Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi

Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi, Karel-Fin SSR (fin. Karjalais-suomalainen sosialistinen neuvostotasavalta; ruscha: Карело-Финская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1940-yilda tashkil topgan.[1] 1956-yil Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan Rossiya SFSR tarkibiga kiritilgan. Karel-Fin SSR poytaxti Petrozavodsk shahri boʻlgan.

1940—1956
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Finlandiya Demokratik Respublikasi
Leningrad oblasti
Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Rossiya

1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin, 13-noyabrda Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kareliya Respublikasi nomli federal subyekt oʻlaroq Rossiya Federatsiya tarkibiga kiritildi. Ayrim manbalarda Sovet Kareliyasi yoki shunchaki Kareliya deb yuritiladi.

Tarixi tahrir

9–12-asr boshida Karel-Fin SSR hududi Kiyev Rusiga, 12-asrdan Novgorodga qarashli boʻlgan. 1478-yil Rus davlatiga qoʻshib olingan. 13–17-asrlarda shvedlar bir necha marta bostirib kirgan. 17-asr boshida Kareliyaning shvedlar bosib olgan qismini 1721-yil Rossiya qayta egallagan.

Kareliyada sovet hokimiyati 1917-yil noyabr – 1918-yil aprelda oʻrnatilgan. 1920-yilning 8-iyunida Rossiya SFSR tarkibida Kareliya mehnat kommunasi tashkil etilgan. 1923-yilning 25 iyulida Mehnat kommunasi Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. 1940-yilning 31-martida esa avtonom respublika Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan toʻlaqonli sovet respublikasiga aylantirildi. Ammo 1956-yilning 16-iyulida respublika qaytadan Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kareliya hududining katta qismini fashistlar Germaniyasi okkupatsiya qilib turgan.

1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin, 13-noyabrda Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kareliya Respublikasi nomli federal subyekt oʻlaroq Rossiya Federatsiya tarkibiga kiritildi.

Manbalar tahrir

  1. "Kareliya ASSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 365. 5-89890-002-0.