Kampung Kling masjidi (ayrim manbalarda Kampong Keling masjidi deb ham yoziladi; malaycha: Masjid Kampung Kling) – Malayziyaning Malakka shahridagi eski masjid. Bino Jalan Tukang Emasda (Goldsmith koʻchasi) joylashgan boʻlib[1], Sri Poyatha Moorthi va Cheng Hoon Teng ibodatxonasiga yaqinligi sababli Garmoniya koʻchasi (Harmony Street) deb ham ataladi.

Masjid
Kampung Kling masjidi
malaycha: Masjid Kampung Kling
Kampung Kling masjidi
Mamlakat  Malayziya
Hudud Malakka
Koordinatalar 2°11′48″N 102°14′51″E / 2.19667°N 102.24750°E / 2.19667; 102.24750
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Binokorlik sanasi 1748 yil
Kampoong Kling masjidining namoz oʻqish zali

Tarixi

tahrir

1748-yilda hind musulmon savdogarlari tomonidan bunyod etilgan inshoot dastlab yogʻochdan qurilgan boʻlib[2], 1872-yilda gʻishtdan qayta ishlangan. Masjid Malakkadagi anʼanaviy masjidlardan biri boʻlib, hali ham oʻzining original dizaynini saqlab qolgan. Masjidning meʼmoriy dizayni Sumatra, Xitoy, hindu va mahalliy malaylar oʻrtasidagi belgi hisoblanadi. Minora (ibodatxonaga oʻxshash), tahorat oladigan havza va kirish arki bosh bino bilan bir vaqtda qurilgan. Hind savdogarlari Kampung Kling deb nomlanuvchi qishloqdan kelib chiqqani uchun ham masjidga aynan shu nom berilgan.

Arxitekturasi

tahrir

Shuningdek, masjidda ingliz va portugal sirlangan koshinlari, asosiy namoz oʻqish zalida nosimmetrik ravoqli ion orderi asosida bunyod etilgan ustunlar, Viktoriya qandili, hind va xitoy uslubidagi oʻymakorlik naqshlari ishlangan yogʻoch minbar hamda namozdan oldin tahorat oladigan joyda mavr choʻyandan qurilgan atrofni yoritib turuvchi chiroq ustunlari ham mavjud. 1990-yillarda Muzeylar va qadimiy ashyolar boshqarmasi masjidda konservatsiya ishlarini amalga oshirgan.

Kampung Kling masjidi Yaqin Sharq mamlakatlaridagi kabi toʻrtburchak yoki olti burchakli asosda emas, balki kvadrat asosda qurilgan. Veranda maydoni Korinf ustunlari bilan bezatilgan va namoz oʻqish zalini oʻrab olgan. Korinf ustunlari, shuningdek, minbar maydoni va namoz oʻqish zali oʻrtasidagi ajralishni ham belgilaydi.

Kampung Kling masjidida ham xuddi Kampung Hulu masjididagi kabi uch qavatli tom qurilgan. Bino tomini masjid oʻrtasida joylashgan 4 ta ustun mustahkamlab turadi. Ulardan tashqari yana 8 ta kichik ustunlar ham oʻrnatilgan.

1868-yilda masjid va minora atrofi baland devor bilan oʻralgan.

Masjidning tomi, pol va devorlarini bezash uchun Xitoydan keramik plitkalar keltirilgan. Eshiklar, derazalar va tomning chetidagi bezaklari ham Xitoy bezaklaridan taʼsrilangan holda yaratilgan. Yevropa meʼmorchiligining taʼsirini, ayniqsa, masjidning ichki devorlari uchun qoʻllangan gipsli suvoqlarda koʻrish mumkin. Masjidning beton minorasi gʻarbiy qanotda bosh binodan alohida, tahorat joyi janubiy qanotda joylashgan.

Ekskursiya

tahrir

Masjid tashrif buyuruvchilar uchun hamisha ochiq. Shu bilan birga, mehmonlardan musulmonlarning kiyinish uslubiga mos keladigan libos kiyishlari talab qilinadi, yaʼni erkaklar tizzalarini yopadigan shimlar, ayollar esa hijob yoki roʻmol oʻrashlari lozim. Belgilangan talabga mos keluvchi liboslarni kiymagan mehmonlarga masjid tomonidan maxsus kiyimlar beriladi. Biroq namozxonaga musulmon boʻlmaganlarning kirishi mumkin emas.

Manbalar

tahrir
  1. „MASJID KAMPUNG KLING, BANDARAYA MELAKA“. 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
  2. „Kampung Kling Mosque“.

Havolalar

tahrir