Kamitonda (上富田町) – Yaponiyaning Vakayama prefekturasining Nishimuro tumanida joylashgan shaharchadir. 2021-yil 1-noyabr holatiga koʻra, shaharda 7348 ta xonadonda 15678 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi 1 km² ga 270 kishidan toʻgʻri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 57,37 kvadrat kilometrni tashkil etadi.

Kamitonda
Skyline of Kamitonda
Kamitonda
Bayroq
Kamitonda
Gerb
Mamlakat Yaponiya
Hukumat
 • Hokim Takamichi Koide
Rasmiy til(lar)i Yapon tili
Aholisi
 (2021-yil 30-noyabr)
15 678
Zichligi 57.37 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+09:00JST

Tarixi

tahrir
 
Kamitonda Station

Zamonaviy Tonda shahrining hududi qadimgi Kii provinsiyasida joylashgan edi. Ichinose va Ivata qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan tashkil etilgan. Ikki qishloq 1956-yil 30-sentabrda birlashib, Kamitonda shahrini tashkil qilgan.

Geografiyasi

tahrir

Kamitonda Vakayama prefekturasining janubi-sharqidagi Kii yarimoroli janubida joylashgan. Shahar sharqdan Tinch okeani suvlariga tutashgan. Tonda daryosi shahar orqali oqib oʻtadi. Kamitonda togʻlar bilan oʻralgan va beshta qoʻshni mahallalariga boʻlingan: Asso, Ivada, Ikuma, Oka va Ichinose. Aholisi eng koʻp boʻlgan mahalla Asso hisoblanadi.

Iqlimi

tahrir

Kamitonda nam subtropik iqlimga ega. Yozi issiq va qishi salqin. Qor yogʻmaydi. Kamitondada oʻrtacha yillik harorat 16,6 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2077 mm, eng yomgʻirli oy esa sentyabr. Avgustda eng yuqori harorat 26,5 °C atrofida, eng past harorat esa yanvarda 6,9 °C atrofida[2].

Taʼlim

tahrir

Kamitonda beshta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va Vakayama prefekturasi taʼlim boʻlimi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabiga ega. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.

Iqtisodiyoti

tahrir

Kamitondaning asosiy iqtisodiy faoliyati qishloq xoʻjaligi, xususan bogʻdorchilikdir. Shaharcha umeshu likyorida ishlatiladigan ume olxoʻrisini ishlab chiqaruvchi asosiy hududlardan biri hisoblanadi. Mandarin apelsinlarini yetishtirish ham yo'lga qo'yilgan. Shahar bir vaqtlar chigʻanoqdan yasalgan anʼanaviy tugmachalarni ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan. Ammo keyinchalik import qilingan tugmalar ommalashishi anʼana oʼrnini egalladi. Yengil ishlab chiqarish toʻqimachilik va sanoat podshipniklarini ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.

Manbalar

tahrir
  1. „Kamitonda town official statistics“ (ja).
  2. Shirahama climate data