Xorazm okrugi
Xorazm okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibidagi oʻnta okruglardan biri[1]. 1926—1930-yillarda Oʻzbekiston SSR okruglarga boʻlingan. Oʻz navbatida Xorazm okrugi ham 1932—1938-yillarda respublika tarkibda mavjud boʻlgan. Okrugning markazi dastlab Xiva, soʻngra Urganch boʻlgan.
| ||
okrug | ||
---|---|---|
Tegishli | Oʻzbekiston SSR | |
Maʼmuriy markazi | Xiva, Urganch | |
Yirik shahari | Xiva, Urganch | |
Asos solingan sanasi | 1932-yil qayta tashkil etilgan | |
Bekor qilingan sanasi | 1938-yil qayta tugatilgan | |
Rasmiy tili | oʻzbek va rus tillari | |
Aholi | 315 ming kishi (1926) | |
Millatlar tarkibi | oʻzbeklar 96,4%, qolganlari esa rus, turkman, qoraqalpoqlar | |
Dinlar tarkibi | Islom (sunniylik). xristianlik | |
Maydoni | 28,3 ming km² | |
Xaritada |
Tarixi
tahrir1925-yilda O‘zbekiston SSR tuzilganidan ko‘p o‘tmay, respublikada hududiy bo‘linish yuz beradi. Viloyatlar uyezdlarga, oʻz navbatida esa ular volostlarga boʻlinadi. Ammo oradan bir yil o‘tmay, 1926-yili viloyat maʼmuriy birligi tugatilib, respublikada okruglarga, okruglar tarkibida esa tumanlar joriy etildi[2]. 1930-yilda Oʻzbekiston SSRda navbatdagi maʼmuriy-hududiy islohot amalga oshiriladi, okruglar tugatilib, ularning tarkibiga kirgan tumanlar bevosita respublikaga boʻysundirildi. Shunday qilib, respublika 71 ta tuman va 1494 ta qishloq sovetlaridan tarkib topdi. Bundan tashqari, 9 ta respublika boʻysunuvchi shahar bor boʻlgan boʻlib, ularning tarkibida 204 ta qishloq soveti mavjud boʻlgan.
1932-yil 23-aprelda Xorazm okrugi qayta tashkil etiladi. Okrug markazi Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahri boʻlgan. Okrug tarkibiga Bogʻot, Gʻazovot, Gurlan, Mangʻit, Yangi Urganch, Hazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot va Yangiariq tumanlari kiritiladi. Tumanlarda 144 ta qishloq soveti boʻlgan. 1938-yilda okrug tugatiladi.
Xorazm okrugi shimol va sharqdan RSFSR tarkibidagi Qozoq ASSRning Qoraqalpoq avtonom okrugi bilan, janub va gʻarbdan Turkmaniston SSR bilan chegaradosh boʻlgan. Okrug Oʻzbekiston SSRning yagona eksklav hududi boʻlgan. Okrug Xorazm vohasining unumdor qismi hisoblangan markazini egallagan, uning hududidan Amudaryo oqib oʻtgan.
Aholisi
tahrir1926-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, okrug aholisi 315 ming kishi tashkil etgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Аdministrativnoye deleniye Soyuza SSR (rus tilida), Moskva, 1929.
- ↑ Аdministrativnoye deleniye Soyuza SSR (rus tilida), Moskva, 1929.
- ↑ „Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1926 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po regionam respublik SSSR“ (rus tilida).