Kapuas
Kapuas — Kalimantan o.ning gʻarbiy qismidagi daryo, Indoneziyada eng katta. Uz. 1040 km, havzasining mayd. 97 ming km2. Boven-Kapuas togʻlaridan boshlanadi. Botqoqlashgan tekisliklardan oqib, Jan. Xitoy dengiziga quyiladi. Yil boʻyi toʻlib oqadi, yogʻingarchilik mavsumlarida (apr. va noyabr oylarida) atrofdagi hududlarni suv bosadi. Oʻrtacha suv sarfi 5000 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 900 km masofada kema qatnaydi (orolni ichki rayonlar bilan bogʻlovchi asosiy transport yoʻli). Deltasida Pontianak porti joylashgan. Daryoda baliq ovlanadi, yogʻoch oqiziladi.[1]
Kapuas | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 143 km |
Suv sarfi | 6 707 m³/s |
Davlat | Indoneziya |
Kapuas |
ManbalarTahrirlash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |