Kannara, k a n n a d a, (oʻzlarini kannadiga deb ataydilar) — xalq. Hindistondagi Karnataka shtatining asosiy aholisi. 35 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kannada tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, hinduizm diniga eʼtiqod qiladi, musulmon-sunniylar va jayniylar ham bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil