://azxeber.com/az/ermeni-barbarliinin-nvbeti-subutu-kelbecerden-cixarken-evleri-ve-meseleri-yandirirlar-video/siyaset/
  10. „Ehtiyatda olan polkovnik: "Döyüşən briqadanı işğal olunmuş rayona göndərmək hərbi cinayət idi"“. 2014-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-may.(Wayback Machine saytida 2014-07-11 sanasida arxivlangan)
  11. 11,0 11,1 11,2 Ozarbayjon Respublikasining Davlat Statistika Qoʻmitasi: Maʼmuriy hududiy boʻlinish tasnifining joriy versiyasi (30.05.2013 yil nashri (Wayback Machine saytida 2013-08-25 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2013-08-25 sanasida arxivlangan)): Kalbajar rayoni—60100001 (Wayback Machine saytida 2013-08-25 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2013-08-25 sanasida arxivlangan)
  12. Azərbaycan Xarici İşlər Nazirliyi. „XİN: Azərbaycanın işğal olunmuş ərazilərində Ermənistanın qeyri-qanuni məskunlaşdırma siyasəti davam etdirilir“ (az). AzərTAc (2020-yil 15-avgust). Qaraldi: 2020-yil 15-avgust.
  13. Population statistics of Eastern Europe: Azerbaijan: Ethnic composition: 1999 census
  14. Population statistics of Eastern Europe: Azerbaijan: Ethnic composition: 2009 census
  15. „Əhalisi — Kəlbəcər Rayon İcra Hakimiyyəti. 2015-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 iyun 2015..