Kama
(Kama (daryo)dan yoʻnaltirildi)
Kama yoki Chulman (Rus: Ка́ма, tatarcha: Чулман/Çulman, chuvashcha: Чулман Атăл) — Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismidagi daryo. Dolgoning eng yirik chap irmogʻi. Yuqori Kama qirlarining markaziy qismidan boshlanadi. Vishera daryosi quyilgandan soʻng sersuv daryoga aylanib, Kama suv omboriga quyiladi. Uzunligi 1805 km, havzasining maydoni 507 ming km2. Oʻrtacha suv sarfi 3500 m’/sek. Kamada Kama, Votkinsk, Quyi Kama GESlari qurilgan. Asosiy irmoqlari: Vyatka, Oq Idil, Chusovaya, Vishera va b. Kamada Kerchevskiy posyolkasigacha muntazam kema qatnaydi. Kama boʻyida Solikamsk, Berezniki, Perm, Naberejniye Chelni sh.lari joylashgan.[1]
Kama | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 805 |
Maydoni | 507 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Kama |