Kapkeyk
Kapkeyk (soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „finjon keksi“, shuningdek, „fairy cake“ — „ertaknamo tort“ nomlari bilan ham mashxur) — keksning amerikacha nomi. Kichik oʻlchamdagi pirojniy (diametri 5-6 sm va 60-65 gr.)[1] bir kishi isteʼmoli uchun moʻljallangan, u yupqa qogʻoz yoki pishiriq uchun moʻljallangan alyuminiyli qolip ichida pishiriladi. Aksariyat hollarda qandolat bezaklarining turli elementlarini oʻz ichiga oladi.
Kapkeyklarning birinchi retseptlari 1796 va 1828-yillarda pazandachilik kitoblarida keltirilgan. Odatda uning tarkibiy mahsulotlari sifatida sariyogʻ, shakar, tuxum va un sanab oʻtilgan boʻlsa-da, pishiriqning bir necha xil retseptlari mavjud. Ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda kapkeyklar odatda tugʻilgan kun dasturxonlariga tortiladi.
Retseptlar
tahrirKapkeyklar aksariyat hollarda katta tortlar uchun kerakli mahsulotlardan: sariyog ', shakar, tuxum va undan tayyorlanadi[2]. Kapkeykni pishirish uchun deyarli har qanday tort (biskvit) ning retseptidan foydalanish mumkin. Xamirga qoʻshimcha hid bersa ham, tarkibiga mayiz, rezavorlar, yongʻoqlar yoki shokolad qirindisini qoʻshsa ham boʻladi. Kapkeyklar kichkina oʻlchami tufayli bir necha qavatdan iborat odatiy piroglarga nisbatan tez-tez pishirib turiladi.
Kapkeyklarni glazur yoki boshqa turdagi bezaklar bilan qoplash mumkin. Ularni shuningdek, glazur yoki qandolat kremi bilan toʻldirsa ham boʻladi. Oz miqdordagi kremli kapkeyklar tayyorlashda pishiriqdaqoshiq yoki pichoq yordamida teshik hosil qilinadi. Tijoriy qandolat uylarida krem pishiriqqa shprits bilan toʻldiriladi.
Doʻkonlar
tahrir21-asrning boshlarida AQSHda kekslar savdosi mashhur boʻlib ketdi, bu kekslardan boshqa hech narsa sotmaydigan, pirojniylarga oid nostalgiya hissini uygʻotadigan qandolat uylari edi. Nyu-York shahridagi qandolat uylari, misol uchun „Magnoliya“ kabi doʻkonlar „Sex and the City“[3] kabi mashhur televizion shoulardagi ishtiroki bilan mashhur boʻlib ketdi.
AQShdagi eng yirik keks doʻkonlari tarmogʻini boshqaruvchi „Crumbs Bake Shop“ aksiyalarining narxi 2011-yilda oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Mahalliy va ixtisoslashtirilgan oilaviy doʻkonlar oʻrtasidagi raqobat tufayli savdoning kamayishi, shuningdek, oziq-ovqat doʻkonlari oʻrtasidagi raqobatning kuchayishi 2013-yilda kompaniya istiqboli va aksiyalari narxining keskin pasayishiga olib keldi[4].
„Jorjtaun keksi“ — Vashingtonda ochilgan birinchi keks doʻkoni edi. Keks doʻkoni 2010-yilda „TLC’s DC Cupcakes“ — doʻkon va uning sohibalari — opa-singil Sofi LaMontan va Ketrin Kallinislar haqidagi olti epizodli realiti-shou[5] taqdimotidan soʻng shuhrat qozondi.
Kaliforniyaning Beverli-Xillz hududida joylashgan „Sprinkles Cupcakes“ doʻkoni oziq-ovqat tarmogʻining kekschilar orasidagi raqobat yulduzi boʻlgan Kendis Nelson va uning turmush oʻrtogʻi Charlz Nelson[6] ga tegishli. „Sprinkles“ — bir vaqtning oʻzida ichida 350 ta keks saqlashi mumkin boʻlgan bankomat taqdim etgan birinchi keks doʻkoni edi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „Что такое капкейки? Описание, история, калорийность“ (ru). Блог кондитерской Пироженка.рф (2016-yil 25-may). Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Капкейк, 94 пошаговых рецепта с фото на сайте «Еда»“ (en). eda.ru. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Cupcake passion more than a trend - CNN“. web.archive.org (2010-yil 25-oktyabr). 2010-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
- ↑ Needleman, Emily Maltby and Sarah E.. „Forget Gold, the Gourmet-Cupcake Market Is Crashing“. Wall Street Journal (2013-yil 17-aprel). Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
- ↑ „'DC Cupcakes': Washington's purveyors of power pastry - USATODAY.com“. usatoday30.usatoday.com. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
- ↑ Sasha Bronner. „Why We Love The Cupcake“ (en). HuffPost (2012-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
- ↑ „More cupcakes! Sprinkles shuts down ATM to increase capacity“. www.bizjournals.com. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.