Kanishka II
Kanishka II (brahmi: Kā-ṇi-ṣka) — milodiy 225-245 yillardagi Kushon imperiyasining imperatorlaridan biri[1]. U Kushonning soʻnggi imperatori hisoblangan Vasudeva Idan keyin hukmronlik qilgan.
Kanishka II | |
---|---|
Kushon podsholigi | |
Saltanat | 200–222-yillar |
Oʻtmishdoshi | Vasudeva I |
Davomchisi | Vasishka |
Hukmronligi
tahrirKanishka II faqat Shimoliy Hindistonda Kushonlar hukmronligini saqlab qolgan. Kanishka II oʻz imperiyasining gʻarbiy qismini, yaʼni Baqtriya va Toxaristonni Sosoniy Shopur I (milodiy 240—272-yillar) bilan boʻlgan jangda qoʻlidan boy bergan boʻlishi mumkin. Ushbu hududlarning zabt etilishi kushon-sosoniylar chegarasini belgilab berdi[2]. Naqshi Rustam yozuvlarida Sosoniy hukmdor Shopur I saltanati Kushonlar saltanatini (Kūšān šahr) „Purushapuragacha“ (Peshovar) nazorat qilganini taʼkidlab. Uning hududlari hatto Hindukushdan tashqarida ham kengaygan boʻlishi mumkinligini taxmin qilinadi. Rag-i-Bibidagi qoya yozuvi bu fikrni yanada tasdiqlaydi.
Sosoniy hukmdor Peroz I tasviri Kushonshoh Kanishka II tangalari ustidan bir necha marta urilgani maʼlum boʻlib, Peroz davridan boshlab birinchi kushon-sosoniy tangalari Hindukushning janubida chiqarilgan[3].
Kanishka II bir vaqtning oʻzida Gandharani, shuningdek, Kapisha ustidan nazoratni qaytarib olgan boʻlishi mumkin.
Kanishkadan IIdan keyin taxtga Vasishka keladi.
Tangalar va haykallar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ The great kanishka - Kushan Empire II HISTORY INDUS YouTubeda
- ↑ Rezakhani, Khodadad. From the Kushans to the Western Turks (en), 2017 — 202-bet.
- ↑ Cribb, Joe. Problems of Chronology in Gandhāran Art: Proceedings of the First International Workshop of the Gandhāra Connections Project, University of Oxford, 23rd-24th March, 2017. University of Oxford The Classical Art Research Centre Archaeopress, 2018. Qaraldi: 6-avgust 2023-yil.
- ↑ Problems of Chronology in Gandharan Art. Archaeopress, 2017 — 35-51-bet. ISBN 978-1-78491-856-9. Qaraldi: 2021-yil 27-may.
Adabiyotlar
tahrir- Cribb, Joe. Problems of Chronology in Gandhāran Art: Proceedings of the First International Workshop of the Gandhāra Connections Project, University of Oxford, 23rd-24th March, 2017. University of Oxford The Classical Art Research Centre Archaeopress, 2018.