Kanalizatsiya
Kanalizatsiya – korxonalar, jamoat va turar joy binolari hamda aholi yashaydigan joylardan chiqadigan oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan muhandislik inshootlari va jihozlari majmui, shuningdek, bu suvlardan foydalanish yoki suv havzalariga oqizishdan oldin tozalash va zararsizlantirish tadbirlari. Kanalizatsiya tizimining asosiy qismlari: kanalizatsiya tarmogʻi, nasos st-yasi, tozalash inshootlari va oqova suvlar qoʻshimcha tozalanadigan inshootlar. Kanalizatsiya t a r m o gʻ i korxona va turar joylardan okrva suvlarni olib ketadigan quvurlar tarmogʻi; u ichki va tashqi Kanalizatsiya tarmoqlariga boʻlinadi. Ichki Kanalizatsiya tarmogʻidan maishiy va i.ch. okrva suvlarini bino yoki inshootlar tashkarisiga chiqarib tashlashda foydalaniladi. Unga oqova suvlarni qabul qiladigan asboblar (sanitariya asboblari), stoyaklar, binodan chiqarib yuborish qurilmalari kiradi. Baʼzi korxonalarda okrva suvlarni oldindan tozalaydigan uskunalar ham oʻrnatiladi. Tashqi Kanalizatsiya tarmogʻi turar joy binolari, sanoat obʼyektlaridan chiqadigan iflos va yogʻin suvlarni qabul qilish hamda oqizib yuborish uchun xizmat qiladi. U xovli ichi, kvartal ichi va koʻcha tarmoqlariga boʻlinadi. Bir necha Kanalizatsiya liniyalaridan kelgan suvlar kollektorlarga yigʻiladi, u yerdan umumiy Kanalizatsiya tarmogʻiga qoʻshilib ketadi. Kanalizatsiya tarmogʻi trassasi iloji boricha okrva suvlar oʻz-oʻzidan oqadigan qilib yotqiziladi. Agar buning iloji boʻlmasa, nasos stansiyasi oʻrnatiladi. U oqova suvlarni bosimli quvurlar boʻylab haydaydi. Oʻz-oʻzidan oqadigan tarmoqlarga sopol, asbest-sement va plastmassa quvurlar, bosimli tarmoqlarga choʻyan, temirbeton, asbest-sement va plastmassa quvurlar ishlatiladi va ular yerning muzlash chuqurligini hisobga olgan holda imkoni boricha yuza yotqiziladi. Kanalizatsiya tarmogʻini tekshirib turish va tozalash uchun trassata Kanalizatsiya quduklari quriladi.
Birlashgan va alohida Kanalizatsiya tizimlari ham mavjud. Birlashgan Kanalizatsiya tizimida barcha suvlar bitta quvur orqali ketadi. Alohida Kanalizatsiya tizimida uy-joylardan chiqadigan yoki okrva suvlar, yogʻin suvlari uchun alohidaalohida Kanalizatsiya tarmoqlari quriladi. Zamonaviy kommunal qurilishda, asosan, aloxdsa Kanalizatsiya tizimi qoʻllanadi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan suvlar tozalash inshootlarida, kimyoviy, biologik va mexanik usullar bilan tozalangandan soʻnggina umumiy Kanalizatsiyaga qoʻshiladi. Markazlashtirilgan Kanalizatsiya boʻlmagan joylarda har qaysi uy (yoki bir necha uy) uchun mahalliy Kanalizatsiya tizimi quriladi.
Tarix
tahrirKanalizatsiya tizimi qadimda Misr, Hindiston, Rim, Yunonistonda qurilgan. Yunoniston va Rimda ancha mukammal Kanalizatsiyalar boʻlgan. Ilgari Oʻzbekiston hududida ham Kanalizatsiyalar yotqizilgani maʼlum (qarang Afrosiyob). U paytlarda Kanalizatsiyada, asosan, sopol quvurlardan foydalanishgan. Zamonaviy Kanalizatsiya tizimi 19-asrdan boshlab qurila boshlangan. Kanalizatsiya yashash va ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilashga, suv resurslaridan samarali foydalanishga hamda tabiatni muhofaza qilishga imkon beradi va turar joylarni obodonlashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.<ref>OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</voydod togri yozref>
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
L
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |