Kardanli uzatma
Kardanli uzatma — vallari bir-biriga nisbatan parallel yoki oʻzgaruvchan burchak ostida joylashgan, yetakchi valdan yetaklanuvchi valga aylanma harakat uzatadigan qurilma. Italiyalik olim J.Kardano nomi bilan atalgan. Kardanli uzatma kardan val va uning uchlariga mahkamlangan kardanli mexanizmlardan iborat. Asosan, avtomobillar, traktorlarda shuningdek, aylantirish momenti yetakchi koʻprikdagi bosh uzatmaga uzatmalar qutisi yoki tarqatish qutisidan uzatiladigan boshqa transport mashinalarda qoʻllanadi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |