Gunglik, karsoqovlik — tugʻma yoki chaqaloklik davrida roʻy bergan karlik va shuning oqibatida kelib chiqqan soqovlik. gunglik eshitish kobiliyati saqlangan va aqliy zaif kishilardagi soqovliqdan hamda ruhiy karlikdan (nutqni ilgʻab olishning buzilishi) farq qiladi. Tugʻma kar bolaning tili mustaqil chiqmaydi (qarang Karlik), chunki u tevarak-atrofdagi kishilar soʻzini eshitmaydi. Sogʻlom bola tevarak-atrofdagi kishilar soʻzini eshitib, taqlid qiladi va shu tariqa gapirishni oʻrganadi. Demak, qulogʻi eshitmasa, bola gapira olmaydi. "Tili chiqmagan" yoki endigina "Tili chiqayotgan" bolaning qulogʻi eshitmay qolsa, bu gunglikga sabab boʻladi. Bola erta kar boʻlib qolsa, orttirgan soʻz boyligini asta-sekin unutib, gung boʻlib qoladi. Gunglik bolaning yoshligida boʻlib oʻtgan kasalliklari: meningit, qizamiq, gripp, skarlatina, eshitish aʼzosining tugʻma anomaliyalari va shikastlanishlari natijasida roʻy beradi.

Bolaning gungligi qancha tez va erta aniqlansa, uni bu darddan forigʻ qilish mumkin. Hoz. zamon tekshiruv usullari hatto emadigan bolaning ham eshituv darajasi qanchalik pasayganini aniqlay oladi. gunglikda eshitishni tiklash yoki yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar hammavaqt ham tayinli samara beravermaydi. Shunga qaramay gung bolalarni yozma va ogʻzaki nutqqa oʻrgatadigan maxsus surdologik (lot. surdos — karlik soʻzidan) muassasalar mavjud; 16-asrdayoq gung bolalarni oʻqitish uchun qoʻl yoki barmoq alifbosi tavsiya etilgan. Gung bolalar maxsus usulda oʻqitiladi. Oʻqitish qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi natija beradi. OʻzR viloyatlarida, shuningdek, Toshkent sh.da ham gung bolalarga moʻljallangan maxsus maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari mavjud (yana q. Karlar maktabi).

Qoʻchqor Mirazizov.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil