Kanada — Chili munosabatlari Kanada va Chili oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir.

Kanada va Chili davlatlarining xaritada joylashuvi. Yashil rangda Kanada, sariq rangda Chili koʻrsatilgan.

Tarixi tahrir

1818-yilda Chili Ispaniya imperiyasidan mustaqilligini eʼlon qildi. Ispaniya uni 1844-yilda tan olingan 1892-yilda Kanadaning Vankuver shahrida Chili konsulligi ochildi. 1885-yilda Kvebekda, 1907-yilda Brantfordda, 1923-yilda Monrealda konsullik ochildi. Bu yillarda Kanadaning Chilida diplomatik vakolatxonasi yoʻq edi, chunki mamlakat Britaniya imperiyasining bir qismi boʻlgan. Tashqi siyosat Londonning vakolat doirasida edi. 1931-yilda Kanada Vestminster statutining qabul qilinishi bilan mustaqil ravishda diplomatik munosabatlar oʻrnatish huquqiga ega boʻldi. Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin Kanada hukumati Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatishga kirishdi. 1941-yilda Kanada va Chili birinchi savdo shartnomasini imzoladilar va diplomatik munosabatlar oʻrnatdilar. 1942-yil iyul oyida Chili Ottavada, Kanadada esa Santyagoda oʻz vakolatxonasi ochildi. 1944-yil iyun oyida har ikki davlat oʻzlarining diplomatik vakolatxonalari maqomini elchixonalar darajasiga koʻtardilar[1].

 
Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo va Chili prezidenti Gabriel Borik 2022 yilda ikki tomonlama uchrashuvda.

1973-yil 11-sentyabrda Chili prezidenti Salvador Allende general Augusto Pinochet boshchiligidagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatdan chetlashtirildi. Toʻntarishdan koʻp oʻtmay, bir necha Chili fuqarolari qochqin maqomini soʻrash uchun Kanadaning Santyagodagi elchixonasiga kelishdi. Kanada elchixonasi xodimlari Mark Dolgin va Devid Adam 16 chililikni elchixonaga kiritishga qaror qilishdi (oʻsha paytda elchi Argentinada edi). Taxminan bir oy davomida chililiklar elchixonada yashashdi va keyin ularga Chilini tark etib, Kanadaga koʻchib oʻtishga ruxsat berildi. 1973—1990-yillarda Kanadaga Chilidan 7000 ga yaqin qochqinlar kelgan[2]. 2016-yilda mamlakatlar diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 75 yilligini nishonladi[3].

Iqtisodiy aloqalar tahrir

1996-yilda Kanada va Chili erkin savdo shartnomasini imzoladilar[4]. 2016-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,4 milliard Kanada dollarini tashkil etdi. Kanadaning Chiliga eksporti: mashinalar, kimyoviy moddalar, ekinlar, moylar va mineral mahsulotlar. Chilining Kanadaga eksporti mis, qimmatbaho toshlar va metallar (asosan oltin va kumush), mevalar, baliq va dengiz mahsulotlari (asosan qizil ikra), ichimliklar (asosan vino). 2015-yilda Kanada Chili iqtisodiyotiga 15 milliard Kanada dollari miqdorida sarmoya kiritdi[3].

Doimiy diplomatik vakolatxonalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Relations between Chile and Canada during the Second World War“. 5-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2017-yil.
  2. „How the Chilean coup forever changed Canada’s refugee policies“. 23-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2017-yil.
  3. 3,0 3,1 „Canada — Chile Relations“. 28-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2017-yil.
  4. „Canada-Chile Free Trade Agreement“. 2017-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2017-yil.
  5. Embassy of Canada in Santiago
  6. Embassy of Chile in Ottawa