Kan Song Bon (1914-yil 21-sentyabr, Olgin tumani, Primorsk viloyati — 2003-yil 25-fevral, Bishkek, Qirgʻiziston) — Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani Engels nomidagi kolxozning kanop yetishtirish mudiri[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Kan Song Bon
Tavalludi 21-sentyabr 1914-yil
Olginskiy tumani, Primorsk viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 25-fevral 2003-yil(2003-02-25)
(88 yoshda)
Bishkek, Qirgʻiziston
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Kan Song Bon 1914-yil 21-sentyabrda Primorsk viloyatining Olginskiy tumanida tug'ilgan[2]. 1934-yilda yetti yillik maktabni tamomlagan. 1934–1937-yillarda Olgin tumanidagi «International» kolxozida haydovchi boʻlib ishlagan. 1937-yilda qishlog'idagi boshqa koreyslar qatori O'zbekistonga surgun qilingan. Oʻrta Chirchiq tumanidagi Dimitrov nomidagi kolxozda haydovchi, brigada boshlig‘i, mashinist, omborchi, ombor mudiri hamda brigadir bo‘lib ishlagan.

Urush va urushdan keyingi davrda Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani Engels nomidagi kolxozda kanop yetishtirish bo‘yicha dastlab ishchi, so‘ngra brigadir bo‘lib ishlagan. 1950-yilda KPSS(b) safiga qoʻshilgan.

U o‘z jamoasida hosildorlikni gektariga 10 sentnerdan 92 sentnerga ko‘targan. 1950-yilda Kan Song Bon brigadasi 10 gektar maydonning har gektaridan o‘rtacha 96,8 sentnerdan yashil kanop poyasi olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan u Lenin ordeni, “O‘roq va Bolg‘a” oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Kan Song Bon 1975-yildan Qrimda yashagan. Simferopol viloyatidagi Rodnikovskiy sovxozining dala brigadasida, keyinchalik Shirokoye qishlog'ida qishloq xo'jaligida ishlagan.

Kan Song Bon 1992-yilda Bishkekka ko'chib o'tgan va u yerda 2003-yil 25-fevralda vafot etgan. Bishkekdagi Ala-Archa qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir