Kaliforniya vodiysi — AQSh ning janubi-gʻarbidagi botiq. Sharkda Syerra-Nevada va gʻarbda Qirgʻoqboʻyi tizmalari bilan chegaralangan. Uzunligi 800 km, kengligi 80 km gacha. Maydoni 47 ming km2. Kelib chiqishiga koʻra, tektonik bukilma. Yer yuzasi tekis, balandligi 20-160 m. Kalin choʻkindi jinslar bilan qoplangan. Asosiy daryolari — Sakramento va San-Xoakin. Bahorda toʻlib oqadi. Iqlimi subtropik, oʻrta dengiz tipli, kontinental. Yillik oʻrtacha yogʻin 150 mm dan (shimolda) 1000 mm gacha (janubda). Subtropik dasht va chala choʻl landshafti ustun. Sugʻorish kanali koʻp. Mevachilik va tokchilik, dehqonchilik rayoni. Janubda chorvachilik rivojlangan. Yirik shaharlari — Sacramento, Stokton, Fresno. Janubda katta neft konlari bor (1860-yildan neft olinadi).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil