Kaliforniya shtati iqtisodiyoti 2023-yil holatiga koʻra, 3,89 trillion dollar yalpi ichki mahsulot (YIM) qiymati bilan Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi iqtisodiyoti boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan[1]. Bu dunyodagi eng yirik submilliy iqtisodiyotdir. Agar Kaliforniya suveren davlat boʻlganida (2024), u nominal YaIM boʻyicha dunyodagi oltinchi yirik iqtisodiyotga ega shahar boʻlar edi, bu holatda esa Kaliforniya iqtisodiyotidagi YaIM holati Buyuk Britaniyadagi YaIMdan (3,495 trillion) oldinda boʻlgan boʻlardi. Bundan tashqari, Kaliforniyaning Silikon vodiysida Apple, Alphabet va Nvidia kabi dunyodagi eng qimmat texnologiyalar ishlab chiqaradigan kompaniyalar joylashgan[8]. Umumiy holatda, Fortune 100 kompaniyalaridan 11 tasi va Fortune 500 kompaniyalaridan 53 tasining shtab-kvartirasi Kaliforniyada joylashgan[9].

Kaliforniya iqtisodiyoti
Statistikalar
YaIM $3.89 trillion (2023)[1]
Jon boshiga YaIM
$100,042 (2023)[2]
Qashshoqlik chegarasidan past aholi
13.3% (absolyut)[3]
19.0% (nisbiy)[4]
Ishchi kuchi
19,254,000 (2022-yil Noyabr)[5]
Ishsizlik 4.8% (2023-yil oktyabr)[6]
Davlat moliyasi
Daromadlar $195.7 trillion (2022-2023)

Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan.

AQShning eng koʻp aholisi istiqomat qiladigan va iqlim jihatdan eng xilma-xil iqlimga ega boʻlgan shtatlaridan biri boʻlgan Kaliforniya iqtisodiyoti koʻplab yirik tarmoqlarga ega. Bu sektorlar ichida eng dominanti moliya, biznes xizmatlari, davlat va ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. Iqtisodiy faoliyatning katta qismi qirgʻoq boʻyidagi shaharlar hissasiga toʻgʻri keladi. Asosan, ommaviy axborot vositalariga, xususan, Hollywoodga katta eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, Los-Anjelesda, hamda asosan texnologiyalar rivoji uchun asosiy maskan boʻlgan San-Fransisko koʻrfazining ham iqtisodiyotdagi hissasi yuqori. Ikkala shahar ham, San Diego kabi boshqa yirik portlar bilan bir qatorda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida va umuman boshqa koʻplab mamlakatlar uchun muhim savdo markazi vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, Kaliforniya qishloq xoʻjaligi sanoati AQShning har qanday shtatlari orasida eng yuqori koʻrsatkichga ega, uning Markaziy vodiysi butun yer yuzidagi eng samarali qishloq xoʻjaligi mintaqalaridan biri boʻlib, hudud aholisining yarmidan koʻpi meva, sabzavot va yongʻoq yetishtirish bilan shugʻullanadi[10]. Yaqinda Kaliforniyada yuzaga kelgan qurgʻoqchilik qishloq xoʻjaligidan tashqari Kaliforniya biznesi va sanoatiga ham taʼsir koʻrsatgan[11].

Tarixi

tahrir

Kaliforniya bir nechta migratsiya toʻlqinlarini boshdan kechirgan. 1848-yilgi Gvadalupe Hidalgo shartnomasi Meksika bilan majburiy ravishda imzolangandan soʻng, AQSh boʻlajak Kaliforniya, Nevada, Yuta, Arizona, Nyu-Meksiko shtatlarini, shuningdek Texasning ayrim hududlarini oʻz tarkibiga qoʻshib olgan, yangi qoʻlga kiritilgan hududlar tez va keng miqyosda rivojlangan. 1847-yilda Kaliforniya hududidan katta oltin konlari topilganidan soʻng, AQSh armiyasi tomonidan tayinlangan harbiy gubernator va 600 nafardan bir oz koʻproq askardan iborat, yetarli boʻlmagan kuchlar tomonidan nazorat qilina boshlangan. Kaliforniyadagi savdo va iqtisodiy faoliyat dastlab San-Fransisko, San-Xose va Sakramento kabi kengayib borayotgan shaharlar atrofidagina joylashgan edi, chunki ular oltin konchilar guruhini taʼminlash uchungina tashkil etilgan. 1850-yilgacha hukumat tomonidan noadekvat va boshqarilmaydigan hudud deb topilgan. Oltin Rush voqealari tufayli 1850-yilga kelib Kaliforniyada 110 000 nafardan ortiq tub yerlik boʻlmagan aholisi koʻchib kelgan. AQSh Kongressida qul aholisi boʻlgan va boʻlmagan shtatlar soni boʻyicha katta ziddiyatga qaramay, Kaliforniya aholisining koʻp, tez va davomli koʻpayishi, hamda sharqqa eksport qilinayotgan oltinning koʻpligi tufayli shtat oʻz chegaralarini kengaytirishga muvaffaq boʻlgan. Vakillar va senatorlar tomonidan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritilgan va 1850-yilda boshqa koʻplab yangi shtatlar uchun talab qilinadigan hududiy miqdordan oshmagan holda erkin hudud sifatida Ittifoqqa qabul qilingan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Gross Domestic Product bv State and Personal Income by State, 3rd Quarter 2023“.
  2. „QuickFacts California“. United States Census Bureau (2024-yil 11-may). Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.
  3. „Poverty in California - Public Policy Institute of California“. Ppic.org. 2024-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  4. „A New Poverty Calculation Yields Some Surprising Results“. Business Insider. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  5. „Data“. bls.gov. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  6. „Bureau of Labor Statistics“.
  7. „2022-23 Governor's Budget“. ebudget.ca.gov. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  8. „"53 CA kompaniyasi 2023 yil uchun Fortune 500 ro ʻyxatini tuzadi"“. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  9. „"53 CA kompaniyasi 2023 yil uchun Fortune 500 royxatini tuzadi"“. Qaraldi: 8-may 2024-yil.
  10. „California's Central Valley: Producing America's Fruits and Vegetables“. House Committee on Natural Resources. 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-iyul.
  11. „Drought has already cost close to $2 billion and 14,000 jobs, and it's likely not over yet“. www.kvpr.org (2022-yil 14-mart). Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.Andoza:Title missing