Karim Zarifov (1897-yil 15-iyunda tugʻilgan — 1938-yil 9-oktyabrda vafot etgan) — Qoʻqon okrug kommiteti partiya tashkiloti aʼzosi, Yuqori Dargʻom tumani Ijroiya kommiteti raisi oʻrinbosari. Qoʻqon shahar militsiyasi boshligʻi. „Qoʻshchi“ soyuzi tashkiliy boʻlim mudiri. Fargʻona viloyati jinoiy-qidiruv boʻlimi boshligʻi.

Karim Zarifov
Tavalludi 15-iyun 1897-yil
Vafoti 9-oktyabr 1938-yil
Namangan viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1924—1937-yillar

Hayoti tahrir

1897-yil 15-iyunda Namangan viloyati Namangan shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. Manbalarda faqat ayoli borligi, yashash manzili — Buxoro shahri, Guzor Ozod ko‘chasi, 385-uy ekani qayd etilgan[1]. Karim Zarifov 1938-yil 9-oktyabrdagi SSSR Oliy harbiy sudi kollegiyasi sayyor sessiyasining yig‘ilishida otuvga mahkum etilgan va hukm o‘sha kunning oʻzidayoq ijro etilgan[2].

Faoliyati tahrir

1915-yildan boshlab bog‘dorchilik bo‘yicha ishlay boshladi, bundan bir yil o‘tgach, Namangan shahri bog‘boni yordamchisi qilib tayinlandi. 1920-yilda Oktyabr inqilobidan so‘ng Namangan uyezd-shahri bog‘boni bo‘lib xizmat qilgan. 1924-yil 21-avgustda Qo‘qonda partiyaga qabul qilingan. Soʻng Yuqori Darg‘om tumani Ijroiya Komiteti raisi o‘rinbosari vazifasida ish boshlagan. Keyinchalik Qo‘qon shahar militsiyasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 6 oydan oʻtgach uyezd „Qo‘shchi“ soyuzi tashkiliy bo‘lim mudiri lavozimida xizmat qilgan. Keyin esa, 1923-yilgacha partiya tashkilotchisi bo‘lib ish yuritgan.

K. Zarifov 1924-yili viloyati partiya komiteti tomonidan viloyat jinoiy-qidiruvning faol qismi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu lavozimda bir yil faoliyat yuritgandan so‘ng o‘sha tashkilotning oʻzida maxfiy-operativ qism boshligʻi lavozimida ish boshladi. 1925-yili viloyat partiya komiteti qarori bilan viloyat jinoiy-qidiruv bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlay boshladi. Ushbu lavozimda 19261927-yilgacha ishladi va qayta tashkil etish o‘tkazilishi munosabati bilan Andijon okrugi jinoiy-qidiruv boshlig‘i bo‘ldi. Bu lavozimda 1928-yilgacha faoliyat ko‘rsatdi. Shundan so‘ng 1929-yilning boshlarida Qo‘qon okrug partiya komiteti va O‘zSSR NKVD roziligi asosida yana Qo‘qon okrugi maʼmuriy bo‘limi militsiya va qidiruv boshlig‘i etib tayinlandi.

1929-yil dekabrda Samarqand shahriga kelishi bilan 1-son zavod boshqarmasida 6 oy boshliq sifatida faoliyat olib bordi. Samarqand okrug partiya komiteti qaroriga binoan uni Ikromov tumani yer bo‘limida mudir boʻlib, keyinroq Samarqand okrug partiya komiteti va okrug ijroiya komiteti Ikromov tumani raisi o‘rinbosari boʻlib xizmat qildi. Biroz vaqt oʻtgach, yana o‘sha tashkilotlar qaroriga muvofiq Yuqori Darg‘om tumani ijroiya komiteti raisi o‘rinbosari lavozimida ish yuritdi.

Karim Zarifov 19311935-yillarda yangi Urganch shahrida Xorazm okrugi militsiya boshlig‘i, 1935—1937-yillarda Buxoro shahrida okrug militsiya sektor boshlig‘i sifatida xizmat qilgan. 1924-, 1925-, 1926-, 1934-yillari jinoyatchilarga qarshi faol kurash olib borgani uchun Faxriy yorliqlar va qurollar bilan taqdirlangan[3].

Adabiyotlar tahrir

  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Manbalar tahrir

  1. O‘zR PDA. 58-fond, 65-ro‘yxat, 272-ish — 182–184 bet. 
  2. RF RFXXMA. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 541 bet. 
  3. Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.