Kamen Hadjiev
Kamen Galabov Hadjiev (bolgarcha: Камен Гълъбов Хаджиев; talaffuzi: Kamen Hojiyev; 1991-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) – bolgariyalik professional futbolchi, hozirda „Xebar Pazardjik“ jamoasida himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kamen Galabov Hadjiev | ||
Tavallud sanasi | 22-sentyabr 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Kochan, Bolgariya | ||
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 1 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Hebar Pazardzhik | ||
Raqami | 15 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000–2008 | Rodopa Smolyan | ||
2008–2009 | Wattenscheid 09 | ||
2009–2010 | Schalke 04 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007–2008 | Rodopa Smolyan | 1 | (0) |
2010–2011 | Pirin GD | 30 | (1) |
2011–2013 | Minyor Pernik | 12 | (0) |
2014–2015 | Lokomotiv Sofia | 41 | (1) |
2015–2016 | VfB Oldenburg | 34 | (6) |
2016–2017 | Fortuna Sittard | 32 | (2) |
2017–2018 | Beroe | 46 | (1) |
2019–2021 | Puskás Akadémia | 49 | (0) |
2021 | Beroe | 14 | (0) |
2022 | Paxtakor Toshkent | 10 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007 | Bolgariya U17 | 3 | (0) |
2019 | Bolgariya | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2023-yil 5-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 14-oktyabr uchun) |
Karyera
tahrirHojiyev Bolgariyaning Kochan shahrida tugʻilgan. Futbolchilik faoliyatini „Rodopa“ klubida boshlagan[1].
Hojiyev 2008-yilda faoliyatini rivojlantirish uchin Germaniyadagi Wattenscheid 09 akademiyasiga qoʻshilgan. 2008/2009-yilgi mavsumda U-19 terma jamoasida 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. 2009-yilgi mavsumda „Shalke 04“ yoshlar akademiyasi tarkibiga qoʻshilgan[2].
2010-yil iyul oyida Hojiyev Pirin Gotse Delchev jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 31-iyul kuni Botev Krivodol jamoasiga qarshi debyut oʻyinini oʻtkazgan[3]. Hojiyev mavsum davomida ikkinchi divizionda 30 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2010-yil 18-sentyabrda „Sportist Svoge“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) jamoasining yagona golini kiritgan[4]. 2011-yilning dekabrida Hojiyev Minyor Pernik klubiga oʻtgan[5].
2017-yilning 1-iyunida Hojiyev Beroe bilan shartnoma imzolagan[6]. 2022-yil 6-iyul kuni Toshkentning „Paxtakor“ klubi oʻzaro kelishuvga koʻra shartnoma bekor qilinganidan soʻng, Hojiyev klubni tark etganini eʼlon qilgan[7]. 2022-yilning noyabrida u oʻz vataniga qaytib, Bolgariya yuqori ligasiga yangi koʻtarilgan Xebarga qoʻshilgan[8].
Xalqaro
tahrirKamen birinchi marta 2018-yilning mart oyida Bosniya va Gersegovina va Qozogʻiston jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Bolgariya milliy futbol jamoasiga chaqirilgan. Oʻyinlar davomida maydonga tushmagan va zahirada qolgan. Hadjiev 2019-yilning 14-oktyabrida Yevro-2020 saralash bosqichida Angliya jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[9].
Faoliyat statistikasi
tahrir- 2021-yil 7-iyun
Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Yevropa | Umumiy | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Rodopa Smolyan | 2006-07 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |
2007-08 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Pirin Gotse Delchev | 2010-11 | 30 | 1 | 0 | 0 | — | 30 | 1 | |
Minyor Pernik | 2011-12 | 4 | 0 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | |
2012-13 | 8 | 0 | 3 | 1 | — | 11 | 1 | ||
Jami | 12 | 0 | 3 | 1 | 0 | 0 | 15 | 1 | |
Lokomotiv Sofia | 2013-14 | 15 | 1 | 4 | 0 | — | 19 | 1 | |
2014-15 | 26 | 0 | 3 | 0 | — | 29 | 0 | ||
Jami | 41 | 1 | 7 | 0 | 0 | 0 | 48 | 1 | |
VfB Oldenburg | 2015-16 | 34 | 6 | 0 | 0 | — | 34 | 6 | |
Fortuna Sittard | 2016-17 | 32 | 2 | 1 | 0 | — | 33 | 2 | |
Beroe | 2017-18 | 27 | 1 | 2 | 2 | — | 29 | 3 | |
2018-19 | 19 | 0 | 2 | 0 | — | 21 | 0 | ||
Jami | 46 | 1 | 4 | 2 | 0 | 0 | 50 | 3 | |
Puskás Akadémia | 2018-19 | 15 | 0 | 2 | 0 | — | 17 | 0 | |
2019-20 | 28 | 0 | 3 | 0 | — | 31 | 0 | ||
2020-21 | 6 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | |
Jami | 49 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 56 | 0 | |
Umumiy faoliyat | 241 | 11 | 21 | 3 | 1 | 0 | 263 | 14 |
Manbalar
tahrir- ↑ „ЦСКА излезе втори след грозна победа“ (Bulgarian). sportal.bg (2007-yil 19-may). 2018-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „Камен Хаджиев: Дебютирах в А група на 15 г. и 8 месеца, сега искам да пробия в Германия“ (Bulgarian). novsport.com (2016-yil 24-fevral).
- ↑ „Pirin 2–0 Botev Krivodol“. soccerway.com (2010-yil 31-iyul).
- ↑ „Sportist Svoge 2–1 Pirin“. soccerway.com (2010-yil 18-sentyabr).
- ↑ „Юноша на Шалке 04 подписва с Миньор“ (Bulgarian). livesport.bg (2011-yil 11-dekabr). 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-mart.
- ↑ „Берое привлече Камен Хаджиев“ (Bulgarian). beroe.bg (2017-yil 1-iyun).
- ↑ „КАМЕН ХАДЖИЕВ БИЛАН ШАРТНОМА БЕКОР ҚИЛИНДИ“ (Uzbek). pakhtakor.uz/. Pakhtakor Tashkent FK (2022-yil 6-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
- ↑ „Официално: Хебър подписа с Камен Хаджиев“. pirinsport.com (2022-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ „Bulgaria v England game report“. ESPN (2019-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Kamen Hadjiev Soccerway saytida
- Kamen Hadjiev FootballDatabase.eu saytida
- Kamen Hadjiev – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)