Karbalo xalqaro aeroporti[1] (arabcha: مَطَار كَرْبَلَاء ٱلدَُوَلِِي) — Iroqning Karbalo muhofazasida qurilayotgan aeroport. Najaf va Karbalo shaharlari orasida, Karbalodan taxminan 20 mi (32 km) janubi-sharqda joylashgan. Qurib bitkazilganidan soʻng Iroqning eng yirik aeroporti boʻlishi va 2024-yil noyabridan 2025-yil aprelgacha foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Karbalo xalqaro aeroporti
مَطَار كَرْبَلَاء ٱلدَُوَلِِي (arabcha)
IATA kodi: KIBICAO kodi: none
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik (qurilish bosqichida)
Joylashuvi Karbalo muhofazasi, Iroq
Koordinatalari 32°21′53″N 44°12′14″E / 32.36472°N 44.20389°E / 32.36472; 44.20389 (Karbala International Apt)
Xarita
KIB (Iroq)
KIB

Tarixi va tavsifi

tahrir

Karbalo xalqaro aeroportining tamal toshi 2017-yil yanvar oyida Oyatulloh Ali as-Seyistoniyning vakili, Imom Husayn ziyoratgohi bosh ulamosi Shayx Abdulmahdi al-Karbaloiy tomonidan qoʻyilgani. Aeroport Buyuk Britaniyaning Copperchase Ltd. Kompaniyasi tomonidan qurilmoqda[2][3][4]. Fransiyaning ADPI kompaniyasi loyihalashtirgan. Aeroportning uzunligi 4.5 km (2.8 milya) boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi Iroqdagi eng uzun yoʻlak hisoblanadi. Al-Karbaloiyning soʻzlariga koʻra, bu aeroport boshqa aeroportlar bilan raqobat qilish uchun emas, balki Imom Husayn va Abbos masjidlariga tashrif buyuradigan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan[5][6].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. MEED.. Economic East Economic Digest, 2018 — 38–48-bet. 
  2. AFP. „Iraq builds new airport in Karbala to handle pilgrims“. The News (2017-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  3. „$500 MILLION AIRPORT SCANDAL EXPOSES INDUSTRIAL SCALE CORRUPTION IN HOLY KARBALA“. Foreign Relations Bureau - Iraq (2017-yil 7-mart). Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
  4. Al Ansary. „U.K. Company Building Iraq Airport to Fly Millions of Pilgrims“. Bloomberg (2017-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  5. Tekmaji. „Representative of Supreme Religious Authority lays foundation stone of Karbala Int'l Airport“. Imam Hussein Holy Shrine (2017-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  6. Tekmaji, Ali. „Minister of Transport: Karbala International Airport will be the largest and most important airport in Iraq“. Imam Hussein Holy Shrine (2017-yil 16-may). Qaraldi: 2018-yil 20-noyabr.

Havolalar

tahrir